Bu maqolada pynput kutubxonasi orqali sichqonchamizni harakatlantiramiz va scroll va tugmalarini ham boshqaramiz

Buning uchun pynput kutubxonasini o'rnatib olishimiz zarur.
pip install pynput
Sizga bu kutubxonaning bir necha funksiyalarini tushuntirib o'taman:
from pynput.mouse import Button, Controller
Birinchi bo'lib bizga kerakli kutubxonani chaqirib oldik
mous = Controller()
mous
o'zgaruvchisini hosil qilib uni Controller funksiyasiga tenglab oldik
Agar mouse.position
deb yozsak bizga sichqonchaning ekranga nisbatan kordinatasini chiqarib beradi
mouse.position = (1500, 200)
yozsak sichqonchamiz shu kordinataga borib qoladi

mouse.move(20, -13)
bunda ham sichqonchamizning joylashgan joyi o'zgaradi farqi shundaki o'sha korditaga harakatlanadi

mouse.click(Button.right, 1)
Bu funksiyaning 1-elementiga Button va bundan so'ng right yoki left yoziladi(bu sichqonchaning o'ng va chap tugmachalaridir). 2-elementi, necha marotaba bosilishi kerakligi.

mouse.scroll(0, -150)
Bu funksiya sichqonchangizni markazida joylashgan g'ildirakchasini vazifasini bajaradi. 1-elementiga gorizontal, 2-elementiga vertikal harakatlanishni ifodalaydi.
Xulosa: Sichqonchani qanday boshqarishni bilib olsangiz o'zingiz kompyuter uchun bot yaratishingiz mumkin(sodda vazifalarni yoki takroriy vazifalarni bajaruvchi). Sizdan kordinata nimaligini bilish talab qilinadi bu esa matematikadir(dasturlashda matematika yo'q deganlar uchun maxsus). Agar, kelajakda kompyuter olsam birgalikda bot yaratmiz.
Aka bularni ishlash uchun kompyuter bolishi shartmi?
Ha albatta axir sichqoncha deb bekorga aytmayapti-ku!!!
ha albatta kerak chunki sichqonchani ishlatmoqdamizku. Agar androidga sichqoncha ulab ishlatsa bilmadim ishlar mikan?!
Men ham shuni aytamanda!!!
yo'g'e sichqonchani telefonga qanday ulaysiz
Ajoyib maqola harakatdda to'xtamang omad do'stim
wow zorku
omad sizga rahmat