Google Translate API
Google Translate API

Salom. Bugun men sizlarga Python da Google Translator API bilan ishlashni ko'rsataman.

Mundarija

  1. Kerakli dasturlarni yuklash
  2. API bilan tanishish

Kerakli dasturlarni yuklash

Python orqali Google Translator bilan ishlash uchun aloxida kutubxona bor. Pip orqli o'rnatib olamiz.

pip install googletrans

API bilan tanishish

Sodda ko'rinishda ishlatish:

from googletrans import Translator
translator = Translator()
print(translator.translate('안녕하세요.'))

Ekranga quyidagilar chiqadi: 

<Translated src=ko dest=en text=Good evening. pronunciation=Good evening.>

src=ko - avtomatik tarzda kiritilgan so'zni koreys tilida deb topdi

dest=en - avtomatik tarzda inglizchaga tarjima qildi

text=Good evening - tarjima qilingan matn

pronunciation=Good evening - ingliz tilidagi talafuzi

Kodni qulaylashtiramiz:

from googletrans import Translator
translator = Translator()
s = input("Satrni kiriting: ")
des = input("Qaysi tilga tarjima qilsin: ")
res = translator.translate(s, dest=des)
print(res.text) 

Dasturni ishga tushurganimizda. Sizdan satrni va tilni so'raydi. Siz kiritgan satrni belgilangan tilga tarjima qilib beradi.

Satrni kiriting: Men kuchli dasturchi bo'laman
Qaysi tilga tarjima qilsin: ko
나는 강한 개발자 수 있습니다

Yuqorida dastur ishga tushgani.

Xulosa

Siz bu kutibxona bilan, ko'plab ishlaringizni osonlashtirishingiz mumkin. Masalan siz pythonda web sayt qilgan bo'lsangiz, siz shu kutib xona yordamida ko'plab tillarga web saytingizni tarjima qilishingiz mumkin. Yoki qandedur xujjatingiz bo'lsa, siz bemalol tarjima qilishingiz mumkin. Savollar bo'lsa bemalol.