Kirish.

Pythonning tkinter moduli yordamida qiziqarli dasturlar yaratish mumkin. Bu maqolamda tkinter yordamida kalkulyator yaratishni o'rganamiz. Boshqa ko'plab dasturlash tillari kabi pythonda ham interfeysli kalkullyator dasturini yaratish mumkin.

Birinchi dastur oynasini yaratib olamiz:

oyna=Tk()
oyna.title("Kalkulyator")
oyna.geometry("280x350")
oyna.configure(bg="dodger blue")

bu yerda oyna- dasturimiz oynasi. title-dastur sarlavhasi. geometry-dastur oynasi o'lchamlari. configure(bg="dodger blue")-dastur fon rangini belgilash.

Barcha vidjetlar uchun bir xil matn o'lchamini berib olish kerak. Buning uchun myfont=Font(size=15)-o'zgaruvchisini yaratib olamiz. Kalkulyatorimizning eng asosiy vidjetlaridan biri bu ma'lumotlarni kirituvchi va natijani ko'rsatuvchi ekran Entry vidjetidir. Uni quyidagicha yaratamiz: n=Entry(oyna, width=21, font=myfont) bu yerda oyna-vidjetimiz o'zagi ya'ni ajdodi, width-uzunligi, font-matn shrifti va  ma'lumot olish va joylashtirish uchun o'zgaruvchiga o'zlashtiramiz. Har bir tugma bosilganda amal bajarishi uchun funksiya yaratib, commond  buyrug'i orqali biriktiramiz.

Dastur interfeysi.
Dastur interfeysi.

Bular qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish vazifasini bajaruvchi funksiyalar. 

def tp():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="+"
    return
def tm():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="-"
    return 
def tk():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="*"
    return 
def tb():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="/"
    return 

Kalkulyatorimizga tugmalarni joylashtirishimiz kerak. Button vidjetini joylashtirib chiqamiz. Button(oyna, text="1", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t1).place(x=20, y=80) bu yerda oyna-vidjet ajdodi, text-tugma ustidagi matn, width-tugma uzunligi, font-matn shrifti, bg-tugma rangi, command-tugma bosilganda bajariladigan funksiya, place-tugmaning joylashadigan kordinatalari. Kalkulyator ekranini tozalash uchun quyidagicha funksiya yozamiz:

def tc():
    return n.delete(0,END)

Eng asosiysi, natijani hisoblovchi funksiyamiz quyidagicha bo'ladi:

def nat():
    global s,k,l
    if s=="+":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k+l))
    if s=="-":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k-l))
    if s=="*":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k*l))
    if s=="/":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k/l))                   
    return 

Kalkulyatorimiz funksiyalari ishlashi quyidagicha bo'ladi. Raqamli tugmalar bosilganda Entry ga shu raqam qo'shib yoziladi. Arifmetik amal tugmalari bosilganda Entrydagi qiymat k o'zgaruvchiga o'zlashtriladi va arifmetik amal belgisi s o'zgaruvchiga tenglashtriladi. Barobar tugmasi bosilganda s o'zgaruvchining qiymati shart operatori tomonidan tekshiriladi va Entry bilan k o'zgaruvchisi o'rtasida shartga qarab amal bajariladi.

Dasturning to'liq kodi:

from tkinter import *
from tkinter.font import *
oyna=Tk()
oyna.title("Kalkulyator")
oyna.geometry("280x350")
oyna.configure(bg="dodger blue")
myfont=Font(size=15)
n=Entry(oyna, width=21, font=myfont)
n.grid(row=0, column=0)
n.place(x=20, y=20)
k=0
l=0
s=""
def t1():
    return n.insert(END,"1")
def t2():
    return n.insert(END,"2")
def t3():
    return n.insert(END,"3")
def t4():
    return n.insert(END,"4")
def t5():
    return n.insert(END,"5")
def t6():
    return n.insert(END,"6")
def t7():
    return n.insert(END,"7")
def t8():
    return n.insert(END,"8")
def t9():
    return n.insert(END,"9")
def t0():
    return n.insert(END,"0")
def tp():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="+"
    return
def tm():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="-"
    return 
def tk():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="*"
    return 
def tb():
    global s,k
    k=int(n.get())
    n.delete(0,END)
    s="/"
    return 
def tc():
    return n.delete(0,END)
def nat():
    global s,k,l
    if s=="+":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k+l))
    if s=="-":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k-l))
    if s=="*":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k*l))
    if s=="/":
        l=int(n.get())
        n.delete(0,END)
        n.insert(END,str(k/l))                   
    return 
Button(oyna, text="1", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t1).place(x=20, y=80)
Button(oyna, text="2", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t2).place(x=80, y=80)
Button(oyna, text="3", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t3).place(x=140, y=80)
Button(oyna, text="4", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t4).place(x=200, y=80)
Button(oyna, text="5", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t5).place(x=20, y=130)
Button(oyna, text="6", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t6).place(x=80, y=130)
Button(oyna, text="7", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t7).place(x=140, y=130)
Button(oyna, text="8", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t8).place(x=200, y=130)
Button(oyna, text="9", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t9).place(x=20, y=180)
Button(oyna, text="0", width=4, font=myfont, bg="spring green", command=t0).place(x=80, y=180)
Button(oyna, text="+", width=4, font=myfont, bg="orange", command=tp).place(x=140, y=180)
Button(oyna, text="-", width=4, font=myfont, bg="orange", command=tm).place(x=200, y=180)
Button(oyna, text="*", width=4, font=myfont, bg="orange", command=tk).place(x=20, y=230)
Button(oyna, text="/", width=4, font=myfont, bg="orange", command=tb).place(x=80, y=230)
Button(oyna, text="C", width=4, font=myfont, bg="coral", command=tc).place(x=140, y=230)
Button(oyna, text="=", width=4, font=myfont, bg="coral", command=nat).place(x=200, y=230)
oyna.mainloop()

Dasturni tekshirib ko'ramiz.

https://youtu.be/5_jMWH2kEZc

Xulosa.

Python dasturlash tilini o'rganayotganlar interfeysli dasturlar yaratishga qiziqishadi va ular qanday yaratish kerakligini so'rashadi. Hozirda maktab informatika darsligida ham python dasturlash tili o'tilmoqda. Darslarda interfeysli dasturlar yaratib ko'rsatish o'quvchilarning dasturlashga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi. Keyingi maqolalarimda ham pythonda GUI dasturlar yaratishni davom etirishga harakat qilaman.