Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!

 

 

ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.

 

Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.

 

🗒 Buning uchun:

 

1️⃣ Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.

 

2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.

 

3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.

 

4️⃣ "Для программы" ni tanlang.

 

5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.

 

6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.

 

7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.

 

8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.

 

9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. 

😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!