USERGATE 2.8 DASTURI YORDAMIDA MAHALLIY PROKSI-SERVER YARATISH.
Ushbu maqolada biz mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterning (mahalliy tarmoqdagi internet shlyuzi) internetga kirishi uchun mahalliy proksi-server yaratamiz. Bu nima uchun kerak?
O’quvchilarni internetdan foydalanayotganlarida milliy sha’nimiz va mintalitetimizga to’g’ri kelmaydigan yot g’oyalar aks etgan kontentlardan himoya qilish.
Albatta, bugungi kunda farzandlarimiz yetuk va komil inson bo’lishlari uchun so’nggi texnologiyalar va fan yutuqlaridan foydalanishga haqlidirlar. Shuning uchun ham yuqorida aytilgan salbiy omillardan himoyalanish uchun usergate kabi dasturlardan foydalanish ayniqsa maktab sharoitida juda muhim o’rinda turadi.
Ko'rsatma universal bo'lib, har qanday mahalliy tarmoq uchun adapterlarga statik IP-manzillarni tayinlashni va proksi-server yordamida internetni tarqatish uchun mahalliy tarmoqdagi internet shlyuzini sozlashni xohlovchilar uchun foydali bo'ladi.
Dastlab, biz adapterlarimizga statik IP-manzillarni tayinlashimiz kerak. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikda amallarni bajaramiz. Agar sizda operatsion tizim Windows 7 - Windows 10 bo'lsa, quyidagilarni bajaring:
ПУСК – Панель управления – Сеть и интернет – Просмотр состояния сети – Изменение параметров адаптера.
Yoki har qanday papkani oching va uni manzil satriga “rundll32.exe shell32.dll, Control_RunDLL ncpa.cpl” buyrugini kiriting va ‘Enter’ tugmasini bosing.
1-rasm
Natijada ekranda “Tarmoq ulanishlari” oynasini barcha adapterlar ro'yxati bilan ochiladi (1-rasm). Ro’yxatdan Internetga ulangan adapterni tanlab, ustida sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz va kontekst menyusidan xususiyatlar (Свойства)ni tanlaymiz. Adapterimizning ochilgan “xususiyatlari” oynasidagi ro’yxatlar ichidan “Протокол Интернета версии 4 (TCP/IPv4)” bandini tanlaymiz va xususiyatlar (Свойства) tugmachasini bosamiz. Ochilgan qo'shimcha oynaning radio tugmachasini “Получить IP-адрес автоматически” bandiga o'tkazamiz.
2-sasm
Tarmoq uchun ajratilgan adapter bilan ham huddi shu amallarni bajaramiz, faqat ochilgan qo'shimcha oynaning radio tugmachasini “Получить IP-адрес автоматически” bandidan “Использовать следующий IP-адрес” bandiga o’tkazamiz. “IP-адрес” satriga 192.168.0.1 adresini yozamiz. Tarmoqqa ulangan qolgan kopyuterlarlarda ham IP adreslarni mos ravishda 192.168.0.2, 192.168.0.3… kabi o’rnatib chiqamiz va mahalliy tarmoq ishini tekshirib ko’ramiz. Nosozliklar yo’q va tarmoq ishchi holatda bo’lsa, demak, UserGate 2.8 dasturinni o’rnatib uning yordamida mahalliy proksi-server yaratishimiz mumkin.
Usergate dasturini foydalanish uchun sozlash.
3-rasm
Yuqoridagi rasmda dasturning asosiy interfeysi mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar ro’yxatini ko’rsatib turibdi. Dastur interfeysi olti bo’limdan iborat. Sozlash ishlarini bajarish uchun ularning beshinchisi “Настройка” bo’limiga kiramiz va ro’yxatga yangi kompyuterni qo’shish uchun sichqoncha yordamida “Ползователи-Default” ketma-ketligini tanlaymiz. Natijada dastur quyidagi ko’rinishga o’zgaradi.
4-rasm
Dasturning bu bo’limida asosan mahalliy tarmoqda mavjud kompyuterlar ro’yxati shakillantiriladi. Buning uchun dastur oynasining o’ng tomonida joylashgan “Добавить” tugmasidan foydalaniladi. “Добавить” tugmasi bosilgach, dastur oynasi quyidagi ko’rinishga o’zgaradi.
5-rasm
Rasmda ro’yxatga tarmoqdagi 15-kompyuterni qo’shish jarayoni aks etgan. Buni amalga oshirish uchun oynadagi “Авторизация” bo’limidagi radiotugma holati “Логическая” dan “По IP-адресу” o’zgartiriladi va ostidagi oynachaga 15-kompyuter IP-adresi kiritiladi. Bajarilgan ishlarni tasdiqlash uchun “Применить” tugmasi bosib chiqib ketiladi. Shu usulda mahalliy tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar ro’yxati shakllantitiladi.
Filtr o’rnatish.
Endi asosiy maqsadga ko’chsak. Usergate dasturisiz ham mahalliy tarmoqdagi ko’mpyuterlarda internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish mumkin. Buning uchun server kompyuterdagi internetga ulanish adapter xususiyatlar oynasidan foydalanish mumkin. Lekin unda internet trafikni nazorat qila olmaysiz. Mahalliy tarmoqdagi kompyuterlarda foydalanilgan internet tarafikni va tashrif buyurilgan saytlarni nazorat qilish uchu bizga Usergate dasturi yordam beradi.
