Asosiy qism, yangi body bo'limida yoziladigan xar bir teg brauzerda ma'lum obeykt yaratiladi. Aslida body tegining o'zi  ham brauzerning to'gri to'rtburchak shaklidagi namoyish maydonini to'liq egallaydi. Ammo barcha obyektlar ham ko'rinadigan bo'lmasligi va hattoki alohida-alohida joylagan bir necha boshqa obyektlarining ustidan o'rin olishi mumkin, yani u ustki qatlamda akslantirilgan bo'ladi. Nima bo'lganda  ham  barchasi, body tegining ichki elementlari  hisoblanib, body  eng ostki qatlamdan o'rin oladi. Uning barcha  imkoniyatlarini o'ziga  ko'chirib olgan div       mukammal teg  hisoblanib,  joylashtirish tilida muhim ahamiyat kasb etadi.

     Veb-sayt yaratar ekanmiz,  avvalo  u qanday bo'limlardan tashkil topgan bo'lishi kerakligini  aniqlab, unga mos ravishda  ekranni to'g'ri to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga bo'lib olish lozim. Eskiz tayyor bo'lgandan keyin, brauzer o'zi ishlayotgan kompyuter va monitor,  operatsion tizim va foydalanuvchilarning tanloviga qarab turli o'lchamda bo'lishi mumkinligini  inobatga olgan holda,  har bir obyektning hajmini  va  barcha o'lchamlarining  o'zgaruvchiligini xisobga olib joylashtirish tilida kod yozishni boshlagan ma'qul. 

 Saytlar umumiy holda quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:   

HTMLning  avvalgi talqinlarida  har bir joylashuvni  aniqlovchi  teg bo'lmagan, shuning  uchun  dasturlovchilar div tegini  turlicha  xususiyatlar  bilan hamma  yerda qo'llashga  majbur  bo'lishgan. 

Yuqoridagi  ko'rinishga ega veb-saytimizni  mavjud  teglar  asosida  chizib chiqamiz. qaysi  qism  kerak  bo'lmasa,  uni  hosil  qiluvchi  teglar  yozilmasligi  kifoya.

Saytning  bosh  sarlavhasi,  kichik  mavzusi, sohasi  va  boshqa  xususiyatlarning  nomlanishlari  odatda  h1, h2, h3, h4, h5 va h6 teglari  ichida  yozilishi  tavsiya  etiladi. Ularning  yagona  alomati  mavjud: 

  •  left - odatiy  qiymat, chap  tarafga  tekislaydi.
  • center - matn  maydon o'rtasida  joylashtiriladi.
  • right - o'ng  tarafga  tekislaydi.
  • justify - bir  necha  satrli  yozuvlarni  ikki  tarafga  ham  tekislaydi.

Eng  katta sarlavha h1da  eng  kichigi  h6da  yoziladi.  Ularni  umumlashtirish  uchun  hgroup tegi  ichida  yozish  eng maqbul  yo'l  hisoblanadi.

Sayt  sarlavhasi, tamg'asi, shior  va targ'ibotlari  bilan  birgalikda uning  bo'limlari,  izlash  va boshqa  asosiy  xizmatlarini  o'z  ichiga  olgan  qism,  saytning  bosh  qismi  hisoblanadi  va  u  header  tegi  ichida  yoziladi.

Asosiy qismda  ishoratlar  <a>  tegi  yordamida  beriladi. Saytning  bo'limlari  va xizmatlarini ko'rsatuvchi  ishoratlargina joylashgan  qismi  nav  tegi ichida yozilishi tavsiya etiladi. Boshqa ishoratlarni nav ichiga olib  umumlashtirish ta'qiqlanadi. 

O'ng  va  chapda  joylashgan  bo'limlarni  aside  tegi  ichida  yozilishi  kerak.

Veb sahifaning asosiy,  takrorlanmaydigan, urg'u beriladigan qismi  main tegi ichida yozilishi lozim. Ushbu teg bitta sahifa uchun yagona bo'lishi va mos ishorat bo'yicha o'ziga xos ma'lumotni ichiga olishi shart.

Sahifaning asosiy maqola chiqadigan qismi article  tegida berilishi kerak. Holat  satri, dasturlovchilarning mualliflik huquqi, sayt qachon tashkil topgani va shunga o'xshash ma'lumotlar footer tegida joylanishi talab etiladi. Boshqa zarur bo'ladigan bo'laklarning  teglari  section  yordamida ajratilishi kerak.  

Yuqoridagi kelishuvlarni inobatga olgan holda sahifaning asosiy qismini quyidagicha tarkibda yozishimiz mumkin:

Albatta u  kutilganday chiroyli shaklda namoyon bo'lmaydi. Uni o'zimiz xoxlaganday chiqadigan qilishimiz uchun  CSSdan foydalangan  xolda maxsus jilolar bilan yozish kerak.