Assalomu alaykum!

   OMUC sertifikatlari aslida nima uchun kerakligini men ushbu maqolada keltirib o'taman.

   Sertifikat faqat Final Exam (Yakuniy Imtihon) ga kirish uchun kerak, u o‘qishga ham ishga ham hech qanday imtiyoz bermaydi!

OMUC sertifikati nima?

   OMUC, ya'ni, One Million Uzbek Coders sertifikatlari sizga kurslardagi har bir bosqich oxirida bo'lib o'tadigan labaratoriya sinovidan o'tganingizdan keyin beriladi. Ular sizning ma'lum bir kursni tugatganligingizni bildiradi, boshqa hech narsa emas!

Unda sertifikatlar nega kerak?

   Sertifikat sizga motivatsiya berishi mumkin, lekin asosiy motivatsiya sizning kurslardan olgan bilimingiz, qilgan ishlaringiz, sertifikat sizning bilimingizni belgilay olmaydi, u bilan siz hech qayerga ishga kira olmaysiz yoki hech qayerda o'qiy olmaysiz!

Shularni o'qib ham sertifikat uchun kurashmoqchimisiz?

   Agar shunday bo'lsa unda siz kurslarda o'qimasangiz ham bo'ladi. Nega? deyayotgandirsiz? Siz agar sertifikat uchun o'qiyotgan bo'lsangiz bekorga qimmatli vaqtingizni ketkazayotgan bo'lasiz, chunki, siz sertifikat uchun o'qisangiz olgan bilimingiz tezda xotirangizdan chiqib ketadi, sertifikatni hech qayerga ishlata olmaganingizdan keyin - vaqtingizni bekorga o'tkazganingizni bilasiz. Masalan, kursni sertifikat uchun tugatdingiz, bilimingiz kam, o'qishga yoki ishga kirmoqchisiz, o'zingiz o'ylang, sizdan hech narsani aniqlamaydigan sertifikatni so'rashadimi yoki bilimingiznimi?

   Xo'sh aytaylik o‘sha sertifikatni oldingiz, sizga undan nima foyda? Profilingizga qo‘yib maqtanasizmi? Unda internetdan istalgan sertifikat namunasini olib, ism, familya va "Dunyodagi eng aqlli odam" nominatsiyasini yozib profilingizga qoying. Nima? Ahmoqlik deysizmi? Toʻgʻri aytasiz, ammo OMUC darslarini sertifikat uchun o‘qib, tayinli bilim olmay turib, sertifikat olishga urinish ham huddi shunday ahmoqlik!

   Agar sizdan o'qish uchun OMUC sertifikatini so'rashsa, aldanmang, undan ko'ra bilim uchun One Million Uzbek Coders, Udacity bepul kurslarida o'qing, ular sizga haqiqiy bilim berishadi va sizdan hech narsa talab qilinmaydi!

DASTURLASH BILIMINI OLING, O'Z KELAJAGINGIZNI QURING!