Bu maqolada sizlar bilan python dasturlash tili orqali Excel fayllarni yaratamiz. Buning uchun bizga pythonning
openpyxl
kutubxonasi kerak bo'ladi.

openpyxl kutubxonani o'natish uchun:
>>> pip install openpyxl
Kodlarni ishlatish uchun biror bir python fayl hosil qilib oling.
Birinchi bo'lib Excel fayl(*.xlsx) hosil qilishni o'rganib olamiz.
from openpyxl import Workbook
Kutubxonani chaqirib olamiz.
wb = Workbook()
wb o'zgaruvchisiga Workbook funksiyani tenglaymiz. Workbook orqali biz Excel fayllar hosil qila olamiz.
wb.save(filename='salom.xlsx')
Hechqanday boshqa kodlarsiz save funksiyasi orqali saqlaymiz. filename o'zgaruvchisiga fayl nomi qanday nomda saqlanishini tenglaymiz.
from openpyxl import Workbook
wb = Workbook()
wb.save(filename='salom.xlsx')
Bu kodni ishga tushirganimizdan so'ng salom.xlsx somli Excel fayl hosil bo'ladi. Bu fayldan hechnarsa yozilmagan bo'ladi. Xuddi "New file" qilgandek.
Varoq nomlarini o'zgartirish uchun:

save funksiyasidan oldin:
ws = wb.active
ws.title = "range names"
ws
o'zgaruvchini Workbook().active
ga tenglaymiz va ws.title
ni varoq nomini nima deb nomlamoqchi bo'lsak shu bilan nomlaymiz.
kodni ishga tushiramiz:

Yacheykalarga qiymat kiritish:
ws['A1'] = 15
sace funksiyasida oldin. ws ya'ni ws nomli birinchi varoqdagi A1
katakchaning qiymatini ko'rsatyapmiz. Agar kodni ishga tushirsangiz:

ws
(varoq) xuddi dict
ga o'xshaydi. Kalit so'z orqali ('A1'
) qiymatini o'zgartiraverasiz ammo listga o'xshatib append
funksiyasidan foydalanib qiymat kiritishingiz ham mumkin:
ws.append([51,15,5,65,65,56,65,56,56,56,65])
Bu orqali siz 2-qatorga yuqoridagi sonlarni birinma ketin yacheykalarga joylayapsiz. Nega ikkinchi qator?! Chunki siz birinchi qatorga A1
yacheykaga matn kiritib qo'ydingiz. append
funksiyasidan foydalanganimizda ws
ga yangi list
qo'shdi.
ws
ni sodda tarzda tasavvur qilamiz:
ws = [[15],[[51,15,5,65,65,56,65,56,56,56,65]]
buni biroz boshqacharoq yozamiz:
ws = [[15],
[[51,15,5,65,65,56,65,56,56,56,65]]
Excelda ham xuddi shunday holat:

Qanday tasavvur qilishni bilib oldingiz degan umiddaman.
Siz pythonning boshqa kutubxonalaridan foydalanishingiz ham mumkin. Masalan:
import datetime
from openpyxl import Workbook
time=datetime.datetime.now()
wb = Workbook()
ws = wb.active
ws.append([time])
wb.save(filename='salom.xlsx')
time
nomi o'zgaruvchiga hozirgi vaqtni tengladik va ws varoqga qo'shib 'salom.xlsx
' fayl qilib saqlab qo'ydik:

Xulosa: Siz boshqa kutubxonalar bilan ishlab ko'ring, Exceldagi barcha imkoniyatlar shu kutubxonada mavjud. Sizlar bilan Bunyodbek Abdurazzoqov bo'ldi. Rahmat hammaga.
Xulosada ismingizni xato yozibsiz.
yaxshi maqola
Raxmat
Zo'r
Vedio darslar yòqki
bor faqat ingiliz tilida. Savol nega isminigz g'alati