AQSh universitetlaridan birida o'tkazilgan tadqiqot ko'rsatishicha, qayerdandir USB fleshka topib olgan odamlarning deyarli 70 foiz uni o’z kompyuteriga ular ekan. Nima sababdan? Kimdir fleshkada nima saqlanganligini bilishga qiziqadi. Yana kimdir fleshkani yo'qotgan odamga qaytarish maqsadida undan egasi haqida qandaydir ma'lumot topishga harakat qiladi.

 

Lekin hech qachon bunday qilmaslik kerak. Firibgarlar ko'pincha zararlangan fleshkalarni tuzoq sifatida ishlatishadi. Bunday fleshkani kompyuteringizga ulab, siz firibgarga qurilmangizga va undagi barcha ma'lumotlarga kirish huquqini berasiz. Bundan tashqari, siz xakerga login va parollaringizni o'g'irlash va kompyuteringizga josuslik dasturlari yoki boshqa zararli dasturlar o'rnatish imkoniyatini ham berasiz.

 

Demak, agar siz qayerdadir USB fleshka yotganini ko'rsangiz, uni olib ishlatmang. Yanayam yaxshisi, uni olib eng yaqin chiqindi qutisiga tashlang. 🚮