O'tgan maqolamda sizga bu ko'p qismli bo'lishi kutilayotgan qo'llanmamning kirish qismini taqdim etgan edim. Bu maqolani o'qishni boshlashdan oldin, unisi bilan tanishib chiqishni maslahat bergan bo'lar edim.

Pyhton haqida gaplashishdan oldin, unda yozilgan dasturlarni qanday ishga tushirishni va umuman qanday qilib .py fayllar bilan ishlashni ko'rib chiqaylik. Men hozirdagi eng qulay IDE(matn muharriri) lardan biri bo'lgan PyCharm dasturini tanlashga qaror qildim.

Quyidagi bir-nechta qadamlar orqali buni amalga oshiramiz:

  • Python interpretatorini yuklab olamiz.
  • Uni kompyutermizga sozlaymiz.
  • PyCharm va Python interpretatorini ulaymiz.
  • PyCharmda birinchi dasturimizni ishga tushiramiz.

Endilikda, yuqoridagi qadamlarni birma - bir ko'rib chiqamiz.

1. Python interpretatorini yuklab olamiz.

Buning uchun  quyidagi havola orqali uni yuklab olishni boshlaymiz.

Havola orqali ushbu saxifaga o'tamiz.
Havola orqali ushbu saxifaga o'tamiz.

Bu saxifa orqali, biz o'zimizning operatsion sistemamizni tanlaymiz. (Masalan : Windows yoki Linux)

Juda ko'pchiligimizda Windows bo'lgani uchun, Windows misolida ko'rib chiqamiz.

E'tiborli bo'ling: Python x32 bitli operatsion sistemada ishlamaydi.

Operatsion sistemangiz haqida 'Мой компютер' yoki 'Этот компютер' ga kirib, sichqonchangizning o'ng tomonini bosib, 'Свойства' orqali bilib olishingiz mumkin.

2. Pythonni kompyutermizga sozlaymiz.

Hozirgina yuklab oldan .exe faylimizni ochamiz, va quyidagi oyna guvohiga aylanamiz.

  1. Python ni kompyuterimiz umumiy yo'nalishiga(PATH) ga qo'shish talab etiladi. O'shandagina terminalimiz orqali python kalit so'zini ishlata olamiz va PyCharmga ulashda ham hech qanday muammo bo'lmaydi.
  2. Uni kompyuterimizning tegishli yo'nalishiga Install Now havolasi orqali saqlaymiz.

Quyidagi oyna chiqqandan so'ng, Close tugmasi orqali chiqib ketamiz.

 

Tabriklayman, siz Python interpretatorini o'z kompyuteringizga o'rnatdingiz!

3. PyCharm va Python interpretatorini ulaymiz.

PyCharmning Community versiyasini ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Yuklab olganingizdan so'ng, .exe faylni ochganingizda, quyidagi oynani ko'rasiz:

Bir necha qadamlardan so'ng esa, ushbu oynani ko'rasiz, qizildagi belgilarga e'tibor bering:

Sozlamlardan so'ng esa PyCharm ni kompyuteringizga o'rnatishni boshlang. (Install tugmasi orqali)

Xo'sh, unda  PyCharmda birinchi loyihamizni ochamiz va Pythonni ulaymiz. Buning uchun hozirgina o'rnatgan PyCharm dasturiga kirishingiz kerak bo'ladi.

Kirganingizdan so'ng mana bu oynani qarshi olasiz:

Yangi loyiha yaratishni tanlaymiz
Yangi loyiha yaratishni tanlaymiz

Keyingi qadamda, PyCharm uchun interpretator sifatida biroz avval o'rnatgan Python ni tanlaymiz:

 

  1. Loyihangiz nomini kiriting.
  2. Python interpretatorini tanlang.
  3. Loyihangizni yarting.

Mana endi sizda Python bilan ishlaydigan PyCharm loyihasi bor! Keyingi qadamda, birinchi dasturimizni ishga tushiramiz.

4. PyCharmda birinchi dasturimizni ishga tushiramiz.

Loyiha ochilgandan so'ng, birinchi .py faylizmini yaratamiz va unga nom beramiz:

Buning uchun, loyihamiz nomi ustiga sichqonchaning o'nh tomonini bosib, "new" ya'ni "yangi" tugamsini bosish bilan birga "Python File" ni tanlaymiz:

O'zimizga yoqqan nom berganimizdan so'ng (mening misolimda: test), uning ichiga barcha dasturchilarning birinchi dasturi bo'lmish "Hello world" ni yozamiz va uni ishga tushiramiz:

Dasturni ishga tushirish
Dasturni ishga tushirish

Ushbu dasturning natijasi quyidagicha bo'lishi kerak:

Dastur natijasi
Dastur natijasi

 

Tabriklayman! Siz Python bilan birinchi dasturingizni yozdingiz!

P.S. Agar sizda qandaydir muammo tug'ilgan bo'lsa, tepadagi qadamlarni boshqattan qarab chiqishni so'rayman. Shunda ham hech narsa o'zgarmasa men  bilan bog'laning.

Keyingi qismlarda Pythonning ma'lumotlar turlariga sayohatimizni boshlaymiz.

Meni kuzatib borayotganingiz uchun alohida tashakkur! Men bilan birga qoling!