Assalomu aleykum, dasturchi uchun problem solving skills (muammoni yechish qobilyati) o'ta muhim hisoblanadi va menimcha fikrlashni oshirish uchun eng yaxshi yo'llardan biri bu - turli xil qiyinchilikdagi masalalarni ishlashdir. Bugundan profilimda dasturlashga oid turli xil masalalar va ularni yechimlarini tashlab boraman.

Masalalar biror dasturlash tili uchun mo'ljallanmagan, yani ularni hohlagan tilda ishlashingiz mumkin.

#Masala_1

Narsisistik raqam -  bu shunday n xonali sonki uni raqamlarini nchi darajaga ko'tarib - ularni qo'shsa - ana shu sonni o'zi hosil bo'lishi kerak.

Masalan, 153 soni - 3 xonali son, shuning uchun har bir raqamni uchinchi darajaga ko'tarib - keyin yig'indini hisoblaymiz. Agar natija dastlabki sonni o'ziga teng bo'lsa - demak u son narsisistik hisoblanadi, bo'lmasa yo'q.

1³ + 5³ + 3³ = 1+125+27 = 153 (narsisistik✅)

Endi 1652 sonini olaylik - (4 xonali son)
1⁴ + 6⁴ + 5⁴ + 2⁴ = 1938

Demak bu narsisistik son emas❌

Sizning vazifangiz shuki kiritilgan son - narsisistik son ekanligini tekshiradigan funksiya yozish. Agar son narsisistik bo'lsa dasturingiz True chiqarishi kerak, unday bo'lmasa - False.

Dasturingizni sinash uchun quyidagi Input dagi raqamlarni kiritsangiz - dasturingiz
Outputdagi natija bilan bir xil natija qaytarishi kerak:

Input: 7 ➡️ Output: True
Input: 122 ➡️ Output: False
Input: 371 ➡️ Output: True

Hammaga omad!

Masalani javobi :
https://teletype.in/@programmer03/bu9JndNU3g6

(Masalana javobini link ko'rinishida berishimdan maqsad - agar javobni to'g'ridan to'g'ri shu yerga tashlasam - hali masalani ishlashga urinib ko'rishdan avval uning yechimini bilib olish mumkin bo'ladi)