Buning uchun dastur oynasining birinchi bo’limidan foydalaniladi. Quyida rasmda mahalliy tarmoqdagi kompyuterlar uchun filtrni faollashtirish jarayoni ko’rsatilgan.
6-rasm
Hozircha filtr ro’yxati bo’sh. Unga taqiq o’rnatish uchun kerakli sayt manzilini ro’yxatga kiritish kerak. Buning uchun “Добавить” tugmasidan foydalaniladi.
Bugungi axborotlashgan jamiyatga yetib kelgunga qadar kompyuterlarni birlashtirish, fayllar va turli ko’rinishdagi xabarlar, ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko'p o'tmay bir nechta kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta'minot yaratildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.
Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.
Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi.
Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma'lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra kompyuter tarmoqlari bir necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi.
TARMOQ TOPOLOGIYALARI
Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik konfiguratsiyasi.
Uning bir nechta turlari mavjud.
Umumiy shina (Bus)
Yulduzsimon (Star)
Xalqa (Ring)
Daraxtsimon (Tree)
Barcha elementlar bir-biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)
1-rasm
Tarmoqni tashkil qilishda topologiyani tanlash mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yoki tarmoq mavjud bolsa, uni tiklashda, mavjud tarmoq ishlatadigan standartdan kelib chiqqan holda topologiya tanlanadi.
Siz kompyuterlarni va boshqa (skaner, printer kabi) qurilmalarni ixtiyoriy to’g’ri kelgan, o’zingiz uchun qulay usul bilan bog’lashingiz mumkin. Ya’ni tarmoqni qismlarga ajratib, ularni har xil topologiyada tashkil qilishingiz va topologiyalarni ham o’zaro bog’lashingiz mumkin. Lekin qanday holatda tarmoq tuzishingizdan qat’iy nazar belgilangan standartlardan chiqmaslik talab etiladi.
UMUMIY SHINA
2-rasm
Barcha kompyuterlar bitta (malumotlar shinasi) kabelga ulanadi. Kabelning uchlariga terminatorlar o’rnatiladi. Internet tarmoq uchun
ularning bo’lishi albatta shart. Bu topologiya asosida 10 Megabitli 10Base-2 va 10Base-5 tarmoqlari tashkil qilinadi. Kompyuterlar aro bog’lovchi sifatida koaksial kabellar ishlatiladi.
Koaksial kabel
Koaksial so’zi lotinchadan olingan bo’lib ko-birgalikda va axis-o’q degan ma’noni anglatadi. U bir-biri bilan dielektrik qoplam bilan ajratilgan ikki metall silindrlardan iborat bo’ladi.
Markaziy o’tkazgich
Markaziy o’tkazgich himoya qoplami
Magnit to’lqinlaridan himoya ekrani
Tashqi tasirdan himoya qoplami
Bunday holatda tarmoqdagi ulangan qurilmalarni ixtiyoriy o’chirib qo’yish, tarmoq ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
3-rasm
10Base-2 tarmog’i uchun u quyidagi ko’rinishga ega.
4-rasm
Yoki mana bunday.
5-rasm
Qanday ko’rinishda joylanganligidan qat’iy nazar u bir xil 10 Megabitli (Umumiy shina) topologiya hisoblanadi. 100 Megabitli tarmoqni tashkil qilishda esa “Yulduzcha” topologiyasi qo’llaniladi.
“YULDUZCHA” TOPOLOGIYASI
6-rasm
Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер) yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.
7-rasm
Konsentratorlar aktiv bo’lgani kabi (nazariy) passiv bo’lishi ham mumkin. Agar tarmoqdagi biror kompyuter va konsentrator orasidagi aloqada uzulish sodir bo’lsa, u tarmoqning boshqa qismiga tasir ko’rsatmaydi. Albatta, agar u “Server” bo’lmasa. Agar konsentrator ishdan chiqsa, tarmoq ishlashdan to’xtaydi.
Bunday tarmoq topologiyasi boshqasiga qaraganda buzulgan (tarmoq adapterlari, razyomlari va zararlangan kabellar) tarmoq elementlarini qidirib topishda ancha qulay hisoblanadi. Tarmoqqa yangi qurilma qo’shish ham “Yulduzcha” topologiyasida bosqasiga qaraganga osonroq amalga oshadi. Yana shuni ta’kidlash mumkinki, 100 va 1000 Megabitli tarmoqlar ana shu “Yulduzcha” topologiyasi asosida quriladi.
Tarmoqning faoliyatini to'g'ri yuritish maqsadida bosh kompyuter (o'qituvchi) ajratiladi, unga lokal tarmoqlar bilan birlashtirilgan ishchi kompyuter (o'quvchi)lar birlashtiriladi. Agar tarmoqda 20-25 ta kompyuter mavjud bo'lsa, ular albatta bosh kompyuterga ega bo'lishi lozim.
Lokal tarmoqlar faoliyatini yuritish uchun maxsus dasturiy ta'minot mavjud. Windows 95/2000/XP operatsion tizimlarida lokal tarmoqqa boshqa maxsus dasturlarsiz ham kompyuterlar ulanishi mumkin. Buning uchun tarmoq protokollaridan foydalaniladi.
