Men Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-AFCHO'I maktabining 7-sinf o'quvchisiman. Mening kelajakdagi maqsadim kuchli va tajribali frontend dasturchi bo'lish.
Tel: +998 93 143 63 30
Do you have questions for Jahongir Sobirov?
Oshkor yoki anonim ravishda Jahongir Sobirov ga savol berish uchun tizimga kiring.
Bugun siz bilan MVC haqida gaplashamiz. Maqolani o'qisangiz MVC haqidagi barcha savolga javob topasiz.
MVC
MVC - bu sizning dastur logikasini uch qismga bo'lishga imkon beruvchi dasturlash shablonidir:
Model (model) Controller-dan ma'lumotlarni qabul qiladi, kerakli operatsiyalarni bajaradi va ularni View-ga o'tkazadi.
View (ko'rinishi yoki ko'rsatish). Modeldan ma'lumotlarni oladi va foydalanuvchi uchun namoyish qiladi.
Controller (boshqaruvchi) Foydalanuvchilarning ma'lumotlarini qayta ishlaydi, olingan ma'lumotlarni tekshiradi va ularni model-ga uzatadi. (Bu biroz chalkash tuyulishi mumkin, ammo aslida bu oddiy.)
MVC qanday ishlaydi?
MVC kontseptsiyasini tushunishning eng yaxshi usuli bu hayotda bo'ladigan misoli - tassavur qiling fastfud restorani bor. Unga bir mijoz keldi (foydalanuvchi deb oýlang) kassaga keladi (view va controller kassa deb fikrlang), menyuni ko'radi va o'zi yoqtirgan taomlarga buyurtma berishadi.
Kassir buyurtma bilan hammasi joyida yoki yo'qligini tekshiradi va to'lovdan so'ng oshpazga (model-ga) kerakli ma'lumotlarni o'tkazadi. Oshpaz buyurtma qilingan taomni tayyorlaydi, garchi u mijozning qanday ko'rinishini, buyurtma uchun pul to'ladimi va hokazolarni bilmaydi.
Model o'z ishini tugatgandan so'ng, natijani view-ga yuboradi - kassaga qaytarib beradi, u esa o'z navbatida, tayyor ovqatni mijozga beradi.
Agar dasturlar haqida gapiradigan bo'lsak, unda tarkibiy qismlar quyidagicha bo'ladi:
View - interfeys.
Controller - foydalanuvchi ishlarini boshqaradi.
Model - view va asosiy operatsiyalarni boshqaradi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, MVC shablonini amalga oshirish vazifaga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, veb dasturlashda model va view bir-biri bilan contoller orqali o'zaro ta'sir qiladi (restorandagi misolda bo'lgani kabi) va dasturlarda model o'zi biror narsani o'zgartirish kerakligi to'g'risida ma'lumot beradi.
MVC-ning ishlashi
Nima uchun dasturchilarga MVC kerak?
Ushbu shablon dasturning logika qismlarini ajratish va ularni bir-biridan alohida yaratish uchun kerak. Ya'ni boshqa dastularga ta'sir qilmasdan o'zingiz xohlagancha o'zgartirishingiz mumkin bo'lgan mustaqil kod bloklarini yozishdir.
Masalan, ma'lumotlar ko'rinishini o'zgartirmasdan ma'lumotlarni qayta ishlash usulini qayta yozishingiz uchun. Bu bir nechta dasturchilarga samarali ishlashga imkon beradi - ularning har biri o'z komponenti bilan shug'ullanadi. Shu bilan birga, ishlab chiquvchiga birovning kodini o'rganishning hojati yo'q va uning funksiyalari dasturning boshqa qismlariga hech qanday ta'sir qilmaydi.
MVC dastur yaratamiz
Ushbu shablonni yaxshiroq tushunish uchun uni amalda qo'llash zarur. Buning uchun WPF dasturini yarating va quyidagi kod yozing:
Controller kodlarni tekshirishi mumkin. Agar tekshiruv muvaffaqiyatli bo'lsa, ma'lumotlar Model-ga uzatiladi:
public void UpdateView()
{
ResultTextBlock.Text = result.ToString(); //Ko'rinishning o'zgarishi
}
Mana natija:
Natija
Xulosa:
Bir qarashda MVC murakkab ko'rinishi mumkin, ammo uni o'rganishga qancha ko'p kuch sarflasangiz, ko'plab dasturchilar buni afzal ko'rishlari shunchalik ravshan bo'ladi.
