Linuxni yuklab olish 20.04.01 version.

Diskni tayyorlab olamiz.

Maxsus qism (razdel)lar ajratamiz.

Linuxni o’rnatish.

Linuxni sozlash va uni ishga tushirish.

Welcome to Linux Ubuntu 

 

Assalomu alaykum meni kuzatuvchi aka-uka va opa-singillarim bu maqolamda men Linux(Ubuntu) ni o’rnatishni 0 dan boshlab o’rgataman, erinmasdan o’qib chiqing albatta😉

 

Linux olish 20.04.01 version

Oldin Linux Ubuntuni asosiy bo’lgan saytiga kirib olamiz Ubuntu.com saytga kiramiz.

1-rasm
1-rasm Ubuntu.com saytiga kirganimizda bizdan shu narsani so'raydi. 1-martada so'raydi keyin boshqa so'ramaydi endi bu nima degani deb o'ylasangiz...

Tracker sozlamalari

Biz tashrif buyuruvchilarni tanib olish va afzalliklarni eslab qolish uchun cookie-fayllar va shunga o'xshash usullardan foydalanamiz. Shuningdek, biz ularni kampaniyaning samaradorligini o'lchash va sayt trafigini tahlil qilish uchun ishlatamiz.

"Qabul qilish" ni tanlab, biz va ishonchli uchinchi shaxslar tomonidan ushbu usullardan foydalanishga rozilik bildirasiz.

Qo'shimcha ma'lumot olish yoki istalgan vaqtda rozilik tanlovingizni o'zgartirish uchun cookie-fayllar siyosatiga qarang.

Barchasini qabul qiling va saytga tashrif buyuring | Tracker sozlamalarini boshqaring.
Mana shu narsa ekan yani Tracker sozlamalari bu men Google translateda tarjima qildim tarjima qilishda xatoliklar bo'lishi mumkin

2-rasm. Bu yerdan keyin
2-rasm. Bu yerdan keyin Download bo'limini tanlaymiz bu yerdan Ubuntuni yuklab olsak bo'ladi. Qolgan | Enterprise | Developer | Community va boshqa linklarga kirib kuzatishingiz mumkin.
3-rasm.
3-rasm. Download bo'limidan hozircha bizga kerak bo'lgan Ubuntu Desktop bo'limidan 20.04 LTS link ustiga bossak yuklab olish boshlanadi

 

4-rasm Yuklashni boshlagandan keyin bizga quyidagicha
4-rasm Yuklashni boshlagandan keyin bizga quyidagicha page hosil bo'ladi, bu sahifada "Thank you for downloading Ubuntu Desktop" ---"Ubuntu Desktop-ni yuklab olganingiz uchun tashakkur" shunaqa deb yozib qoygan endi qolganini davom etaveramiz....

 

Diskni tayyorlab olamiz.

 

Kompyuterimizdan Linux uchun joy ajratib olamiz yani 1 ta disk bo’lib olishimiz kerak. O’zimizni disklarimizdan ko’prog’ini tanlab o’shandan bo’lamiz masalan : “C” , “D” , “E” ,”F”, ……

 

Oldin Pusk+R ni bosamiz keyin bizaga "Выполнить" oynasi ochiladi va u yerga diskmgmt.msc deb yozib "ok" ni bosamiz(5-rasm) endi bizga "Управление дисками" oynasi ochiladi.U yerdan birorta diskni tanlab sichqonchani o'ng tugmasini bosib Сжать том... ni bosamiz(6-rasm), o'zimizga keraklicha ajratib olamiz man 100Gb ajratib oldim u yerda MB da yozib Сжать ni bosamiz(7-rasm) va disk hosil bo'ladi uni ustiga yana bosib Создать простой том... ni bosib(8-rasm), Далее > ni bosamiz(9-rasm) yana Далее > ni bosamiz (10-rasm)keyin esa o'sha o'zimizni ajratib olgan diskizmizni harf bilan belgilab olamiz masalan A-Z keyin yana Далее > ni bosib(11-rasm) diskimizga nom meramiz masalan TheBeST_CoDeR va yana Далее(12-rasm) ana undan keyin Готово deganiga bosamiz, disk tayyor endi esa diskimizni Удалить том... qilamiz va bizni diskimiz Linux o'rnatshga tayyor

