Mundarija:

^ Dasturlashni o’rganishimdan oldin nimani o’rganishim kerak?

1.Algoritm nima?

2. Kompyuter dasturi va dasturlash haqida

3.Web dasturlash va uning qismlari

4.Web dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillari

5.Web dasturchilikni o’rganish uchun nimadan boshlash kerak?

 

Dasturlashni o’rganishimdan oldin nimani o’rganishim kerak?

Dasturlashni o’rganishdan oldin biz kompyuter ilmi haqida ozgina tushunchaga ega bo’lishimiz kerak:

• Internetdan foydalanish

• Kompyuter qurilmalari nimalar? 

• Kompyuter ishga tushganda qanday ishlaydi?

• Kompyuterga dasturlarni qanday o’rnatamiz va o’rnatilgandan keyin ular qanday ishlaydi?

Yuqoridagi narsalarni bilish uchun internetdan foydalaning!!!

#Foydali link ➡ https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompyuter

Algoritm nima?

Har bir dasturchi algoritm tushunchasiga ega bo’lishi lozim.

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar(biror bir vazifani bajarish uchun tuzilga. buyruqlar) ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaningning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani Algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan.

Algoritm tarixi

"Algoritm" atamasi mashhur matematik, yurtdoshimiz Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq boʻlib uni lotinlashtirilishidir. Bizga maʼlum boʻlgan eng qadimiy algoritm bu Yevklid algoritmidir. Algoritmlar nazariyasi, ayniqsa, XX asrda juda rivojlanib,u bilan  Tyuring, Post, Chyorch, Viner, Markov, Kolmogorov kabi yuksak olimlar shugʻullanishgan.

Algoritm xususiyatlari                                                                                                   

Aniqlik(deterministik) – har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi.

Tushunarlilik – algoritm faqat uni bajaruvchisi uchun tushunarli buyruqlardan iborat boʻlishi shart.

Yakunlanishi – algoritm albatta chekli qadamdan soʻng yakunlashishi lozim.

 

Kompyuter dasturi va dasturlash haqida

Kompyuter dasturi – soddagina qilib ‘dastur’ desak ham bo’ladi. Bu ma’lum bir vazifani bajarish kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan buruqlar tizimi. Dastur 2turga bo’linadi:

Ilova dasturlari   - bu foydalanuvchi to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'ladigan dasturlar. Bularga "matn muharrirlari", "brauzer", "veb-saytlar" va "o'yinlar" kiradi.

Tizim dasturlari   - bu foydalanuvchi bilan kompyuterning o'zaro aloqasini ta'minlaydigan va amaliy dasturlar bajariladigan muhitni yaratadigan dasturlar. Bularga "drayverlar" va "operatsion tizimlar" kiradi.

Dasturlash - Dasturlash yoki kod yozish – bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Agar siz oldin hech kod yozmagan bo’lsangiz, ehtimol mavjud ilovalardagi narsalarni bosib kompyuter bilan muloqot qilgan bo’lsangiz kerak. Aslida, bu ilovalar komputerga ilovani qanday ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, hamda siz sichqonchani bosganinizda qanday javob qaytarishni aytadigan kodlardan tashkil topgan.

 Butun dasturlash biz yuqorida muhokama qilgan informatikaning tamoyillariga asoslanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, mantiq, algoritmlar, ma’lumotlar, tizimli loyihalashtirish kabi bir xil tushunchalar to’plami – siz hozir bu maqolani o’qishda foydalanayotgan brouzerdan tortib samolyotdagi avtopilot dasturini tuzishgacha – hamma joyda qo’llanilishi mumkin. Dasturlash o’z ichiga ko’plab matematik hisob-kitob va strukturani olsada, u yuqori darajada ijodiy ish hisoblanadi: bir qator kod bilan bir vaqtda mahsulotning tayyor holati haqida o’ylaysiz

Web dasturlash va uning qismlari

Web dasturlash - bu Internet( World Wide Web ) yoki intranet(xususiy tarmoq) uchun veb-saytni yaratish bilan bog'liq ish .Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti! Veb dasturlash 2 qismga bo’linadi:  

Front end development(Old-qism yo’nalishi) – Ya’ni bu yo’nalishdagi dasturchilar saytni foydalanuvchi uchun ko’rinadigan qismi bilan ya’ni uning dizayni bilan shug’ullanishadi.           

Back end development(Orqa-qism yo’nalishi) – Bu  yo’nalishdagi dasturchilar saytning foydalanuvchiga ko’rinmaydigan qismi   bilan ya’ni saytdan ma’lumotlarni qayerga yuborish va qanday ma’lumotlar kiritish bilan shug’ullanishadi.

Full stack development(To’liq veb yo’nalishi) –Front end va Back end qismini o’zi tuzadigan dasturchilar shu yo’nalishdagilardir ya'ni vebsayt dizaynini yaratish ham, saytning back-end qismini yaratish ham shu dasturchining zimmasida bo'ladi.

Web dasturchilikni o’rganish uchun nimadan boshlash kerak?

Web dasturlashda ishlatiladigan asosiy dasturlash tillari va webframeworklari:

HTML, CSS =>Bular saytning asosiy qismlari hisoblanadi. Bular dasturlash tillari emas!

Front-endda => JavaScript, React, Angular, VueJS

Back-endda => Python, PHP, Java, C#

Database(Ma’lumotlar ombori) => Microsoft SQL Server, MySQL, PostgreSQL, MongoDNB, Oracle Database

Web dasturchilikni o’rganish uchun nimadan boshlash kerak?

Veb dasturchilikni o’rganish uchun avvalo HTML belgilash tilini o’rganish kerak. Buni o’rganish uchun juda ko’p sayt va platformalar ham bor. Qolgan narsalarni asta-sekin veb sayt yaratishni o’rganish davomida bilib borasiz.

Xulosa

Dasturchi bo'lishni istagan bo'lsangiz, bu uchun imkoniyat yetarlicha  o'rganish va izlanishdan to'xtamang

Maqolam, asosan, fundamentalniy(oson va boshlang’ich) bilimlarga boy bo’ldi, shunday bo’lsa ham foydam tekkan bo’lsa xursandman.🙂😊