Assalomu aleykum! Ushbu maqolada mening birinchi maqolam va ushbu maqolada python dasturlash tilida qanday qilib telegram bot yaratishni yozdim.

Birinchi navbatda terminal ni ochib kerakli kutubxonani o'rnatish kerak. Buning uchun win+R tugmalarini bosish va ochilgan terminalga ushbu buyruqni yozish kerak:                                      pip install pyTelegramBotApi                                              

keyin esa python fayl yaratib olamiz.

Endi esa kod yozishni boshlaymi. Avval pyTelegramBotApi kutubxonasini python faylga import qilamiz buning uchun python faylga quyidagi kodni yozamiz:

import telebot

keyin token deb nomlangan o'zgaruvchi yaratamiz: token = "BOT TOKENI"

Endi bot deb nomlangan o'zgaruvchi yaratib olamiz:

bot=telebot.TeleBot(token)

ana endi /start buyrug'i yuborilganda javob yozish uchun kod yozamiz:

@bot.message_handler(commands=['start'])
def start(message):
	user=message.chat.first_name #foydalanuvchi ismi
	text=f"Assalomu aleykum {user}!"
	bot.reply_to(message,text)

kod oxirida bot ishlashi uchun ushbu kodni yozish kerak:

bot.polling(none_stop=True)

Bu esa mening to'liq kodim:

import telebot
token = "BOT TOKENI"
bot=telebot.TeleBot(token)
@bot.message_handler(commands=['start'])
def start(message):
	user=message.chat.first_name #foydalanuvchi ismi
	text=f"Assalomu aleykum {user}!"
	bot.reply_to(message,text)
bot.polling(none_stop=True)

Ushbu kutubxonani o'rganishingiz uchun link:

Github.