Windows Presentation Foundation (WPF) - WinForms tizimining analogi, Windows uchun vizual dasturlar tuzish tizimi. WPF tizimi XAML tilidan foydalanuvchi platforma bo’lib, u .NET Frameworkning(3.0 versiyasidan boshlab) qism platformasi hisoblanadi.

WPFni ishlab chiqishdan asosiy g’oya, qiyinchiliklarsiz animatsiyalarga, yorqin ranglarga boy foydalanuvchi interfeysini (bundan keyin “UI” deb yozaman) ishlab chiqishdir.

WPFni  WinFormsning evolyutsiyasi desak ham bo’ladi. WPF – video kartadan foydalanuvchi vektorli rendering vositasidir, bu UI ni tezroq va moslashuvchan bo’lishiga yordam beradi.

Nima uchun WPF?

WPF platformasidan foydalanishimizning ko’p sabablari mavjud, ulardan ba’zilari:

·        Agar har xil turdagi medialar bilan ishlashingizga to’g’ri kelsa bu platforma yaxshi tanlov

·        U WinAPI o’rniga DirectXga asoslanadi. Bu sizga ajoyib grafika va tezlikni taqdim etadi

·        U .NETning qism platformasi bo’lganligi sabab shuki, u sizga .NET sinflarining boy kutubxonalaridan foydalanishingizga imkon yaratadi

·        WPFda ishlab chiqarilgan dastur mobil telefonlarda ham katta monitorlarda ham ishlata olasiz, chunki u razresheniyaga bog’liq emas

WPFdagi asosiy infro tuzilmalar va turlar

WPFda sinflar 4 xil turga bo’linadi:

·        UIElement

·        FrameworkElement

·        ContentElement

·        FrameworkContentElement

Bu sinflar UI modelini tuzish uchun asos hisoblanadi.

WPFda UI daraxt simon ierarxiya ega elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Bu daraxt elementlar daraxti deyiladi.

XAML

“XAML” nomlanuvchi  bu belgilash tili, UI ni ta’riflashning bir uslubi hisoblanadi.

“XAML” - “ eXtensible Application Markup Language”ning qisqartmasidir.

Oddiy bir tugmaining XAMLda ifodalanishi:

<Button

FontSize="16"

HorizontalAlignment="Center"

VerticalAlignment="Center"

>

Salom WPF!</Button>

XAML tilini ishlatishning ustun tomonlari:

·        XAML - foydalanuvchi interfeysini taqdim etishning eng sodda usuli.

·        XAML instrumentlar bilan yaxshi ishlay oladi. 

Boshqaruv

WPF Framework ko’plab foydali boshqaruv elementlariga ega, jumladan:

·        Ro’yxatlarni boshqarish elementlari: ListView, ListBox, TreeView

·        Foydalanuvhi ma’lumotlari uchun: Label, ProgressBar, ToolTip

·        Umumiy Dialog oynalar: OpenFileDialog , PrintDialog

·        Konteynerlar: ScrollBar, GroupBox

·        Maketlar: Grid, DockPanel, StackPanel

·        Navigatsiya: Frame, Hyperlink

Boshqaruv elementlarining tashqi ko’rinishini dasturlashsiz shablon va uslublar yordamida o’zgartira olasiz. Va yana bazaviy sinflarga asoslanib, o’z elementingizni yasashingiz mumkin.

WPF o’rnatish

Ushbu havola yordamida Visual Studio muhitini yuklang

https://visualstudio.microsoft.com/ru/downloads/

Ilk WPF dasturingizni tuzing

Bu bo’limda biz qadamma-qadam o’z WPF dasturimizni tuzamiz.

1-qadam) Visual Studioni oching  va File->new->project bo’limiga o’ting

2-qadam)

1.       Yangi ochilgan oynadan WPF dasturini tanlang

2.      Dasturingizga nom bering

3. OK tugmasini bosing

3-qadam)

Visual Studio ikkita fayl yasaydi

XAML fayl (MainWindow.xaml)

CS- fayl (MainWindow.cs)

MainWindow.xaml, dizayn oynasi va XAML teglari oynasini o’z ichiga oladi

MainWindow.cs da mos ravishda C# kodlar bo’ladi

4-qadam)

Elementlar panelidan TextBox elementini dizayn oynasiga surib oboring

Dizayn oynasida TextBox paydo bo’ladi

XAML teglari orasida TextBox uchun kod paydo bo’ladi

5-qadam)

Start (rus tilida пуск)  tugmasini bosing

6-qadam)

Sizda quyidagicha oyna ochiladi

Tabriklayman ilk WPF dasturingiz tayyor!

 

Maxsus telegram guruh: wpf_uz