Bugun siz bilan ma'lumotlar bazasi bilan ishlaymiz va u yerdagi ma'lumotlarni php va sql yordamida web sahifada namoyon qilamiz.
Ishni boshlashdan avval bizga AppServ web serveri kerak bo'ladi. Agar u haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni xohlasangiz AppServ haqidagi maqolamni o'qib chiqing(unda appserv nima uni qanday yuklash kerak, phpmyadmin nima undan qanday foydalanish kerak va h.k). Ma'lumotlar bazasi bilan ishlashimizda bizga phpMyAdmin kerak. phpMyAdmin yangi ma'lumotlar bazasini yaratamiz.
Создать БД tugmasini bosamiz va yangi ma'lumotlar bazasini yaratamiz. Ma'lumotlar bazasi kiritadigan ma'lumotlarimizni o'zida saqlaydi.
Yaratayotgan ma'lumotlar bazamizning nomini kiritamiz va Cоздат tugmasini bosamiz. Men index deb nom qo'ydim. Endi navbat ma'lumotlar bazasining ichidagi jadval bilan ishlaymiz.
Endi unga nom beramiz va Вперёд tugmasini bosamiz. Men web_table deb nom qo'ydim. Endi esa yaratgan jadvalimizga qatorlar nomin kiritamiz.
Men qatorlar nomini Name, Surname, phone, e-mail deb nomlanadi. Endi ularning turini sozlaymiz.
Ularning turini VARCHAR deb e'lon qildik. Ma'lumotlar uzunligini kiritib chiqamiz.
Oxirida Сoxpaнить tugmasini bosamiz. Endi ular aydi beramiz ya'ni takrorlanmas raqam.
Buning uchun shunchaki indeks-ga PRIMARY-ni tanlaymiz. Сoxpaнить tugmasini bosamiz. Endi esa SQL yordamida jadvalga ma'lumotlarni kiritamiz.
Вперёд tugmasini bozamiz.
Ko'rib turganingizday jadvalimizga ma'lumot qo'shildi bu ish ni INSERT INTO operatori orqali amalga oshirdik. Endi shu ma'lumotlarni boshqa web sahifaga namoyon qilamiz. Buning uchun AppServ papkasining ichidagi www papkasiga index nomli papka yaratamiz.
Endi shu papkaning ichiga yangi index.php nomli fayl yaratamiz. Bu faylga esa php kodlarni yozamiz:
Android foydalanuvchilari "APK" atamasini eshitgan bo'lsalar kerak, aksariyat odamlar bu nima ekanligini va nima uchun kerakligini bilishadi. Keling, APK nima ekanligini va Android-da nimaga kerakligini birgalikda bilib olamiz.
APK fayllari nima?
APK Android Package Kit degan ma'noni anglatadi va Android dasturlarni tarqatish va yuklash uchun foydalanadigan fayl formatini anglatadi. APK faylida ilovani qurilmaga to'g'ri o'rnatish uchun barcha kerakli elementlar mavjud.
APK fayli Windows-da bajariladigan EXE fayllariga o'xshashdir. APK faylidan foydalanib dasturni qo'lda o'rnatish mumkin.
Shu tarzda, dasturni yuklab olish uchun Google Play-ga kirganingizda, do'kon avtomatik ravishda kerakli dasturning APK-ni yuklab oladi va o'rnatadi. Google Play do'konidan APK-ni chiqarib olish mumkin.
APK nima uchun kerak?
APK-ni yuklashning bir nechta afzalliklar mavjud. Eng muhimlaridan biri bu dasturga Google Play-da paydo bo'lishidan oldin unga kirish imkoniyatidir. Dasturchilar katta yangilanishlarni chiqarganda, dastur do'koniga kirishi biroz vaqt talab etadi. Qo'lda o'rnatish ushbu kutishlarning oldini oladi.
APK o'rnatilishi Google do'konida mavjud bo'lmagan dasturlarni o'rnatishga imkon beradi. Bu yerda dasturlarning manbasiga ehtiyot bo'lish juda muhimdir. Windows shaxsiy kompyuterlarida bo'lgani kabi, APK-ni tasdiqlanmagan manbalardan yuklab olish, qurilmangizga virus yuqtirishi mumkin. Biz faqat ishonchli manbalarni tavsiya qilamiz: APKMirror, F-Droid, Aptoide yoki APKPure.
