Assalom alaykum qadrli kuzatuvchilar, mening ismim Aida Amirova va bugun sizlar bilan veb dasturlash sohasining chinakam yutug'i bo'lgan AJAX texnologiyasi aslida nima ekanligi, uning ishlash tartibi, u nega kerakligi haqida gaplashamiz hamda maqola so'ngida undan qanday foydalanishimiz mumkinligi bo'yicha bazi ko'rsatma va tavsiylar berishga harakat qilaman.

🔥 AJAX o'zi nima ?

AJAX - bu inglizchadan "Asynchronous JavaScript and XML" so'zlarining qisqartmasi bo'lib, veb dasturlashda sahifani yangilamasdan turub, asinxron ravishda serverga so'rovlarni yuborish va server qaytargan javobni fon rejimida qabul qilish imkonini beruvchi JavaScript, hamda XML bilan amallarni bajarish texnologiyasidir. Shunda AJAX "Asinxron JavaScript va XML" deb tarjima qilinadi.

💥 XML - bu yana bir razmetka tili hisoblanbadi faqat HTML sahifada ma'lumotlari ko'rsatish uchun bo'lsa, XML ma'lumotlarini saqlash va tashish uchun xizmat qiladi.

🔥 AJAX qanday ishlaydi

Agarda AJAX texnologiyasining ishlash tartibini tahlil qiladigan bo'lsak, u ikkita vazifani bajarish uchun yaratilgan. Bular:

♻️ Sahifani yangilamasdan turub serverga ma'lumotlar bilan birga dinamik so'rovlar yuborish va yangilanmagan sahifada serverlardan qaytgan javoblarni tahlil qilish.

DHTML - dinamik tarzda sahida o'zgarishlar qilish va yangi ma'lumotlarni chop etish.

Bunday asinxron so'rovlar uchun XMLHttpRequest obyekti yordamida XML ma'lumotlarni serverga yuborishimiz mumkin. Ammo so'ngi vaqtlarda ma'lumotlarni XML formatda emas JSON formatda yuborish uslubi ancha keng tarqalgan.

JSON - ingliz tilida "JavaScript Object Notation" so'zlaridan olingan qisqartma bo'lib JavaScript yordamida matn formatdagi ma'lumotlar bilan ishlash tehnologiyasidir.

🔥 AJAX nima uchun kerak

Ushbu texnologiyaga zaruriyatning kelib chiqishi, sahifalarni foydalanuvchilar harakatlaridan kelib chiqib o'zgartirish va ma'lumotlarni olish, yozish yoki o'chirish uchun sahifani yangilamasdan serverga so'rovlarni yuborish ehtiyojiga bog'liq.

Masalan deylik siz internet do'koni yaratyapsiz va sizning maqsadingiz foydalanuvchi mahsulotni savdo qutisiga joylashtirish tugmasini bosganida sahifa yangilanmasdan ushbu mahsulotni narxini hisoblab aynan shu foydalanuvchi savdo qutisiga joylashtirib qo'yishni istasangiz, sizga AJAX tehnologiyasi yordamga keladi.

🔥 AJAXdan foydalanish

Ushbu qoyilmaqom texnologiyani o'z loyihalaringizda qo'llashni istasangiz bemalol XMLHttpRequest obyekt klasi bilan ishlashingiz mumkin. Ammo ishni osonlashtirish va ko'zlangan natijaga qisqaroq kod yozish bilan erishishni istasangiz, dasturlash jarayonini yengillashtirish uchun yaratilgan alohida kodlar kutubhonalaridan foydalanishni tavsiya qilaman. Hozirgi kunda JavaScript dasturlash tilida AJAX tehnologiyasi bilan ishlashingiz uchun ozgina urfdan qolgan JQuery, JavaScript dasturlash tarkibida avvaldan o'rnatilgan fetch va nihoyat hozirda keng foydalanilayotgan Axios.js kutubhonasidan foydalanshingiz mumkin.

Maqola so'ngida sizga bir muhum xabarni aytishni istadim, veb dasturlash mavjud ekan AJAX uning ajralmas qismidir, kiyingi darslarda Axios.js kutubhonasi yordamida sizlarga qiziqarli amaliy o'quv qo'llanmalari ko'rsatishga harakat qilaman, etiboringiz uchun rahmat.