Pulga o'rgangan bironta ham yaxshi dasturchi tanishim yo'q (bu pulga o'rgangan hamma ham yaxshi dasturchi bo'la olmaydi degani emas). Shunchaki, mustaqil o'rganishni bilmaganlar yaxshi dasturchi bo'la olmaydi.

 

Sizlarga maslahatim, har doim, har bir narsani mustaqil o'rganishga harakat qilingizlar.  Agar siz o'rganayotgan narsangizga qiziqsangiz-u o'rgana olmayotgan bo'lsangiz, biling-ki bu sizning qobiliyatingiz yo'q degani emas. Shunchaki, sizda bajarilmay qolgan talablar mavjud. Masalan, dasturlash tillarini o'rganish uchun matematika, mantiq hamda chet tili o'sha talablardan  bo'lishi mumkin. Kitob o'qib bilim olish uchun o'qishni bilish kerak bo'lgani kabi. Agar siz o'zingizda zarur talablarni qondira olmasangiz, o'rganaman deb boshqaga pul to'lashingizning foydasi yo'q. Uyni tomidan boshlab qurishning iloji yo'q-ku.

Maqsadingizga erishish uchun zarur bo'lgan talablarni o'rganing. 

Asosiy yechim ana o'shanda!