APK - bu Android dasturlarni tarqatish va o'rnatish uchun foydalanadigan asosiy format.
Xulosa:
Apk haqida biroz bo'lsa ham ma'lumotga ega bo'ldingiz fegan umiddaman.
Bugun siz bilan dasturchi bo'lish uchun nimalar kerakligini bilib olamiz va bu sohaga uzbekcoders platformasining qo'shgan hissasi haqida gaplashamiz.
Dasturchi bo'lish uchun o'zingizga dasturlash tilini tanlang
Dasturchi bo'lish uchun eng avvalo siz eng trenddagi va sintaksisi oson bo'lgan dasturlash tilini tanlashingiz kerak. Misol uchun Python, JavaScript, C, C++, Swift, Objectiv-C, Java va PHP dasturlash tilini misol qilib olishimiz mumkin. Dasturlash tilini tanlashda siz har bitta dasturlash tilining imkoniyatlarini, kamchiliklarini va sintaksislari bilan tanishing. Dasturlash tillari quyidagi shartlarga javob bera olishi lozim:
Siz tanlaydigan dasturlash tili trendda bo'lishi lozim
Siz tanlaydigan dasturlash tili uchun beriladigan maoshlar yaxshi bo'lishi lozim
Siz tanlaydigan dasturlash tilining imkoniyatlari ko'p va iloji bo'lsa deyarli umuman kamchiliklari bo'lmasligi kerak
Siz tanlaydigan dasturlash tillari uchun uning sintaksisini osonlashtiradigan kutubxonalar yoki freymvorklari ko'p bo'lishi lozim
Siz tanlaydigan dasturlash tilingizda salbiy izohlar bo'lmasligi kerak
Siz tanlaydigan dasturlash tilida yaratilgan mashhur dasturlar bo'lishi lozim
Agar yuqoridagi talablarga siz tanlaydigan dasturlash tili javob bera olsa demak, siz uni o'rgansangiz bo'ladi.
Dasturchilar uchun matematika va qisman fizika nega kerak?
Sizga ma'lumki kompyuter algoritm asosida yartilgan. Algoritm esa bu albatta matematika bilan bog'liq. Algoritmni bizning mashhur allomamiz Muso al-Xorazmiy o'ylab topgan. Agar, algoritm bo'lmaganida edi dasturlash tillari ham kompyuter ham bo'lmas edi. Mashhur kompaniyalar Google, Facebook, Microsoft va Yandex-larga kirish uchunham shunday algoritmik masalalardan berishadi. Fizika esa dasturchilar O'zbekistondagi TATU universiteitga kirish uchun imthion bloklaridan birida bor. Dasturchi bo'lmoqchi ekansiz matematika va fizikani yaxshi o'zlashtiring.
Dasturchilar uchun til nega kerak?
Siz dasturchimisiz tilni bilishingiz zarur chunki barcha dasturlash tillarining buyruqlari ingliz tilida amalga oshiriladi. Siz agar chet davlatlarga ishlamoqchi bo'lsangiz ham muloqot tili ingliz tili hisoblanadi.
Hech qachon mashaqqatdan qochmang va yozgan kodlaringizga doimo izoh yozib boring
Dasturlashda hatto bitta belgi yoki harf qolib ketsa yoki ortiqcha bosib yuborilsa ham dastur ishga tushmasligi mumkin. Shuning uchun dasturchilar mashaqqatdan qochishmaydi. Bitta xato qildingizmi yaratayotgan dasturingizni tashlab ketmang. Sabrli bo'ling! Boshqalar siz yozgan kodlaringizni tushunishi uchun doimo izoh yozib boring.
O'zbek dasturlash sohasiga katta hissa qo'shgan uzbekcoders platformasi
O'zbek dasturchilari uchun malaka oshirish uchun ajoyib o'quv qo'llanmasi bo'ldi. Men faoliyatimni C++-da boshladim, bir yil o'tar o'tmas mustaqil html-ni o'rganishni boshladim. C++-ni o'rganganim uchun uzbekcoders-da css va javascript-ni o'rganishim uncha qiyin bo'lmadi. Men uzbekcoders yaratuvchilariga rahmat aytaman ular bo'lmaganida balki men ham css va js-ni o'rganishim qiyin bo'lardimi, bilmadim.