Tarmoq protokollari
Tarmoq protokoli kompyuterlar o’zaro aloqasini boshqaruvchi qoidalar to’plamidan tashkil topadi. Ko’pgina protokollar mavjud bo’lib, ulardan quyidagilari ko’proq ishlatiladi: IPX/SPX, TSP/IP, NetBIOS, NetBEUI, AppleTalk
8-rasm
Lokal tarmoqga ulangan har bir kompyuter o’zini shaxsiy nomiga ega bo'lib, ixtiyoriy nomlanishi mumkin va u ishchi guruh tarkibiga kiradi. Jumladan, quyida keltirilgan rasmda tarmoqdagi barcha kompyuterlar umumiy Wks-Workstation (Ishchi stansiya) nom bilan belgilangan va u User (Foydalanuvchi) deb ataladi.
Ishchi stolida joylashgan “Tarmoq muhiti” (Сетевое окружение) belgisi bosilganda ochilgan oynada lokal tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarr o’yhati chiqadi.
9-rasm
Maxsus tarmoqlar uchun dasturlar tarkibiga Novell NetWare yoki Windows NT Server kiradi. Lokal tarmoqlar bir tashkilot yoki binoda joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi, xolos.
Kompyuter tarmog'i quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Tarmoq abonentlari - tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste'mol qiluvchi ob'ektdir.
Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, dasturiy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo’lishlari mumkin. Tarmoqning har bir abonenti stansiyaga ulanadi.
Stansiya
- axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob'ekt.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo’lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti - elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma'lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir.
Fizik uzatish muxiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni ta'minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday kompyuter tarmog’ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yigindisi sifatida ko’rish imkonini beradi.
10-rasm
Kompyuterlarni o’zaro tarmoqqa birlashtirish
Windows Xp operatsion tizimida tarmoqni sozlash va kompyuterlarni o’zaro bir biri bilan bog’lash uchun bir nechta amallarni bajarish talab etiladi. Sozlash ishni boshlashdan avval kompyuterga tarmoq kartasi o’rnatilganmi yoki yo’qmi tekshirib oling. Buning uchun “Пуск” menyusidan kirib “Панель управления”, yani boshqarish panelini oching.
11-rasm
Ochilgan oynadan “Система” nomli yorliqni toping va uni faollashtirib sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta, ketma ket bosing. Natigada ekranda quyidagi muloqot oynasi namoyon bo’ladi.
12-rasm
Etibor bergan bo’lsangiz, ochilgan muloqot oynadan siz faqatgina tarmoq kartasi o’rnatilganligi haqida ma’lumotni emas, balki butun boshli sistema va kompyuterdagi barcha qurilmalar ishini boshqarish, sozlash kabi amallarni ham bajarishingiz mumkin.
Endi asosiy maqsadga ko’chsak, tarmoq kartasi va uni kompyuterda mavjudligini tekshirib ko’rish uchun diolag oynasining yuqorigi qismida joylashgan menyusidan “Оборудование” bo’limini faollashtiring va “Диспетчер устройств” nomli tugmachani bosing.
13-rasm
Natijada ekranda quyidagi oyna ochiladi.
14-rasm
Bu oyna qurilmalar Dispetcheri deb ataladi. Undan kompyterga o’rnatilgan barcha qurilmalar va ularning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin, huddi shunday tarmoq kartasi haqida ham. Sizga misol tariqasida keltirilgan rasmda kompyuterda ikkita, Realtek firmasi tomonidan ishlab chqarilgan tarmoq kartalari o’rnatilganligi va ular ishchi holatida ekanligi ko’rinib turibdi.
Kompyuterlararo axborot almashinuv tizimini yo’lga qo’yish uchun kompyuterlar soniga qarab, agar ular 10 yoki 25 tadan kop bo’lsa, ular ichidan bittasi albatta “Server” vazifasini o’tasi kerak. Qolganlari esa “Mijoz” ya’ni, stansiya sifatida tarmoq tarkibiga kiritiladi.
Tarmoqqa ulanish hossalarini sozlashga kirishamiz. Buning uchun “Пуск” menyusidan kirib “Панель управления”, ya’ni boshqarish panelini oching. (11-rasm)
Ochilgan oynadan “Сетевые подключения” nomli yorliqni toping va uni faollashtirib sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta, ketma ket bosing. Natijada ekranda quyidagi dialog oynasi namoyon bo’ladi.
15-rasm
E’tibor bering, rasmda tarmoqqa ulanishlar soni uchta ko’rsatilgan, esingizda bo’lsa, tarmoq kartalari haqida ma’lumot olishda keltirilgan misolda kompyuterga o’rnatilgan tarmoq kartalari soni 2 ta edi, shu sabab “Сетевые подключения” oynasida ham ular soni ikkita. Bunday bo’lishiga sabab kompyuter internetga ulangangan bo’lsa, yoki ulanish ko’zda tutilgan bo’lsa, ulanish turiga qarab unga bittadan ortiq tarmoq kartalari o’rnatiladi. Uchinchi yorliq esa internetga ulanish sozlanganligidan so’ng hosil bo’lgan. Internetga ulanishning bir nechta usulari mavjud bo’lib, yuqorida korsatilgan misol Virtual Private Network - VPN ulanish deb nomlanadi.
Endi asosiy masalaga ko’chsak. “Сетевые подключения” oynasidan Lokal (mahalliy) tarmoq uchun sozlash ishlarini bajaramiz. Buning uchun Lokalhost (Uni siz ixtiyoriy nomlashingiz mumkin) yorligining xususiyatlari oynasini ochamiz. Buning uchun sichqoncha ko’rsatgichini yorliq ustiga keltirib, uning o’ng tugmachasi bosiladi, Natijada ekranda quyidagi muloqot oyna ochiladi.