 

5-rasm.
5-rasm. Выполнить oynasiga yani Terminalga kirib Shu rasmdagi diskmgmt.msc deb yozamizda tushuntirganimdek Kompyuterimizni razdelini aniqlab olamiz Ubuntuni fleshkaga yozib olishdan oldin chunki bu juda muhim.
6-rasm. Kompyuteringizdagi
6-rasm. Kompyuteringizdagi Gb ko'proq diskdan ajratsangiz bo'ladi. Masalan: D, E ,F hohlagan diskdan ajratib olasiz, diskga sichqonchani o'ng tugmasini bosib Сжать том... ni bosasiz.

 

7-rasm.
7-rasm.

Сжать том... ni bosganizdan keyin bu yerda siz Mb`da yetarlicha bo'lib olasiz man 100 Gb ajratgan edim, hozir bu yerda to'liq 100 Gb yozmaganman-u endi o'zizga yetganicha ajratasiz, Linux`ni dasturlari va o'zi ham uncha ko'p joy egallamaydi xotiraga keladigan bo'lsak uni o'ylab yotmang asosiy Tezkor xotira | RAM --- kamida 4Gb bo'lsa bo'ladi 8 Gb bo'lsa undan ham yaxshi.

8-rasm Keyin
8-rasm Keyin Создать простой том... ni bosib boya ajratgan diskni yaratib olamiz va uni sozlamalarini to'g'irlaymiz.
9-rasm. Bu yerda
9-rasm. Bu yerda Далее > ni bosamiz Diskni yaratish uchun
10-rasm. Ajratib olgan diskimizdan qanchasini olishimizni so'rayapti bu yerdan albatta hammasini bu yerda ham
10-rasm. Ajratib olgan diskimizdan qanchasini olishimizni so'rayapti bu yerdan albatta hammasini bu yerda ham Далее > ni bosib o'tib ketamiz.

 

11-rasm. Bu oynada Diskni
11-rasm. Bu oynada Diskni Lotin bosh harflari bilan belgilab olishimiz kerak, o'zimini kompyuterimizdagi "C" , "D" , "E" .... disklardek shu yerdagilardan birini tanlab keyin yana Далее ni bosib sozlamalarini to'g'irlab ketaveramiz, eslab qoling tepada ko'rsatilayotgan narsani o'qimasdan qaramasdan Далее , Next ..... shunga o'xshaganlarni bosib ketavermasligimiz kerak!

 

12-rasm. Bunda diskimizni
12-rasm. Bunda diskimizni Файловая система, Размер класстера, va Метка тома yani Fayl tizimi , klaster hajmi, diskni nomi shunaqlarni ham to'g'irlab Далее ni bosamiz.

 

13-14-rasmlar. Bu yerda biz ajratgan disk tayyor endi ,
13-14-rasmlar. Bu yerda biz ajratgan disk tayyor endi , Готово`ni bosamiz va yaratgan diskimizni Удалиты том... qilamiz endi bu yerdagi ishimiz tugadi endi boshqa ishga o'tamiz, bu yer tayyor!

 

Maxsus qism (razdel)lar ajratamiz

 

Kompyuterimizni схема раздел`ini bilish uchun Pusk+R (pusk tugmasini bosib turib "r" ni bosamiz) hozil bo'lgan oynaga "cmd" deb yozib "OK" ni bosamiz(15-rasm) va bizga terminal hozir bo'ladi unga "diskpart" deb yozamiz(16-rasm), keyin esa "list disk" deb yozsan bizga схема раздел`ini ko'rsatadi o'sha yerdan ko'rib olib keyin bemalol fleshkaga Linuxni yozayotgan payt rufus`dan to'g'irlab yuboriladi

 