Xulosa:
Bugungi maqolamda sizga dasturchi bo'lishingiz uchun ozgina ko'nikma bergan bo'lsam xursandman.
Siz bilan bugun men yaratgan Math.js freymvorki haqida gaplashamiz. Bu freymvork javascriptni qo'shmagan holda html-ning o'zi bilan turli matematik metodlarni bajarishga yordam beradi.
Math.js
Math.js freymvorki uchun maxsus teg va attributlar mavjud. Keling shu haqida gaplashamiz. <sqr> tegidan foydalangan holda sonlarning kvadratini yoki ikkinchi darajasini topamiz (Math.js-ni html hujjatingizga yuklash uchun github saytida kodlarni yuklab oling):
Xo'sh, sizga get:val attributi nega kerak u nima ish qiladi degan savol paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. get:val attributi matimatik metod uchun qiymat oladi. Keling endi bunday teglar va atttributlar jadvali bilan tanishib chiqsak.
Math.js-da teglar jadvali
Teg nomi
Vazifasi
<abs>
sonning absolut qiymatini qaytaradi
<acos>
sonning arkosinus qiymatini qaytaradi
<acosh>
sonning giperbolik arkosinus qiymatini qaytaradi
<asin>
sonning arksinus qiymatini qaytaradi
<asinh>
sonning giperbolik arksinus qiymatini qaytaradi
<atan>
sonning arktangens qiymatini qaytaradi (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
<atanh>
sonning giperbolik arktangens qiymatini qaytaradi (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
<atan2>
sonning ikkitalik arktangens qiymatini qaytaradi
<cbrt>
sonning kubi ya'ni uchunchi darajasining qiymatini qaytaradi.
<ceil>
sonning o'zidan katta qiymatini qaytaradi (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
<cos>
sonning kosinus qiymatini qaytaradi
<cosh>
sonning giperbolik kosinus qiymatini qaytaradi
<exp>
Ex qiymatni qaytaradi, x-argument E-eyler soni (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
<expm1>
<exp>-ning birlik qiymatini qaytaradi (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
<floor>
sonning o'zidan keyin keladigan kichik son qiymatini qaytaradi (bu metod faqat math.js-ning 2.4.9 versiyasidan boshlab ishlaydi)
Bu yerda pow:grade attributi sonni nechinchi darajasini hisoblash uchun xizmat qiladi.
Math.js freymvorkida <per>, <sq> va <v> teglaridan foydalanish
Keling siz matematika darsidasiz sizga uyga topshiriq qilib bir to'g'ri to'rtburchakning perimetrini anqlang dega masala berildi. Agar sizda Math.js freymvorki bo'lsa buni hidsoblashga hojat yo'q. Buni misollarda ko'ramiz:
Bu yerda p:a va p:b attributlari bir to'g'ri to'rtburchkning tomonlari uzunliklarini oladi va perimetr qiymatini hisoblab beradi. Ishonmasangiz o'zingiz ham sinab ko'ring.
Shu tariqa <sq> tegi biror to'g'ri burchakning yuzini hisoblab qiymat qaytaradi. Bu teg to'g'ri to'rtburchakning tomonlarining qiymatini olish uchun esa s:a va s:b yordam beradi. Mana misol:
Bu kodlarimiz faqat <input> tegiga ishlaydi ammo uni html-da bir marta qo'llay olasiz. <input> tegidan qiymat olish uchun math_app aydisidan foydalanasiz. Hozir bu yerda 25 sonining ildiz ostisini chiqarib beradi. Endi shu yerda view-in attributidan foydalanib ko'rsataman, view-in attributi qiymatni qayerda chiqarishni ko'rsatadi. Ammo, u faqat math_app aydisida ishlaydi va undan ham ikki marotaba foydalanish imkoniyati yo'q
<p> tegida natijani ko'rsatdi. Endi yana shunday attributlardan hide attributini ko'rsak, hide attributi natijani yoki berilayotgan hisoblash uchun qiymatni yashiradi.
