Assalom alaykum, mening ismin Yulduz Sabirova va men informatika o'qituvchisiman. Barchaga ma'lumki hozirda informatika fani darsliklarida python dasturlash tili sintaksisi, agoritmlar va pythonda kichik loyihalar berilgan. Hozir men sizlarga o'quvchilarni dasturlashga qiziqtira oladigan va yangilar boshlashi uchun yetarlicha oson kalkulyator dasturini yaratishni ko'rsatib o'tmoqchiman, faqat maqolani boshlashdan avval bir mavzuda kelishib olamiz ushbu dastur juda oddiy va konsolda ishlaydigan dasturdir. Sababi barchasi maktab o'quvchilari uchun.

🟡 Kalkulyatorni dasturlash
Kalkulyator dasturini yozish uchun istalgan nom bilan fayl yaratamiz uning ichida yagona asosiy funksiyani yozishni boshlaymiz. E'tibor bering maqola faqat koddan iborat degan fikrga bormasligingiz uchun barcha qatorlarni alohida yozib chiqadigan bo'lsam maqola juda tushunarsiz bo'lib qolmasligi uchun butun dasturni yarataman va har bir qatorda kod ichidagi izohlarni qoldirib ketishga harakat qilaman.
Main.py fayli tarkibi:
# funksiyani yaratamiz
def main():
# Avval cabarn chop etamiz
print("Bu python dasturlash tilida o'quvchilar uchun yozilgan oddiy kalkulyator dasturi")
# Kalkulyator doim ishlab turishi uchun tugamaydigan takroriy davr beramiz
while True:
# Dastur nimalarni bajara olishi haqida jadval chiqaramiz
print("Bajarish uchun amalni tanlang:\n"
"Qo'shish: +\n"
"Ayirish: -\n"
"Ko'paytirish: *\n"
"Bo'lish: /\n"
"Dasturdan chiqish: q\n")
# Foydalanuvchidan amalni so'raymiz
action = input("Amal: ")
# Agar amal q ga teng bo'sa
if action == "q":
# Xabarni chop etamiz
print("Dastur tugatilmoqda")
# Va dasturdan chiqaramiz
break
# Agar amal shularga teng bo'lsa +, -, *, /
if action in ('+', '-', '*', '/'):
# Ilk x raqami qiymatini olamiz
x = float(input("x = "))
# y raqami qiymatini olamiz
y = float(input("y = "))
# Amal + bo'lganda
if action == '+':
# x va y qiymatlar yig'indisini 2 ta nol bilan formatlab chop etamiz
print('%.2f + %.2f = %.2f' % (x, y, x+y))
# Amal - bo'lganda
elif action == '-':
# x va y qiymatlar ayirmasini 2 ta nol bilan formatlab chop etamiz
print('%.2f - %.2f = %.2f' % (x, y, x-y))
# Amal * bo'lganda
elif action == '*':
# x va y qiymatlar ko'paytmasini 2 ta nol bilan formatlab chop etamiz
print('%.2f * %.2f = %.2f' % (x, y, x*y))
# Amal / bo'lganda
elif action == '/':
# Agar Y nol bo'lmasa
if y != 0:
# x va y qiymatlar bo'linmasini 2 ta nol bilan formatlab chop etamiz
print('%.2f / %.2f = %.2f' % (x, y, x/y))
else: # Yoki
# Sonlarni nolga bo'lib bo'lmasligi haqida xabarni chop etamiz
print("Ahir sonlarni nolga bo'lib bo'lmaydi !")

Umuman olganda dasturimizda avval butun dasturni saqlovchi funksiya yaratamiz, foydalanuvchidan amalni so'raymiz, toki q harfi kiritilgunga qadar ishlab turadigan takroriy jarayon ichiga amalni tekshirish uchun shart qo'yamiz, agar ammallar q harfi bilan bir hil bo'lmasa, o'zgaruvchilarni yaratamiz va amalga qarab kerakli shart ichida kerakli amalni bajarib natijani qaytaramiz. Ko'rib turganingizdek dastur juda oddiy va uni ishga tushurishdan avval tugatib qoyamiz.
if __name__ == '__main__':
main()
Shart qoyamiz, yani agar ushbu fayl konsolda ishga tushgan bo'lsa dastur funksiyasini ishga tushuramiz.
Kalkulyator dasturimizni ishga tushurish uchun ushbu papkada konsolni ochamiz, kerakli buyruqni kiritamiz va "enter" tugmasini bosamiz:
python main.py

Mana qadrli kuzatuvchilarim shuning bilan maqolam o'z nihoyasiga yetdi, o'ylaymanki maktab bolalarini o'z kuchiga ishontirish va dasturlashga qiziqtirish uchun yetarli darajada sodda va qiziqarli dastur bo'ldi. E'tiboringiz uchun rahmat !