Assalom alaykum, mening ismim Yulduz Sabirova va men informatika o'qituvchisiman. Bugun silar bilan IT sohasining mamlakatimiz rivoji uchun naqadar muhum ekanligi haqida gaplashamiz, 

Albatta bu maqolaning joyi bu yerdamas deb o'ylashingiz mumkin, lekin so'ngi paytlarda O'zbekistondek buyuk davlat nega shuncha vaqt va ulkan qoya kabi mablag'larini sarf etib sizu-bizdek oddiy dehqon farzandlariga dasturlashni o'rgatishga sarf etyotgani, amalga oshirilayotgan ishlar, yangitdan qurib berilayotgan maktablar, chet el ta'lim platformalarida biz uchun mutlaqo bepul tashkillashtirilayotgan online darslar mohiyatini  anglab yetyapmizmikan deb o'ylanib qoldim.

🔵 IT sohasining davlat miqyosidagi ahamiyati

Tan olish kerak O'zbekistonda ham oxirgi yillarda IT sohaga e'tibor va talab yaxshi darajaga oshdi va oshmoqda. IT bu katta industriya bu industriyada katta milliardlab pul aylanadi. Ushbu soha keng, bu sohada hammaga joy bor.

Keling endi oddiy Yaponiyani misol qilsak, Yaponiyaning hududi kichik, foydali qazilmalari mavjud emas (Neft, Gaz) lekin texnologiyalari bilan davlatni rivojlantirmoqda, davlatni tanitmoqda va ko'pgina gegemon davlatlarda o'zining bizneslari, brendlari mavjud. Yaponiya texnologiyalari bilan butun dunyoni egalladi. Tassavur qiling kichik davlat, foydali qazilmalarisiz

Bizda esa hozirgi sharoitimiz Yaponiyadan ham yaxshiroq, biznikilar ham bemalol ushbu sohani o'rganib katta natijalarga erishaolishadi, faqat harakat qilish zarur. To'g'ri chekka hududlarda internet, elektr toki muammosi bo'lishi mumkin lekin intilganga tole yor.

IT olamida siz yaxshi ish o'rni, yaxshi maosh va boshqa qulayliklarga ega bo'lasiz. Agarda IT sohaga haqiqatdan qiziqishingiz bo'lsa, o'rganaman degan ishtiyoqingiz, motivatsiyangiz bo'lsa unda 2021-yil uchun o'z rejalaringizga IT ning biror bir sohasini yaxshi, chuqur o'rganishni maqsad qiling va hech qachon taslim bo'lmang !