Kiber hujum nima degani?

Kiber hujum bu- ma'lumotlarni yashirin tarzda olish, ya'ni  odamlarni aldash orqali shaxsiy  hujjat, sir, ma'lumotlar, shu jumladan, chatlardagi yozishmalar, shaxsiy xabar almashuvlar, xullas, notanish odamlarga berish mumkin bo'lmagan ma'lumotlarni ruxsatsiz olish ya'ni o'g'irlash. Masalan, sizning plastik kartangizni olaylik, sizga  Telegram orqali Siz 1 million sum miqdorda pul yutib oldingiz tabriklaymiz deya xabar keldi va sizning plastik kartochkangizdagi 16 raqamli kodni so'radi va siz yubordingiz. Lekin, u kishini taniysizmi? Nega sizga sababsiz pul bermoqchi? Agar u kishining o'rnida siz bo'lsangiz shuncha pulni notanish odamning kartasiga solib berarmidingiz? Albatta, -Yo'q. Bunday qilmas edingiz. To'g'rimi? Balki bu sizga qo'yilgan tuzoqdir-a?! Shularni hech o'ylab ko'rganmisiz, kartangizdagi 16  raqamni aytganingizdan keyin shu kartaga solingan pullarning barchasi o'sha sizdan kod so'ragan odamning cho'ntagiga tushaveradi. 

Kiber hujumni oldini olish-xavfsizlikni ta'minlash.

  1. Duch kelgan odam bilan gaplashmaslik(internetda)
  2. Maxfiy kodlar ma'lumotlarni hechkim bilan o'rtoqlashmang
  3. Internetda shaxsiy hisob raqamini hech kimga aytmang
  4. O'qigan har bir xabarni to'g'ri deya xulosa qilmang
  5. Keraksiz platformalarni(dasturlarni) yuklab olmang
  6. Yozishi suhbati gumonlantirgan shaxslarni bloklang
  7. O'zingiz haqingizda ma'lumot to'plovchi viktorinalarda qatnashmang
  8. Viruslardan extiyot bo'ling!
  9. Bank xodimimiz kodni ayting deganlarga hechqachon ishonmang. Chunki bu kod bank xodimlariga umuman kerak bo'lmaydi!
  10. Telegram Instagram kabi xabar almashadigan dasturlarda telefon raqamingizni ko'rinmaydigan qiling

Agar siz internetdan  shu qoidalarga  to'liq amal qilgan xolatta foydalansangiz kiber hujumdan- xakkerlardan himoyalana olasiz degan umiddaman.