16-rasm
Ochilgan dialog oynasidan tarmoq ishini boshqaruvchi protokol tanlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan, tarmoq protokoli, kompyuterlar o’zaro aloqasini boshqaruvchi qoidalar to’plamidan tashkil topadi. Ko’pgina protokollar mavjud bo’lib, ulardan quyidagilari ko’proq ishlatiladi: IPX/SPX, TCP/IP, NetBIOS, NetBEUI, AppleTalk
Shunga ko’ra TCP/IP protokolini tanlab uning xususiyatlarini o’rnatamiz. Buning uchun muloqot oynasida ko’rib turganingiz (16-rasm) holatida “Свойства” tugmasini bosing. Natijada ekranda keyingi oyna sozlash oynasi ochiladi.
17-rasm
Ochilgan oynaga yaxshilab e’tibor bering. U yerda siz tarmoq uchun umumiy va kompyuter uchun husisiy adreslarni o’rnatishingiz kerak bo’ladi. Ya’ni IP adresi va tarmoq osti maskasi.
IP adress aynan rasmda ko’rsatilganidek bo’lishi shart emas, lekin huddi xxx xxx xxx xxx kabi qoida bo’yicha ko’rsatiladi. Tarmoq osti maskasini esa rasmdagidek o’rnatishingiz maqsadga muvofiq.
Barcha sozlash ishlari bajarilgan “OK” tugmasini bosing va kompyuterni o’chirib qaytadan ishga tushiring. Yuqoridagi amallarni tarmoqqa ulanishi kerak bo’lgan barcha kompyuterlarda ham takrorlang. Shundan so’ng kompyuterlararo bog’lanish vujudga keladi.
Kompyuter nomi bilish va uni o’zgartirish uchun sistema hossasi oynasidan foydalaning (12-rasm) ikkita bir xil nomli kompyuter bo’lishi mimkin emas, ya’ni “Server” kompyuter IP adresi 192.168.0.1 bolsa, qolganlari unga mos holda 192.168.0.2; 192.168.0.3; 192.168.0.4; ….. 192.168.0.25 kabi qo’yiladi. Tarmoq osti maskasi esa hammasi uchun bir xil bo’lishi kerak (9-rasmga qarang).
Barcha sozlash ishlari bajarilgach ham tarmoq huddi ishlamayotgandek ko’rinadi, aslida esa tarmoqda ulanishlar mavjud bo’ladi. Tarmoqdagi murojaat qilgan kompyuteringizdan ma’lumot olish yoki unga ma’lumot uzatishingiz uchun, aynan o’sha kompyuterning qattiq diskiga yoki fayl va kataloglarigalariga o’qish yoki ko’chirib olish uchun “Доступ” (ruhsat berish) ochilgan bo’lishi kerak. Uni quyidagi rasmlarga qarab o’rnatib olishingiz mumkin.
18-rasm
19-rasm
Eslatma! Ushbu maqola Windows XP operatsion tizimiga asoslanib yozilgan. Qolgan operatsion tizimlarga ham ushbu sozlash ishlari to'g'ri keladi. Faqat ozgini o'zgarishlar bilan.
Dism ++ - Windows obrazlari bilan ishlash uchun mo’ljallangan Dism konsol dasturiy vositasiga grafik interfeys
Salom do'stlar. Bugun sizlar bilan ko'pchiligingizga m’alum va tanish bo’lgan jarayon kompyuter sinf xonasidagi kompyuterlarga qanday qilib bir hil va kerakli dasturlari bilan birga windows operatsion tizimini o’rnatish bo’yicha foydali bo’lgan dastur haqida fikrlashmoqchiman.
Bu Dism tizim konsolining grafik interfeysi bo'lgan Dism++ dasturi. Dastur konsol vositasining barcha xususiyatlarini emas, balki ularning faqat bir qismini amalga oshiradi. Va bundan tashqari, u Windows-ni optimallashtirish va uning ba'zi muammolarini hal qilish uchun qo'shimcha funktsiyalarni ham taqdim etadi. Do’stlar keling dastlab Dism++ nima ekanligini, uning imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Demak, Dism++ dasturi bu Windows Dism standart konsol vositasining (dism.exe) ba'zi imkoniyatlarini amalga oshiradigan grafik interfeys. Dasturni o’rganishdan avval uning konsolli ko’rinishi bilan tanishib chiqish mantiqan to'g'ri bo'ladi.
Dism nima?
Dism (Deployment Image Servicing and Management) - bu Windows operatsioan tizimining Vista turkumidan mavjud bo'lgan obrazlariga xizmat ko'rsatish va boshqarish tizimi.
Ushbu vosita yordamida ko'plab jiddiy jarayonlarni bajarish mumkin. Masalan:
Windows o’rnatuvchisini tahrirlash (drayverlarni, tarkibiy qismlarni, yangilanishlarni, til paketlarini olib tashlash / birlashtirish, nashrlarni olib tashlash / qo'shish, WIMBoot kabi texnologiyalarni qo'llash va hk);
Windows o’rnatuvchisi fayllari (WIM, ESD, SWM) formatlarini almashtirish;
Tizimning zaxira nusxasini yoki moslashtirilgan turkumini yaratish uchun Windows-ni o’rnatilgan holatidan WIM yoki ESD obraz faylga yozib olish;
Disk bo'limlariga WIM-yoki ESD-Windows obrazlarini joylashtirish;
Drayverlarni o'rnatish / olib tashlash, ularni eksport qilish;
Tizim papkalarini tozalash;
Va hokazo.