15-16-17-rasmlar
15-16-17-rasmlar

Linux(Ubuntu) ni yuklab olgandan keyin bizga kamida 4Gb fleshka va "Rufus" degan programma kerak bo'ladi. Menda 16Gb fleshka va Linux tayyor, endi men Rufus programmani olishim kerak uni uchun Rufusni official(asosiy) bo'lgan saytiga kiramiz Rufus saytiga kiramiz va u yerdan biroz pastroqda turgan linkga Rufusni yuklab olish bosib rufus 3.13 versiyasini yuklab olamiz(18-rasm) 

18-rasm
18-rasm

 

19-rasm
19-rasm

Undan keyin fleshkani kompyuterga qoyib Rufus programmaga kiramiz Rufus programmasi shunaqa ochiladi bu yerdan устройства`dan fleshkangiz chiqadi, Метод загрузки da hech nima bo’lmaydi o’zi uni yonidagi ВИБРАТЬ ni tanlab yuklab olgan Linux (Ubuntu) .iso ni belgilaymiz keyin xuddi shunaqa bo’lib turadi , bu yerdan asosiylaridan biri Схема раздела buni ko’rib olgan edik shunga qarab “GPT” yoki “MBR” qilib belgilab olamiz, Файловая система va Размер класстера yani Fayl tizimi va Klaster hajmi bir xil tursin по умолчанию bo’lib ana undan keyin СТАРТ ni bosib kutib turamiz Linuxni fleshkaga yozib bo'lgancha, yozib bo'lgandan keyin ЗАКРЫТЬ bosib endi Linuxni o'rnatishni boshlaymiz 😊 qani kettdik😄😉

 

Linuxni o’rnatish

 

Linux o'rnatilgan fleshkani kompyuterga qoyib kompyuterni o'chirib qayta yoqamiz , yoqayotganda kompyuterni rusumi va qanaqaligiga qarab ustanovkaga o'tamiz , mani kompyuterimda F12 , kimlardadur Fn+F12 bo'lishi mumkin yoki boshqa ......(20-rasm)

Biz quyidagi rasmdan Fleshkani tanlaymiz yani "USB" ni va Linuxni fleshkani ichini ko'rib boshlaydi(21-22-rasmlar). Keyin bizga Linuxni ochgandan keyin o'zimizga mos va qulay bo'lgan tilni tanlab olamiz men o'zimni qulay bo'lgan "English" ni tanladim tanlaganimizdan keyin Install Ubuntu ni bosib(23-rasm) klavatura uchun til tanlaymiz men unga ham English(US) ni tanladim va yana Continue(24-rasm) keyingi chiqgan oynadan xohlasangiz wifi bo'lsa wifi`ga ulab olasiz yoki Internet va Continue ni bosamiz(25-rasm) Keyin esa quyidagi rasmdagidek "Normal installation" ni belgilaymiz pastidan esa "Install third-party software......." qilib olib Continueni bosib(26-rasm) keyingi oynadan "Something else"ni tanlaymiz yana Continue`ni bosamiz qolganini pastida davom ettiramiz qani ketdik(27-rasm)

20-rasm. Bu yerda kompyuterimga
20-rasm. Bu yerda kompyuterimga Operatsion sistema o'rnatish uchun F12 ni bosib kirayapman, bu sizlarda F12 emas balkim boshqadur masalan Fn+F12 yoki boshqa bo'lishi mumkin buni o'ziz tekshirib olsangiz bo'ladi.

 

12-22-rasmlar
12-22-rasmlar F12 ni bosganimdan keyin manga ushbu oyna hosil bo'ladi bu oynadan man o'zimni Fleshkamni tanlayman: USB ni , unga kirganimdan keyin u ichidagi fayllarini tekshirib ko'rib chiqayapti 22-rasmda.

 

23-rasm 
23-rasm 

Fleshkamni ichidagi Linuxni ko'rgandan keyin ushbu Welcome oynani ochadi bu yerda biz o'zimizga qulay va ishlatishga o'zimiz tushunadigan tilni tanlab olamiz men masalan "English" ni tanladim siz boshqasini tanlashingiz ham mumkin. O'ng tomondagi "Try Ubuntu" - bunga bosib Linux Ubuntuni ishlatib ko'rsangiz bo'ladi, "Install Ubuntu" ni bosib esa Ubuntuni o'rnatishni boshlaymiz, hozir men Install Ubuntuni bosib o'rnatishni boshlayman.