Ko'rayotganingizday hide attributi hisoblash uchun berilaytogan qiymatni yoki qisqa qilib aytganda <input> tegini yashirdi. hide attributi uchun mos ravishda 2 ta qiymat yozishingiz mumkin bular: this va val. this qiymati hisoblash uchun berilaytogan qiymatni yoki qisqa qilib aytganda <input> tegini yashirdi, val esa qiymatni yashiradi:
Bugun siz bilan har kuni milliardlab qidiruvlarni qabul qilib ularga mos javob qaytara oladigan google haqida gaplashamiz. Qani boshladik...
Xo'sh google o'zi qanday ishlaydi? Ba'zida Google haqida ham qidiruvlar beriladi va hatto google haqida butun boshli bir kitob yozilgan. Ammo biz bugungi maqolamizda kichikroq qilib ma'lumot beramiz. Tasavvur qiling siz JavaScript haqida ma'lumot olmoqchisiz:
Albatta sizga bunday interfeys tanish. Xo'sh google o'zi qanday qilib sizga shuncha narsa chiqarib bera oladi. Google yuz milliardlab web sahifalarning xaritalarini tuzib chiqmoqda va har doim o'z qidiruv tizimini yangilab boradi.
JavaScript haqida yana juda ko'plab narsalarni topish mumkin.
Bu yuqoridagi surat bilan nima demoqchi ekanimizni qisman tushungan bo'lishingiz mumkin. JavaScript haqida turli videolar yoki qayerda uning rasmiy ofisi borligini chiqarib beradi. Tasavvur qiling millionlab natijalar mavjud ammo, ularning hech biri sizga yordam bermayapti, shuning uchun google xodimlari sizning nima qidirayotganingizga qarab aniq natijalarni brauzerda hosil bo'lishi uchun harakat qilishadi. Agar siz yozayotganda imloviy xatolarga duch kelsangiz barbir ham o'sha natija chiqaveradi. Ammo, u qidiruvlar natijasidagi web saytlarni rasmlarni qanday tartiblaydi? Siz albatta qidirayotgan narsangizdagi so'zga yaqin natijalarni chiqarishi bu ajablanarli emas albatta. Lekin so'zdan tashqari saralashda yana juda ko'p narsalar bor masalan, rasmlar va h.k. Bunday omilarga yana web saytlardagi bir xil ma'nodagi ma'lumotlarning chiqishi ya'ni bog'lanishi va yana qayerda joylashganligi, agar siz AQSH-da bo'lsangiz google sizga javascript firmasining qayerda joylashganini chiqarib berar ammo, siz u yerda bo'lmasnagiz menimcha buning foydasi yo'q. Saralashdagi yana bir muhim omillardan biri bu yangi chop etilgan bloglarni ko'rsatish ko'pincha ularda aniq ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'ladi. Yaxshi bo'gan kabi yomon ham mavjud degandek web saytlarning zararlilari mavjud. O'zida turli viruslarni saqlovchi kompyuterga zarar yetkazuvchi biror dasturlar bo'lishi mumkin. Bunday oqibatlarni oldinini olish uchun google ana shunday firibgarlik saytlarini yo'q qiladi.
Internet har doim o'zgarishda faktlarga qaraganda har yetti qidirishning birida oldin umuman qidruvda bo'lmagan narsalar qidiriladi. Google qanday qilib yangilanishlar orqali o'zining qidiruv tizimini takomillashtiradi? Bunda albatta mutaxasislar yordam berishadi ular barcha qidiruvlarni solishtirishadi, reytinglarga qarashadi keyin esa yangilashadi.Yana bir usullardan biri bu foydalanuvchi bahosi ham inobatga olinadi ammo, u saralashga tasir ko'rsitmaydi. Yana ajablanarlisi shuki buning barchasi juda qisqa vaqt ichida yuz beradi.
Xulosa:
Google haqida biroz bo'lsa ham ma'lumot oldingiz degan umiddaman. Siz bilan Jahongir Sobirov bo'ldi. Hammaga omad!
Kirish: Bugun siz bilan ember.js freymvorki haqida gaplashamiz.
Ember.js - bu veb-dastur.larni ishlab chiqish uchun JavaScript freymvorki, so'nggi paytlarda katta e'tiborga sazovor bo'lgan ulkan loyihalardan biri. Bugun siz bilan bu freymvork bilan sodda dastur yaratamiz (2-qismda) Bu Dice Roller dasturi bo'lib, sintaksisni osonlashtirish uchun juda yaxshi. Uning kodini Github-da topish mumkin.