Dism bilan ishlash buyruq satri yordamida amalga oshiriladi va bu ushbu vositadan foydalanishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Agar siz buyruq satri bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilmasangiz, shunchaki dastur buyruqlari haqidagi ma’lumot yetarli bo'lmaydi. O’rganish uchun sizga aniq bosqichma-bosqichli qo'llanma kerak bo'ladi. Dism++ dasturi esa Dism standart konsolining grafik interfeysi bo'lib, yuqorida aytilgan muammoni to’liq bo’lmasada bartaraf etadi.
Dism++ - bu boshlang’ich kodli ochiq bepul dastur bo’lib, xitoylik ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan. Dastur Windowsning barcha amaldagi versiyalarida ishlaydi.
Shu joyda dastur haqidagi ma’lumotlarni to’xtaib tursakda, maqolaning asl maqsadi, kompyuter sinf xonasidagi kompyuterlarga qanday qilib bir hil va kerakli dasturlari bilan birga windows operatsion tizimini o’rnatish bo’yicha amallarni bajarishga o’tsak.
Agar siz sistema administratori yoki informatika xonasi mudiri bo’lsangiz zimmangizga sinf xonasidagi kompyuterlar sozligini ta’minlash yuklatilgan bo’ladi. O’quvchilar kompyuterlardan foydalnish vaqtida bilib yoki bilmasdan operatsion tizim fayllarini o’chirib tashlashi yoki tizimni o’zgartirib yuborishlari mumkin. Buning oqibatida keyingi o’quvchi amaliy darslarni o’zlashtirishi yoki o’rganishida noqulaylik tug’diradi. Nosozliklarni to’g’rilash mumkin albatta, lekin, kompyuter tizimdan chiqib ketgan bo’lsa uni qayta o’rnatish kerak bo’ladi. Bu esa sizdan ortiqcha vaqt va mehnat sarf qilishingizni talab etdi. Dsim++ dasturi sizni usbu muammodan halos etadi.
Demak maqasadimiz operatsion tizimni qayta o’rnatish va shu bilan birga barcha kerakli dastur va drayverlarni ham o’rnatish bo’lsa quyidagilarni ketma-ket bajarib ko’ring.
Dastlab sinfxonada yaxshi ishlaydigan kompyuterga operatsion tiim o’rnatiladi. Buning uchun windows o’rnatuvchisi maxsus usul bilan yo’zilgan flesh disk (fleshka) bo’lishi kerak. Kerakli drayver va dasturlar to’plami o’rnatilib kompyuter sozlanadi. Dism++ dasturini ishga tushirib rasmda ko’rsatilgandek Управление загрузкой → Бекап системы buyrug’I beriladi. Natijada rasmda ko’rib turganingiz, muloqot oynasi ochiladi. Undan Обзор tugmasini bosib zahira fayl yoziladigan, C:\ diskdan boshqa manzilni ko’rsatamiz.
Masalan D:\ install.wim. E’tibor bering, zahira faylni nomi albatta “Install” bo’lishi shart. Kengaytmani esa dasturni o’zi qo’yadi. “Ok” tugmasi bosilgach Dism++ dasturi o’rnatilgan operatsion tizimdan nusxa ko’chirishnni boshlaydi.
Jarayon ko’mpyuter tezligi va o’rnatilgan operatsion tizimni dasturlari bilan egallaydigan xajmidan kelib chiqib uzoqroq davom etishi mumkin.
Sizda avval boshida tizimni o’rnatish uchun foydalangan windows o’rnatuvchi yozilgan flesh disk (fleshka) dagi fayllar va papkalar ichidan “Sources” papkasini toping. Dsim++ dasturi saqlagan “Install.wim” faylini anashu “Sources” papka ichiga eskisini almashtirish yo’li bilan ko’chiring.
Barchasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz endi sizda sinfingizdagi kompyuterlar uchun windows operatsion tizimini kerakli drayver va dasturlar to’plamiga ega turkumi mavjud bo’di. Undan har gal foydalanganingizda operatsion tizim kerakli dasturlaringiz bilan birga o’rnaydi!
Ha yana bir eslatma! Bazi windows o’rnatuvchi dasturlar to’plami “Install.wim” fayliga ega bo’lmasligi mumkin. Uning o’rniga ESD yoki boshqa kengaytmali fayl bo’lishi mumkin.
10-sinflarda informatika fanidan qo'shimcha amaliy mashg'ulot o'tkazish uchun o'quv qo'llanma
Dastur interfeysini yaratish.
Delphi 7 dasturlash muhitida ilova dastur yaratishdan avval uning interfeysini tassavur qilib olamiz. Hozirgi misol uchun bu muhim emas, sababi kalkulyator interfeysini windowsning standart dasturi hisoblangan kalkulyatorga o’xshatib olamiz. Buning uchun ilova oynasini kerakli o’lchamga keltirib olamiz.
Bu ishni Obyekt inspektori orqali amalga oshirish mumkin. Obyekt inspektorida odatda tanlangan obyektning xususiyatlari tanlanadi (o’zgartiriladi). Form1 xususiyatlari ichidan Height (oyna bo’yi)ni 325 ga o’zgartiramiz, Width (oyan eni)ni 227 ga o’zgartiramiz natijada quyidagi 1-rasmdagi ko’rinishga erishamiz. Bu o’lchamlarni visual holatda sichqoncha yordamida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun sichqonchani ilova oynasi chetki qismiga olib kelamiz, sichqoncha ko’rsatgichi ↔ ko’rinishga o’zgaradi. Shu holda sichqoncha chap tugmasini bosib kerakli tomonga siljitamiz.