 

24-rasm
24-rasm Keyboard layout oynasidan esa klavatura uchun til tanlaymiz men bu yerda ham "English(US)" ni tanladim va bu yerdan biz Continue`ni bosamiz.
25-rasm. Bu yerda bizdan
25-rasm. Bu yerda bizdan Wifi bo’lsa wifi`ga ulanishimizni so’rayapti xohlasangiz ulab oling internetga juda yaxshi bo’ladi agar bo’lsa, bo’lmasa juda ham shart emas keyin esa yana Continue`ni bosamiz.

 

26-rasm
26-rasm Updates and other software oynasida “Normal installation” ni tanlaymiz, pastidan esa Install third party software for graphics and Wi-Fi hardware and additional media formats ni belgilab va yana Continueni bosib davom etamiz.
27-rasm
27-rasm Installation type oynasida bizdan o’rnatishni so’raydi maslahat bu yerdan Something else ni tanlab o’rnatishni boshlang shunda sizni kompyuteringizdagi kerakli fayllaringiz o’chmaydi, buni tanlab Continueni bosamiz.

 

 

Bu yerdan biz o'zimiz ajratgan diskni topib olamiz yani 100 Gb freespace diskni bo'lib olishimiz kerak "/" , "/home" va "swap" uchun freespaceni belgilab keyin pastidan "+" ni bosib.

28-rasm 
28-rasm 

"Swap" uchun 4 Gb ham yetadi men 8Gb ajratdim, bu yerdagi birorta diskni belgilab olib keyin “+” ni bossak o’sha diskdan ajratib olamiz , Freespaceni tanlab “+” ni bosib ajratamiz o’zimizga keraklicha. Bu yerdagi Type for the partition: Primary ni tanlaymiz. Location for the new partition`ga esa Beginning of this space ni tanlab. Use as`dan swap area ni belgilaymiz chunki biz hozir swap uchun joy ajratayapmiz. Swap bu nima deyishingiz mumkin , swap nimaligi haqida ma’lumot bu link ustiga bosib swap nimaligi haqida ma’lumot olsangiz bo’ladi albatta (rushcha). 8Gb ajratganimizdan keyin “OK” ni bosamiz, endi swap tayyor bo’ldi endi qolganiga o’tamiz.(28-rasm) 
 

29-rasm.
29-rasm.

Swapni ajratib olganimizdan keyin esa yana freespace`ni belgilab "+"ni bosib "/" uchun ajratamiz 30Gb ajratsak yetib ortadi, buni ham “Type for the new partition” va “Location for the new partition”ni bir xil bo’ladi, bu yerda Use as: o’zgartiriladi “Ext4 journaling file system”ga unga o’zgartirganimizdan keyin bizga pastda yana joy ochiladi, “Mount point” bu yerga “/” ni qoyamiz. “/” bu nima ekan deb o’ylashingiz mumkin bu “/” - tizim uchun asosiy qism bo’ladi. Yana “Ok” ni bosib davom etamiz endi esa /home uchun ajratib olamiz.(29-rasm)

 

30-rasm.
30-rasm.

Undan keyin yana o'sha xolat freespaceni belgilab "+" ni bosib"/home" uchun 100Gb qolganini qilib yuboramiz o'rtacha 62Gb lar qoladi o'shani barchasini "/home" qilib yuboramiz qolgan sozlamalari xuddi oldingiday bo’lib turaveradi faqat “Mount point”ga “/home” deb yozamiz yoki yonidagi stireklani bosib /home`ni tanlab OK ni bosamiz.“/home” - foydalanuvchining ma'lumotlari saqlanadigan alohida qism. (30-rasm) 

 

32-rasm
32-rasm Install Nowni bosganimizdan keyin bizga ushbu oyna hosil bo’ladi bu yerda yana bir bor ko’rib olishingiz mumkin ajratgan disklarizni, bundan ham ko’rganizdan keyin “Continue” ni bosamiz.
33-rasm.
33-rasm.