Ember.js freymvorki JavaScript dunyosidagi ko'plab zamonaviy tushunchalar va texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Uning imkoniyatlaridan bir nechtasi:
ES2016-ni qo'llab-quvvatlash uchun Babel transpileridan foydalanish.
Testem va QTest sinov vositalarini qo'llab-quvvatlash, bu birlishtirish va integratsiya uchun imkoniyatlarni ochib beradi.
Birinchi navbatda URL yo'nalishlarini yaratadigan rivojlanish modelidan foydalanish.
JSON API-ga asoslangan, lekin ishlashni istagan har qanday API-ga ulanishni qo'llab-quvvatlaydigan ma'lumotlar bilan ishlash uchun qatlamga ega bo'lish.
Ember-cli bilan tanishish
Ember.js buyruq so'zlaridan biri, ember-cli sizga freymvorkning ko'plab imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Ember-cli dasturchini ishning barcha bosqichlarida qo'llab-quvvatlaydi. Bu dastur yaratishni, uning imkoniyatlarini kengaytirishni, sinov rejimida va loyihani ishlab chiqish rejimida bajarishni osonlashtiradi.
Ember dasturini yaratishda qilayotgan har bir ishingiz ma'lum darajada ember-cli-dan foydalanishni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ushbu vositani o'rganish juda muhimdir.
Bizning ishimizdagi birinchi qadam - ember-cli-ni o'rnatish yoki agar u allaqachon o'rnatilgan bo'lsa, versiyaning yangilanganligini tekshirish. Siz quyidagi buyruq yordamida npm registridan ember-cli-ni o'rnatishingiz mumkin:
$ npm install -g ember-cli
O'rnatish muvaffaqiyatli bo'lganligini tekshirish va shu bilan birga tanishdinember-cli-ning qaysi versiyasi o'rnatilganligini bilish uchun siz quyidagi buyruqdan foydalanishingiz mumkin:
$ ember --version
ember-cli: 2.15.0-beta.1
node: 8.2.1
os: darwin x64
Xulosa:
Bu maqolamizning ikkinchi qismimizda sodda dastur yaratamiz. Ember.js bilan yaxshi umiddaman.
Bugun siz bilan Google tarjimon to'g'risida gaplashamiz va u qanday ishlashini bilib olamiz.
Google tarjimon haqida qisqacha...
Google tarjimon bu bepul tarjimon hisoblanadi. Undan nafaqat so'zlarni balki matnlarni va hatto web saytlarni ham tarjima qilish imkoniyatiga ega. Google tarjimon 2013-yilda google tomonidan yaratilgan. Google ma'lumotlariga ko'ra Google tarnslate yoki Google tarjimondan foydalanayotganlar soni kuniga 200 millionga yetadi. Hozirda Google Tarjimon 90 ta til mavjud. 2014-yilning dekabirida esa bizning ona tilimiz Google tarjimon-ning tillar ro'yhatiga kiritildi. O'zbek tilini kiritishda ko'pgina o'zbek tilini bilgan ko'ngililar va Shavkat Bo'tayevning kitobidan foydalanildi.
Google tarjimon qanday ishlaydi?
Google tarjimonni ko'pchilik so'zlar lug'ati va o'sha tilning grammatikasidan foydalangan holda ishlaydi deb o'ylashadi. Ammo, ular adashishadi. Agar Google tarjimon grammatika asosida ishlasa edi unda ancha nuqsonlar paydo bo'lar edi. Chunki kompyuter Ot nima, Sifat nima, Fe'l nima ekanligini bilmaydi. Endi sizda google tarjimon qanday ishlaydi degan savol aniq tug'ulgan bo'lsa kerak. Google tarjimon kiritgan matnnigizni yoki so'ziningizni har xil kitoblardan, tashkilotlardan va turli web saytlardan oladi. Sizning matnnigizga o'xshaganini chiqarib beradi. Google tarjimonning haqiqiy maqsadi tarjimaning mohiyatini tushuntirib berish. Lekin ko'p hollarda Google tarjimon aniq tarjima qilib beraolamagani sababli uning ustida doim ishlar olib boriladi.
Xulosa:
Bugungi maqolamiz shulardan iborat edi. Google tarjimon haqida savolingizga umid qilamanki javob topdingiz.