1-rasm
Kalkulyator uchun oyna o’lchamlarini belgilab oldik. Endi navbatdagi amallardan biri dastur sarlavha satrini sozlaymiz. Buning uchun Obyektlar inspektoridan Form1 ning Caption xususiyatini Form1 dan “Kalkulyator” so’ziga almashtiramiz. Bu ishni formani yuklanish hodisasi bilan ham amalga oshirish mumkin, buning uchun ilova oynasi Form1 ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosilsa dastur kodi oynasi ochiladi. Shu oynaga Form1.Caption:='Kalkulyator'; iborasini yozamiz.
Endigi navbat barcha dasturlarda bo’lgani kabi uning yorlig’ini o’rnatamiz. Yorliq ico formatidagi kichik rasmcha bo’lib dasturni tanib olish uchun foydalaniladi. Standart holatda Delphi ilovalar uchun o'z yorliqni taklif etadi. Uni o’zgartirish uchun yana Form1 xususiyatlaridan icon xususiyatini tanlaymiz natijada ico faylini yuklash oynachasi ochiladi va undan kerakli yorliqni tanlab Ok tugmasini bosib chiqib ketamiz (2-rasm).
Dastur sarlavhalar satri o’ng tomonida oynani boshqarish tugmalari mavjud bo’lib ulardan ‘Kalkulyator’ dasturi uchun oyna o’lchamini tanlash tugmasi shart emas. Shuning uchun yana Form1 xususiyatlariga murojaat qilamiz. Ular ichidan BorderIcons bo’limi ichidan biMaximize xususiyatini False ga, BorderStyle xususiyatini esa bsSingle ga o’zgartiramiz.
Kalkulyator dastruri oynasi tayyor bo’ldi. Endi unga boshqarish tugmalari (Button) va raqamlarni ko’rsatib turishi uchun yozuv oynachasi (Edit) obyektlaarini o’rnatib chiqamiz. Shunda ilova oynasi ko’rinishi 3-rasmdagi ko’rinishga keladi.
3-rasm
Button boshqarish obyektlari Caption xususiyatlarini kerakli yozuvlarga almashtiramiz. Bu amallarni Form1 obyektining yuklanish hodisasi uchun dastur kodi sifatida yozish ham mumkin. Buning uchun Button1.Caption:=’1’;Button1.Caption:=’2’ kabi yozuvlarni kiritib chiqish kerak bo’ladi. Kalkulyatorning hisob-kitob ishlarini aks ettirish uchun mo’ljallangan oynachasi Edit1 uchun ham bazi o’zgartirishlarni amalga oshiramiz. Ya’ni avval undagi Edit1 yozuvini olib tashlaymiz. Buning uchun Edit1 obyekti xususiyatlari ichidan Text xususiyati qiymati (Edit1)ni o’chirib tashlaymiz. Edit1 obyekti o’lchami biz istagan holatda qolishini ta’minlash uchun AutoSize xususiyati qiymatini False ga almashtiramiz. (Yozuv yo’nalishini ham o’ng tomondan to’ldirib kelish uchun).
Shu amallarni bajargach Kalkulyator dasturi interfeysi tayyor bo’ldi deb hisoblash mumkin, lekin uni yana ham ko’rkamroq qilish uchun (zamonaviy uslub berish uchun) Delphi 7 ni yana bir imkoniyati XPManifest dan foydalanamiz. XPManifest obyekti Delphi obyektlari to’plamining Win32 bo’limida joylashtirilgan. Uni sichqoncha bilan tanlab loyiha oynasining istalgan joyiga o’rnatamiz. Bunday deyilishiga sabab ilova dastur ishga tushirilganda XPManifest ko’rinmas holatga o’tadi. (Eslatma zamonaviy uslub faqat ilova dastur ishlaganda ko’rinadi!)
4-rasm
Dastur asosini yaratish.
Dastur interfeysi bilan bog’liq kerakli amallar deyarli bajarib bo’lindi. Endi undagi tugmachalar o’z vazifasini bajarishi uchun, ya’ni kalkukyator ishlashi uchun tugmachalarni click hodisasi uchun kod matnlarini yozamiz.
Dastlab 1, 2, 3,.., 9 tugmachalr uchun quyidagilarni kiritamiz:
procedure TForm1.Button4Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'1'
end;
procedure TForm1.Button5Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'2'
end;
procedure TForm1.Button6Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'3'
end;
procedure TForm1.Button9Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'4'
end;
procedure TForm1.Button10Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'5'
end;
procedure TForm1.Button11Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'6'
end;
procedure TForm1.Button14Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'7'
end;
procedure TForm1.Button15Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'8'
end;
procedure TForm1.Button16Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'9'
end;
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
begin
edit1.Text :=edit1.Text+'0'
end;
Yuqoridagilarni yozib bo’lgach, arifmetik amallar bajarish uchun mo’ljallangan tugmalar uchun kod matnlarini kiritamiz. Bu yerda e’tiborga loyiq bir muammo bor. Arifmetik amal tugmalari bosilganida kalkulyatorning sonlarni kiritish uchun mo’ljallangan maydoni keyingi qiymatni kiritish uchun tozalanishi kerak. Demak avvali kiriritlgan qiymat qayerdadir saqlanib turishi kerak. Buning uchun dastur boshida Turbo Paskal dagi kabi ‘vXotira’ va ‘bAmal' nomli o’zgaruvchi e’lon qilib olamiz. Arifmetik amal tugmalaridan biri bosilganda sonlar kiritish maydoni (Edit1)dagi qiymat StrToInt funksiyasi yordamida satrli ko’rinishdan sonli qiymatga aylantirilib vXotira o’zlashtiriladi. Chunki Edit1 obyekti faqat satrli ma’lumotlarni qaytaradi. Qanday amal bajarilganligini aniqlashtirish uchun esa bAmalo’zgaruvchisigadasturda belgilangan amal tartibi o’zlashtiriladi.
