Maktablar, texnikum va oliy ta'lim tizimida barcha o'quvchilar, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun elektron dars jadvalini dastur shaklida joriy qilish. Bunda dars jarayonlarini tuzishga mas'ul bo'lim (o'quv bo'limi) tomonidan dars jadvali bazasi ishlab chiqiladi va alohida yagona platforma tariqasida ishlab chiqilgan dasturga joylanadi. Keyinchalik esa dars jadvalidagi o'zgarishlar to'g'ridan to'g'ri dasturdagi tegishli bo'limga qo'shib yangilab boriladi. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni, talabalarni va professor-o'qituvchilarni dars jadvalidagi yangilanishlar va o'zgarishlardan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz xabardor bo'lishi va qolaversa qog'ozbozlikni kamaytirishga yordam beradi.