Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo’lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1100 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.
Dastur 3 xil algoritmda ishlab ko'rsatilgan:
let yil = 2000;
if(yil % 4 == 0){
if(yil % 100 == 0){
if(yil % 400 == 0){
console.log("366 kun bor");
}
else{
console.log("365 kun bor")
}
}
else{
console.log("366 kun bor");
}
}
else{
console.log("365 kun bor");
}
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int yil;
cout << "Yilni kiriting: ";
cin >> yil;
if ((yil % 4 == 0 && yil % 100 != 0) || yil % 400 == 0) {
cout << yil << " - yil kabisa yili.";
}
else {
cout << yil << " - yil kabisa yili emas.";
}
return 0;
}
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int yil;
cout << "Yilni kiriting: ";
cin >> yil;
if (yil % 400 == 0) {
cout << yil << " - yil kabisa yili.";
}
else if (yil % 100 == 0) {
cout << yil << " - yil kabisa yili emas.";
}
else if (yil % 4 == 0) {
cout << yil << " - yil kabisa yili.";
}
else {
cout << yil << " - yil kabisa yili emas.";
}
return 0;
}
✅ Targeting ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va reklama orqali mijozlarni jalb qilishdir. Bu soha vakillari targetologlar deyiladi.
✅ Targetologlar - ijtimoiy tarmoqlarda pulli reklamalarni yoqib, obunachilar, layk va kommentariyalar, eng asosiysi, murojaatlar sonini oshirishi lozim.
💡Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganingizda sizga koʻrsatiladigan reklamalar shu soha vakillari tomonidan joylashtiriladi. Ular reklamani qachon, qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida koʻrsatishni tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoqadi.
🤩 Hozirda Oʻzbekistonda bu soha vakillariga talab yuqori.
Mobil ilovalar video tomosha qilish, do'stlar bilan suhbatlashish, o'quv jarayonini yaxshilash va hatto pul ishlash uchun juda mos keladi. 2022-yilda qaysi ilovalar eng ommabop? Zamonaviy foydalanuvchilarga nima ko'proq yoqadi? Play Market va App Store doʻkonlarida mavjud boʻlgan eng yaxshi oʻnta ilovalar shu yerda.
TikTok
TikTok Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli boʻlgan qisqa videofilmlarni yaratish va koʻrish xizmatidir. 2018-yil yozida ishga tushirilgan xalqaro versiya Xitoyda qisqa videofilmlar uchun yetakchi video platforma hisoblanadi va boshqa mamlakatlarda tobora ommalashib bormoqda. TikTok eng tez rivojlanayotgan va yuklab olingan dasturlardan biriga aylandi. Ko'plab insonlar TikTok insonning ongi rivojlanishiga halaqit beradi deb hisoblashadi, bu bejiz emas, TikTokdagi 99% videolarda hech qanday ma'no mavjud emas.
Facebook
Har yili tendentsiyalar o'zgarib turadi, lekin bitta ilova doimiy ravishda mashhur. Facebook hali ham butun dunyo bo'ylab milliardlab odamlar uchun birinchi raqamli ilovadir. Gap shundaki, ushbu dasturiy mahsulot video kontentni ko'rish, ma'lumot qidirish, yangiliklarni o'qish va boshqa tadbirlar uchun juda mos keladi. Facebook mashhurligining bir qismini uning yoshi bilan bog'lash mumkin. Ko'p odamlar uni o'n yildan ortiq vaqtdan beri ishlatishadi.
Instagram
Qaysi ilova sizga mushuklar, ovqatlar, odamlar va kulgili memlarning rasmlarini qidirishga imkon beradi? Instagram - bu Internetda foto va video kontentni yaratishga katta ta'sir ko'rsatgan ilova. Gap shundaki, ushbu ilova mashhurlarning hayotini kuzatish imkoniyati tufayli juda mashhur.
Birinchi versiya 2010 - yilda chiqarilgan bo'lsa-da, Instagram hali ham juda mashhur va har yili o'zining umumiy auditoriyasini ko'paytirmoqda.
WhatsApp
Nima uchun WhatsApp hali ham mashhur? Buning siri shundaki, bu do'stlar bilan muloqot qilish uchun juda qulay dastur. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys, ixcham dizayn va ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlar ushbu messenjerni hali ham dunyoning mashhur ilovalar qatorida saqlab turibdi.
Telegram
Telegram - bu oddiylik va qulaylikning simbiozidir. O'zbekistondagi birinchi raqamli ilova. Odamlar ushbu ilovadan do'stlari va hamkasblari bilan muloqot qilish uchun foydalanadilar. Telegram ma'lumotlar uchun eng xavfsiz ilovalardan biri. Har qanday foydalanuvchi Wi-Fi yoki LTE tarmoqlariga ulanganda bepul qo'ng'iroqlar, audio va video chatlarni amalga oshirishi mumkin. Ko'p jihatdan, dastur kam trafik sarfi va keng funksionalligi tufayli mashhurdir.
Zoom
Zoom karantin cheklovlari tufayli nisbatan yaqinda eng yaxshi videokonferensiya ilovalaridan biriga aylandi. Ilovaning asosiy afzalligi - bu bepul video konferensiyalar va fayllarni almashish uchun chat. Millionlab freelanserlar va telekommunikatorlar har kuni konferensiyalar va jamoaviy uchrashuv uchun Zoom-dan foydalanadilar. Qulay interfeys tufayli, bir necha daqiqada asosiy menyuda ro'yxatdan o'tish mumkin.
Snapchat
Bir qarashda, Snapchat juda g'alati tuyulishi mumkin, chunki bu ilova faqat grafik kontent va qisqa videolarni almashish imkonini beradi. Ammo nega 2021 yilda yuzlab million odamlar undan foydalanmoqda? Snapchat ma'lum vaqtdan keyin yo'qolib ketadigan videolarni yuborish imkonini beradi. 2011-yildan beri ushbu ilova eng mashhur ko'ngilochar segmentlardan biri bo'lib kelgan.
Facebook Messenger
Siz allaqachon bilasizki, Facebook dunyodagi eng mashhur ilovalardan biri hisoblanadi. Lekin Facebook Messenger nima? Gap shundaki, Meta(Faceebook)ning dasturchilari haligacha messenjerni asosiy dasturiy mahsulotga birlashtira olishmagan. Shunga qaramay Facebook Messenger ko'pgina qurilmalarda o'rnatilgan mashhur ilova.
Duolingo
Duolingo - bu odamlar ko'ngilochar dasturlarni yuklab olishlari va chet tillarini o'rganishlarini isbotlagan loyiha. Ushbu dasturiy mahsulotning mashhurligining asosiy sababi - so'zlarni o'rganish jarayonining soddalashtirilganidir. Siz kuniga atigi besh daqiqa asosiy so'zlarni va to'g'ri talaffuzni o'rganishingiz mumkin. Hatto talabalar Duolingo tufayli ko'plab yangi ma'lumotlarni o'rganishlari mumkin.
Amazon
Bir kunda 4 milliondan ortiq buyurtma va 350 million turdagi gajetlar, kiyimlar, maishiy texnika va tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hamma narsalar. Bularning barchasi dunyodagi eng katta savdo maydoni — "Amazon" da. Ushbu ilova o'z toifasida eng mashhurlaridan biridir. Har yili millionlab odamlar Amazonni yuklab olishadi.