Assalomu aleykum!

Birinchi maqolamda qanday qilib python dasturlash tilida telegram bot yaratishni yozgan edim. Ushbu maqolamda esa yaratgan telegram botimizni heroku saytiga yuklashni yozaman.

Avvaliga heroku saytidan ro'yxatdan o'tishingiz kerak.Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi manzilga kirish kerak: ro'yxatdan o'tish.

Keyingi qiladigan ishimiz hisobimizga kirish buning uchun https://id.heroku.com/login manailiga o'tish va ro'yxatdan o'tgan email bilan parolni kiritib Log In tugmasini bosish.

new tugmasi bosiladi va create new app tugmasiga bosiladi
new tugmasi bosiladi va create new app tugmasiga bosiladi
bu yerga o'zimizning loyihamizning nomini yozamiz va u nom qaytarilmas bo'lishi kerak
bu yerga o'zimizning loyihamizning nomini yozamiz va u nom qaytarilmas bo'lishi kerak
keyin bizga quyidagicha oyna ochiladi va ko'rsatilgan ketma ketlikda telegram botimizni serverga yuklaymiz yoki github respositoryda yuklash degan takliflarni beradi
keyin bizga quyidagicha oyna ochiladi va ko'rsatilgan ketma ketlikda telegram botimizni serverga yuklaymiz yoki github respositoryda yuklash degan takliflarni beradi

endi biz ko'rsatilgan ketma ketlikda telegram-botni serverga yuklaymiz, undan oldin biz git va heroku dasturlarini kompyuterimizga yuklaymiz.

Kerakli dasturlarni o'rnatganimizdan so'ng git bash dasturini ochib quyidagi buyruqlarni yozamiz:

pip freeze>requirements.txt

nano Procfile

worker: python <python fayl nomi>.py

heroku login

git init

heroku git:remote -a <app nomi>

git add .

git commit -am "make it better"

git checkout -b main

git branch -D master

git push heroku master

agar sizda oxirgi buyruqda xato bo'lsa quyidagi buyruqni yozing:

git push heroku main

Endi telegram botingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Agar botingiz ishlamayotgan bo'lsa quyidagi ishni bajaring:

heroku loyihangizga kiring, Resources bo'limiga o'ting, 

qalam belgisiga bosing
qalam belgisiga bosing
yoqib o'chiradigan tugmani yoqing va confirmni bosing
yoqib o'chiradigan tugmani yoqing va confirmni bosing

Ana endi telegram botingiz serverga yuklandi🥳🥳🥳