Keyin bizga “Who are you ?” oynasi chiqadi bu yerda biz 

Your name degan joyiga o’zingizni ismizgiz yoki boshqa bir nom yozishingiz mumkin, Your name ga yozishingiz bilan Your Computer’s name va Pick a username ga kompyuterni o’zi avto yozadi siz yozgan nomni qo’shib, uni o’zingiz ham bemalol o’zgartirishingiz mumkin
Choose a password ga kompyuteringizga parol qoyasiz esingizdan chiqmaydigan parol qoying bu juda muhim esdan chiqib qolmasin yanaaa😁 pastidagi Confirm your password ga esa tepasida yozgan kodizni takrorlaysiz yani yana bir bor qayta kiritasiz va Continueni bosamiz. Endi esa kompyuterimiz Ubuntuni o’rnatishni boshlaydi.

 

Linuxni sozlash va uni ishga tushirish

 

 

34-rasm.
34-rasm.

Kompyuterimizga Linux(Ubuntu) o'rnatib bo'lgandan keyin kompyuterimiz bizdan kompyuterni qayta ishga tushurishimizni so'raydi yani "Restart Now" ni bosamiz(34-rasm) 
Kompyuterga Linux (Ubuntu) o’rnatib bo’lganidan keyin kompyuterimiz bizdan kompyuterni qayta ishga tushurishimizni so’raydi yani “Restart Now”ni bosishimizni. 
“Installation Compalte Installation is complate. You need to restart the computerin order to use the new installation Restart Now" yani “O'rnatish tugallandi. Yangi o'rnatishdan foydalanish uchun kompyuterni qayta yoqishingiz kerak” deb yozilgan Restart Now ni bosamiz, kompyuterimiz qayta ishga tushadi yani o’chib qayta yonadi. 

 

35-rasm. Kompyuterimiz ishga tushgandan keyin bizdan ushbu sozmalarni so'raydi biz ularni rasmdagidek qilib tayorlaymiz (35-rasm) 
35-rasm. Kompyuterimiz ishga tushgandan keyin bizdan ushbu sozmalarni so'raydi biz ularni rasmdagidek qilib tayorlaymiz (35-rasm) 

Livepatch --- Canonical Livepatch odatda talab qilinadigan yangilanishlarni qo'llash orqali kompyuteringizni xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.

Maxfiylik --- Joylashuv bo'yicha xizmatlar. Ilovaga geografik joylashuvingizni aniqlashga imkon beradi. Joylashuv xizmatlaridan foydalanilganda ko'rsatma ko'rsatiladi.

Ubuntu-ni yaxshilashga yordam bering --- Ubuntu ishlab chiquvchilarga uni yaxshilashga yordam beradigan ma'lumot haqida xabar berishi mumkin. Bunga kompyuter modeli, qanday dastur o'rnatilganligi va siz tanlagan taxminiy joy (Osiyo / Toshkent) kabi narsalar kiradi.

Siz borishga tayyormiz! --- Bu kabi dasturlarni o'rnatish uchun "Dasturiy ta'minot" dan foydalanishingiz mumkin.

Rasmda nima deganiligini tarjima qilib yozib qoydim ozgina ma’lumot bo’lsin deb rasmdagidek qilib sozlamalarni to’g’irlab olamiz. Ana undan keyin kompyuterizmi tayyor bemalol Linux Ubuntuda ishlaveramiz endi 😉

 

 

Welcome to Linux Ubuntu 😉

 

Mana endi Linux Ubuntu ni ham o’rnatib oldik .agar qanday o’rnatishizda muammo bo’lsa bemalol TheBeST_CoDeR ga murojaat qilishingiz mumkin , imlo xatolar bo’lsa commentlar qoldiring. Agar maqola yoqgan bo’lsa commentda fikr mulohazalarizni qoldiring va do’stlaringizga ulashing. O’qishda va izlanishdan to’xtamang siz bilan TheBeST_CoDeR bo’ldi e'tiboringiz uchun rahmat.