Ushbu suratga diqqat bilan qarang:

Qiziqarli holat!
Qiziqarli holat!

 

Velosipedni qay tarzda qulflab qo'yilganiga e'tibor berdingizmi?! Velosipedning qulfi 1 metrli usti ochiq ustundan o'tkazib mahkamlangan. Velosipedni qulflagan odam "endi toychog'imni hech kim olib ketolmaydi, qulflab qo'ydim" deb o'ylagan xoynaxoy. Velosipedni og'irlamoqchi bo'lishsa qulfni tepaga ko'tarishadi, tamom... Bu degani hech qanday kuchli himoya yo'q degani. Rasmning quyi qismiga "Login: admin, Parol: admin" deb yozib qo'ydim. Chunki bu holat biror joyda ro'yxatdan o'tgan va login-parolni eng ishonchsiz qilib tanlagan foydalanuvchi holatiga o'xshaydi. Shuning uchun ham parollarni uzunroq va turli xil kombinatsiya asosida tuzish kerak, keyinchalik afsus qilib qolmaslik uchun!

 

Barcha foydalanuvchilar kabi dasturchilar ham biror bir saytda yoki platformada roʻyxatdan oʻtayotganlarida login va parol oʻylab topishlariga toʻgʻri keladi. Bunday paytda sal ehtiyotkor boʻlgan maʼqul. Chunki, agarda sizning parolingiz kuchsiz boʻlsa, xakerlar sizning akkauntingizni buzib kirishlari va maʼlumotlaringiz oʻgʻirlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun uzunroq, hamda harflar va raqamlar kombinatsiyasidan iborat parol oʻylab topishingiz kerak. Masalan, "uzbekcoders" degan parolni buzib topish uchun xakerning kompyuteri 1 kunni talab qiladi. Lekin shu parol oxiriga "1" raqamini qoʻshib qoʻysak, kompyuter naqd 3 yil ter toʻkishiga toʻgʻri keladi, xaker ham albatta!) 

 

Xulosa: Ushbu post sizlarga oz boʻlsada yaxshi kayfiyat ulashishini xohladim, va shu bahonada toʻgʻri parol tuzish haqida ham qisqacha bayon qildim.