Kirish.

Men kompyuterlarga dastur yaratishga qiziqaman va ko'p yillardan buyon dasturlashni o'rganib kelaman. Yaratgan dasturlarimdan biri TeachWeb IDE dasturi bo'lib, web dasturlashni o'rganishga va o'rgatishga, hamda web sayt yaratishga mo'ljallangan. Web dasturchilar uchun ko'plab IDE dasturlari yaratilgan bo'lsada, ulardan farqli TeachWeb IDE dasturi bir qancha imkoniyatlarga ega. Oliy o'quv yurtlari, maktab, litsey va maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda ham web dasturlash mavzulari o'tiladi. TeachWeb IDE dasturi ta'lim sohasida foydalanishga mo'ljallangan. Ushbu maqolada yaratgan dasturimning imkoniyatlari haqida ma'lumot berib o'taman.

TeachWeb IDE interfeysi.
TeachWeb IDE interfeysi.

Dastur ikki xil variantda yaratilgan:oddiy va xrom versiyalari.

Dasturning oddiy versiyasi kichik hajmli bitta fayldan iborat bo'lib, Windows brauzeridan foydalanadi, tez ishlaydi, foydalanishga qulay. Oddiy versiyaning ya'na bir qulay tomoni web sahifani vizual tahrirlash mumkin.

Xrom versiyasi Chromium ochiq kodli brauzeridan foydalanib natijani ko'rsatadi va sahifa kodlari Google Chrome brauzerida qanday ko'rinsa, shunday ko'rsatib bera oladi. TeachWeb IDE dasturini o'rnatish shart emas, yuklab olib kompyuterda foydalanish mumkin.

Web sahifa yaratish jarayonida uni matn muharirida yozib, keyin saqlab, natijani ko'rish uchun brauzerda ochamiz. Kodlardan biror qismini natijasini ko'rmoqchi bo'lsak, qolgan qismlarini o'chirib, saqlashimiz kerak bo'ladi. TeachWeb dasturi juda ko'plab imkoniyatlarga ega. Unda yozilgan sahifa kodlari natijasini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatadi, saqlab brauzerda ochish shart emas. Agar sahifa kodlarining biror qismini sichqoncha yoki klaviatura yordamida belgilasangiz, faqat belgilangan qismni natijasini ko'rsatadi. Bu esa web dasturlashni o'rgatishda qulayliklar tug'diradi. 

Kodni belgilash natijasi.
Kodni belgilash natijasi.

Avtomatik ko'rsatishni o'chirib qo'yish mumkin. Bunda "Yangilash" tugmasi orqali natijani ko'ramiz.

<title> teglari orasidagi matn dastur sarlavhasida ko'rinib turadi.

Dastur interfeysi.

Dasturdan uchta: o'zbek, rus, ingliz tilida foydalanish mumkin. Dasturning 22 xil ko'rinishdagi stili bo'lib, xona yorug'ligiga qarab yoki didingizga mosini tanlab foydalanishingiz mumkin. Dastur ko'rinishini o'zgartirish uchun menyular qatoridagi style ro'yxatidan tanlash kerak, kod muhariri ko'rinishini o'zgartirish uchun "Tahrir" menyusidagi "Ko'rinish" tugmasi bosib ro'yxatdan tanlash kerak.

Dastur ko'rinishlari.
Dastur ko'rinishlari.

TeachWeb dasturi juda sodda va qulay interfeysga ega bo'lib, unda ishlashni tez o'rganib olish mumkin. Uskunalar panelidagi tugmalarga mos ikonkalar joylashtirilgan bo'lib, eslab qolish va dasturda ishlashni osonlashtiradi. Uskunalar panelini alohida ajratib olish mumkin.

Uskunalar paneli.
Uskunalar paneli.

Sahifani vizual tahrirlash.

Dasturning oddiy versiyasida web sahifani visual tahrirlash imkoniyati mavjud. Xrom versiyasida visual tahrirlab bo'lmaydi. Visual tahrirlash uchun "Asosiy" uskunalar panelidan "Brauzerda vizual tahrirlash"ni yoqib qo'yish kerak. Vizual tahrirlashda kodlar tahrirlagichidan foydalanmasdan , sahifa ko'rinib turgan oynada sichqoncha yordamida obyektlarni joyini, hajmini o'zgartirishimiz, o'chirishimiz, matnlarini tahrirlashimiz mumkin bo'ladi. Vizual tahrir yoniq bo'lsa kodlar oynasidan foydalanib bo'lmaydi. Shuning uchun vizual tahrirlarni bajarib bo'lgach o'chirib qo'yish kerak.

Vizual tahrirlash.
Vizual tahrirlash.

Demo loyihalar.

Dasturning o'ng qismida Demo Project oynasi bo'lib, 19ta tayyor html sahifalardan namunalar berilgan. Demo sahifalar htmlni o'rganish ketma-ketligida joylashtirilgan va ularni ustida ikki marta bossangiz, tahrirlash va ko'rish oynalarida ochiladi. Dars o'tish yoki htmlni o'rganish jarayonida ulardan foydalansangiz bo'ladi.

Demo loyihalar.
Demo loyihalar.

Kerak bo'ladigan qo'llanmalar.

TeachWeb dasturining HTML menyusida web sayt yaratishda kerak bo'ladigan qo'llanmalar joylashtirilgan:

Foydali manbalar.
Foydali manbalar.

Bu tugmalar bosilganda ma'lumotlar joylashtirilgan oyna hosil bo'ladi.

1.Rang tanlash-rang tanlash oynasi hosil bo'ladi va web sahifada foydalanish uchun ixtiyoriy rangni kodini olishimiz mumkin.

Rang tanlash.
Rang tanlash.

2.Rang nomi-ranglarning nomi, RGB kodi, Hex kodlari tartibli joylashtirilgan oyna hosil bo'ladi.

Rang nomlari jadvali.
Rang nomlari jadvali.

3.Belgilar- ko'plab turli belgilarni html sahifada yozish uchun kodlari, nomlari berilgan oyna.

4.Hodisalar-sahifada dasturlashdan foydalanish uchun hodisalar va ularning izohlari berilgan oyna.

5.HTML teglari-html teglari va ularning izohi berilgan.

6.Til kodlari-sahifa yaratishda foydalaniladigan turli davlatlarning til kodlari yozilgan.

Dastur ishga tushganda masalalar panelining o'ng tomonidagi Tray icons panelida dasturning ikonkasi hosil bo'ladi. Ikonka ustida o'ng tugmani bosib kontekst menyudan yuqoridagi oynalarni ochishimiz mumkin. Dastur boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega.

Yaratgan dasturlarimni joylashtirish va IT sohaga oid qiziqarli ma'lumotlarni yozib borish uchun AKTblog.uz saytini ishga tushurdim. Dasturlarim haqidagi ma'lumotlar ham shu saytga joylashtirib boraman.

Dastur haqida:

https://youtu.be/QWd0P6iz3GE

Xulosa.

So'ngi yillarda yurtimizda dasturchilarni qo'llab-quvvatlash va milliy dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga katta etibor qaratila boshlandi. TeachWeb dasturi ham milliy dasturlarimizdan biri bo'lib, web dasturchilarni o'qitishda samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu dasturning birinchi versiyasi bo'lib, keyingi versiyalarida imkoniyatlari ko'payib boradi. TeachWeb dasturidan mutlaqo bepul foydalanish mumkin.

Dasturni yuklab olish:https://aktblog.uz/teachweb/download/