Maqola yozishdagi qoidalar aniq qilib yozilgan. Shu bilan birgalikda saytda izoh yozish madaniyatiga ham e'tibor berishingizni so'rayman. Bir maqolaga izoh yozganda bitta izoh yozing, bitta gapning hattoki so'zlarini alohida-alohida izohlarda yozganlarni uchratdim, tabiiyki, bu juda noo'rin va sohta tarzda izohlarni ko'paytirishga urinish hisoblanadi. Shuningdek, saytda o'z shikoyatlaringizni maqola sifatida e'lon qilmang, bunday hollarda administrator bilan bog'laning. Shaxsan o'zim ham telegram akkauntimni ko'rsatib qo'yganman. Bu maqola hamma uchun birdek ogohlantirish bo'laqolsin. Bundan keyingi shu holatlar takrorlanganda, ya'ni qoidalar buzilganda maqolangiz izohlarida yoki o'zingiz ushbu saytdagi akkauntingizda ko'rsatgan telegram akkauntingizga ogohlantirish yuborilgan holatda ushbu saytdan foydalanish huquqidan mahrum etilasiz.  

Obro' yig'ish to'g'risidagi maqolani ham o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman, sohta obro' yig'aman deb ko'plab layk hamda izohlar orttirishingiz shart emas. Sifatli, foydali maqolalar yozib, barcha dasturchilarga foydangiz tegsa juda yaxshi bo'ladi. O'zim ham eng yaxshi maqolalarga shaxsiy fikrimdan kelib chiqib layk bosib turaman. Lekin buni sohta tarzda ko'paytirishga urinmanglar.

Takrorlab aytaman, har qanday yozgan maqolangiz talablarga javob bersin, aks holda uni saytga yuborib o'tirmang. Qoidalarga to'g'ri kelmagan maqolalar saytdan o'chirib yuboriladi.