Asssalomu alaykum!

     Hozirgi maqolam boshqa maqolalardek "buyuk" bo'lmasa ham, men aniq bilaman bu maqolam kimgadir yordam beradi! Qani boshladik!

   Eng birinchi bo'lib, ilovani import qilish uchun uning ilova kodining "ZIP" shaklini kompyuteringizga yuklab olishingiz kerak. Agar yuklamagan bo'lsangiz uni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin!

    Agar ilova kodini hozir yuklayotgan bo'lsangiz, unda maqolamni hozir o'qib turgan joyingizdan, agar yuklab bo'lgan bo'lsangiz, maqolaning "Hamma uchun!" deb boshlangan joyidan davom ettiring!

   Ilova kodini hozir yuklayotganlar uchun!

   Avvalo yuqorida berilib o'tilgan linkka kiring va pastdagi rasmda qilinganlarni siz ham bajaring!

 

    Keyin siz faylni qayerga skachat qilishni aytgan bo'lsangiz o'sha yerda ilova kodlarining "ZIP" fayli paydo bo'lgan, uni arxivdan chiqaring:

   Shundan so'ng kompyuteringizda "Miwok" papkasi paydo bo'lgan bo'lishi kerak:

   Endi Android Studioni oching va File -> new -> import project ni bosing.

   Keyin arxivdan chiqarilgan "Miwok" papkasini tanlang:

   Shundan so'ng Android Studio sizga bir dunyo xatolarni ko'rsatadi (rasmda ko'rsatilgan xatolar birinchisi :( ):

  Hamma uchun!

  Eng birinchi MainActivity.java faylini to'g'irlashdan boshlaymiz: import android.support.v7.app.AppCompatActivity;  deb yozilgan qatorni o'chirib o'rniga import androidx.appcompat.app.AppCompatActivity; deb yozamiz:

   Keyin esa build.gradle fayllarini to'g'irlaymiz: boshqa biror bir loyihangizni oching va undagi gradle.build fayllaridagi kodlarni "copy" qilib, "Miwok" ilovasidagi build.gradle faylidagi kodlarni o'rniga yozing. Barcha gradle fayllari uchun ushbu usulni qo'llang va "Miwok" ilovasidagi gradle fayllaridagi packagelarni com.example.android.miwok; ga o'zgartiring. (Afsuski bularni ko'rsata olmayman :(. ) 

   Endi esa styles.xml fayliga o'tib u yerdagi ushbu kodni o'zgartiramiz:

  Uni quyidagidek qilib o'zgartiring:

   Endi esa ilovani gradle sync qilish kerak, buning uchun gradlening online bo'lib turganiga ishonch hosil qiling. Pastdagi rasmda u offline turibdi:

   Endi uni onlinega o'zgartiramiz, buning uchun offline belgisining ustiga bir marta bosing! Keyin u ushbu ko'rinishga kelishi kerak:

   Mana endi u online. Endi gradleni qayta sync qilish kerak, buning uchun kompyuter internetga ulangan bo'lishi kerak, ulangandan so'ng File -> Sync Project with Gradle Files ga bosing:

   Shularni qilib bo'lganingizdan so'ng xatolar yo'qolishi kerak, agar shunda ham yo'qolmasa File -> Invalidate Cashes / Restart... ni bosing, ekranda yangi oyna chiqqanda Invalidate and Restart ni bosing. Keyin yana qayta gradleni sync qiling.   

   Agar shunda ham o'xshamasa o'zingiz Googledan qidiring, hamjamiyatimizga murojaat qiling, lekin hech qachon taslim bo'lmang!

    Maqolam sizlarga yoqdi degan umiddaman, agar xatoliklarga yo'l qo'ygan bo'lsam sizlardan 1.000.000 marta uzr so'rab boshimni egaman! Maqolam bo'yicha fikrlarni sizlardan kutib qolaman!