Qo’shish amali uchun:
procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject);
begin
vXotira:=strToInt(edit1.Text);
bAmal:=1;
edit1.Text:='';
end;
Ayrish amali ucun:
procedure TForm1.Button7Click(Sender: TObject);
begin
vXotira:=strToInt(edit1.Text);
bAmal:=2;
edit1.Text:='';
end;
Ko'paytirish amali uchun:
procedure TForm1.Button12Click(Sender: TObject);
begin
vXotira:=strToInt(edit1.Text);
bAmal:=3;
edit1.Text:='';
end;
Bo’lish amali uchun:
procedure TForm1.Button17Click(Sender: TObject);
begin
vXotira:=strToInt(edit1.Text);
bAmal:=4;
edit1.Text:='';
end;
Amallarni bajarilishi:
Amallarni bajarishni boshqarish uchun tashkil etilgan dastur kodlari kiritilgach, keyingi qadam arifmetik amallarni bajarilishini tashkil etishdir.
Buning uchun ‘=’ tugamasi uchun quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
procedure TForm1.Button8Click(Sender: TObject);
begin
if bamal=1 then
edit1.Text :=IntToStr(vXotira + StrToInt(edit1.Text ));
if bamal=2 then
edit1.Text :=IntToStr(vXotira - StrToInt(edit1.Text ));
if bamal=3 then
edit1.Text :=IntToStr(vXotira * StrToInt(edit1.Text ));
if bamal=4 then
edit1.Text :=FloatToStr(vXotira / StrToFloat(edit1.Text ));
end;
Ushbu qo’llanmani o’rganib chiqqan bo’lsangiz, o’ylaymanki yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan rasmda ko’rsatilgan qolgan tugmachalar uchun ham kerkli buyruq va ko’rsatmalarni kiritib dasturni yakunlay olasiz!
WordPress-da blog yaratish va ishlashni o’rganishni mahalliy serverda boshlash maqsadga muvofiq keladi, chunki mahalliy serverda web-sayt yoki blogni hosting serveriga o’tkazishdan avval kerak bo’ladigan barcha amallarni sinab ko’rishingiz va sozlashingiz mumkin. Buning uchun kompyuteringizga XAMPP server dasturini o’rnatishni taklif qilaman, chunki u barcha kerakli funktsiyalarga ega va juda oson o’rnatiladigan kuchli server.
Aslida, XAMPP-ning barcha versiyalari deyarli bir xil - faqat uning tarkibiy qismlarining versiyalarida farq bo’lishi mumkin.
Dasturni yuklab olgan bo’lsangiz, o’rnatuvchini ishga tushiramiz. Agar sizda antivirus dasturi o’rnatilgan bo’lsa, u ishlab turgan bo’lsa, quyidagi ogohlantirishni ko’rasiz:
Ushbu xabar antivirus ishlayotganda server o’rnatilishi uzoq vaqt talab qilishi mumkinligini anglatadi. Agar kompyuteringiz yetarlicha kuchli bo’lsa, antivirusni o’chirmasdan “Ha” tugmasini bosing. Natijada keyingi oyna paydo bo’ladi:
Bu o’rnatish boshlanganligi to’g’risidagi xabar oynasi. Undan “Keyingi” tugmachasini bosib, quyidagi oynaga o’tasiz:
Bu o’rnatiladigan server qo’shimchalarini tanlash oynasi bo’lib, barchasi tanlangan holatda bo’ladi. Ammo barcha qo’shimchalarni mahalliy serverga o’rnatish zarur emas; o’zingizga kerakli qo’shimchalarni tanlab o’rnatganingiz ma’qul. Qo’shimchalarni rasmda ko’rsatilgandek tanlashingiz mumkin. Tanlab bo’lgach, “Keyingi” tugmasini bosing. Hosil bo’lgan oynadan o’rnatish uchun papkani tanlashingiz kerak:
Men “C:\xampp” papkasini tanladim, Siz dasturni xohshingizga ko’ra boshqa joyga ham o’rnatishingz mumkin. Tanlagan bo’lsangiz “Next” tugmasini bosing. Natijada quyidagi oyna ochiladi:
Asosan, bu faqat XAMPP plaginlari uchun reklama bo’lib, u bilan siz WordPress va Joomla kabi ko’plab CMS (Kontentni boshqarish tizimlari) ni avtomatik ravishda o’rnatishingiz mumkin. Albatta, bu qulay, ammo ulardan foydalanishni maslahat bermayman, chunkiCMS larni o’zingiz o’rnatishni o’rganishingiz kerak. Davom etish uchun "Next" tugmasini bosing.
Ushbu oynaning chiqishi sizga hamma narsa o’rnatishga tayyorligini bildiradi. "Next" tugmasini bosib o’rnatish jarayonini davom ettiring:
Ushbu oyna paydo bo’lganda o’rnatish jarayoni tugaydi:
“Finish” tugmasini bosing, shunda o’rnatilgan dastur ishga tushadi va server boshqaruv paneli ochiladi.
Ushbu panelni birinchi marta ko’rganingizda, undan foydalanish qiyindek tuyilishi mumkin, chunki u juda ko’p tugmachaga ega. Ammo qo’rqmang, bu yerda hamma narsa oddiy. Unda faqat ikkita “Start” tugmachalarini bosish kifoya, tugmachalar Apache serverini va MySQL ma’lumotlar bazasini ishga tushiradi. Agar hech qanday xatolik bo’lmasa, unda boshqaruv paneli quyidagicha ko’rinadi.
Mana mahalliy server ham ishga tushdi, endi uni tekshirish kerak. Buning uchun brauzeringi adreslar satriga http://localhost havolasini kiriting va klaviaturadan ‘Enter’ tugmasini bosing.
Shu bilan XAMPP serverini o’rnatish jarayoni yakunlaydi. Endi unga WordPress o’rnatishni boshlaymiz. Birinchidan, biz MySQL ma’lumotlar bazasini yaratishimiz kerak, buning uchun serverni boshqarish panelini oching va "MySQL" oldidagi “Admin” tugmasini bosing.
Brauzeringizda phpMyAdmin sahifasi ochiladi:
phpMyAdmin sahifasida “Создать БД” havolasi orqali yangi ma’lumotlar ombori yaratish sahifasiga o’ting va “wordpress” (boshqa nom tanlashingiz ham mumkin) deb nomlangan yangi ma’lumotlar omborini yarating (utf8_general_ci kodlash usulini tanlang).
“Создать”tugmachasini bosgandan so’ng, ushbu xabar paydo bo’ladi:
Ma’lumotlar ombori yaratildi, endi WordPress ni o’rnatishga o’tamiz. Buning uchun bizga Wordpressni so’nggi versiyasi kerak bo’ladi. Uni http://ru.wordpress.org/ rasmiy veb-saytiga yuklab olish mumkin.
“C:\xampp\htdocs” papkasiga o’ting va u erda mahalliy blogingizni ochadigan, masalan “blog” nomi bilan papka yarating. Yuklab olingan wordpress fayllarini arxivdan chiqarib, ochgan papkangizga ko’chiring.
Ya’ni platforma fayllari “C:\xamppp\htdocs\blog” ichida bo’lishi kerak. E’tibor bering papkada “wordpress” papkasi bilan emas, balki uning ichidagi fayllari bo’lishi kerak.
O’rnatishni davom ettirish uchun brauzerning adreslar satriga http://localhost/blog havolasini kiritib klaviaturadan “Enter” tugmasini bosamiz. Natijada WordPress platformasi o’rnatish sahifasi ochiladi.
Windows 7 operatsion tizimida Delphi 7 dasturlash muhitini o’rnatish
Delphi 7 dasturlash muhitini Windows 7 operatsion tizimi uchun mo’ljallanmagan, shuning uchun Delphi 7 ni o’rnatuvchi dasturi ishga tushurilganda quyidagi xabar oynasi qalqib chiqadi. Uni aylanib o’tish uchun xabar oynasidan “Запуск программы” tugmasini bosing.
1-rasm
Natijada quyidagi o’rnatish dasturi ishga tushadi. O’rnatish oynasidagi bo’limlar ichidan birinchi bo’lim ‘Delphi 7’ ni sichqoncha yordamida tanlang. Shu orqali Delphi 7 dasturlash muhiti o’rnatuvchisi ishga tushadi. Qo’lgan bo’limlar Delphi dasturlash muhiti imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo’shimchalar bo’lib, ularni keyinroq o’rnatib olish mumkin.
2-rasm
Delphi 7 ni ishga tushirish
Delphi 7 dasturlash muhiti o’rnatilgach, undan foydalanish uchun quyidagi ketma ketlikda amallar bajarib ishga tushuriladi.
Пуск ►Все программы ►Borland Delphi ►7 Delphi 7
Yuqorida aytilganidek, Delphi 7 dan Windows 7 operatsion tizimida ko’p foydalanuvchili muhitda (oddiy foydalanuvchi huquqi bilan) foydalanilganda, dastur ishga tushurilsa, quyidagicha xato oynasi qalqib chiqadi. Undan Ok tugmasini bosib chiqib ketsak, dastur ishga tushadi, lekin undan foydalanilganda to’liq o’z vazifasini bajarmaydi. Bu xatolik operatsion tizimga administrator huquqi bilan kirilganda kuzatilmaydi.
3-rasm
Xatoni bartaraf etish
Ushbu xatoni bartaraf etish uchun sistemaga administrator huquqi bilan kirib quyidagi amallarni ketma-ket bajarish kerak.
C diskdagi Program Files katalogidan Borland, Delphi7, Bin katalogini topamiz. Shu katalog ustida sichqoncha strelkasini to’g’rilab, uning o’ng tugmasini bosamiz. Ochilgan context menyudan 'свойства' bo’limini tanlaymiz. Ochilgan oynadan 'Безопастност' bo’limiga kiramiz. U yerdan esa quyidagi strelka bilan belgilab ko’rsatilgan joyni tanlaymiz va 'Изменить' tugmachani bosamiz.
4-5- rasm
Ochilgan keyingi oynalardan ham ko’rsatilgan joylarni belgilab, Применит so’ng Ok tugmalarini bosib chiqib ketamiz. Shu orqali xatolikni bartaraf qilamiz.