Kirish.

Kompyuterda foydalanish mumkin bo'lgan 3D elektron kitob yaratishni o'rganamiz. Oldingi maqola Android uchun kitob tayyorlash edi, bu maqola davomi bo'ladi. Yaratmoqchi bo'lgan kitobimizni boshqa dasturlarda ochmasdan to'g'ridan-to'g'ri foydalanishimiz mumkin. Qiziqarli tomoni bu kitobni sichqoncha yordamida varaqlab, oddiy kitobni varaqlaganday o'qish mumkin.

Kitob yaratishimiz uchun bizga iSpring dasturlar to'plami kerak bo'ladi. Bu dastur pullik bo'lib, https://www.ispringsolutions.com rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin. iSpring dasturlar to'plami ta'lim sohasida ko'p foydalaniladigan eng yaxshi dasturlardan biri. Bir nechta dasturlar jamlanmasi bo'lib, elektron darsliklar, qiziqarli har xil testlar, video darslar va boshqa virtual ta'lim texnologiyalarini yaratishda foydalaniladi.

Dasturni o'rnatib bo'lgandan so'ng bosh menyudan iSpring Kinetics ni ishga tushiramiz va "Книга" yozuvi ustida bosamiz.

iSpring Kinetics dasturi.
iSpring Kinetics dasturi.

Kitob yaratish oynasi hosil bo'ladi. Oynaning yuqori qismida uskunalar paneli joylashgan. Pastki qism esa ikkiga bo'lingan bo'lib, chap va o'ng oynalardan tashkil topgan. Chap oynada kitob sahifalari ko'rinib turadi va sahifani tanlab o'ng oynada ma'lumot kiritamiz. Yangi sahifa qo'shish uchun uskunalar panelidagi "Создать разворот" tugmasini bosamiz, o'chirish uchun belgilab chap oynadagi "Удалить выбранное" tugmasini bosamiz. Sahifa yani varoqlarning orqa fonini o'zgartirish uchun uskunalar panelidagi "Фоны страниц" tugmasini bosib kerakli dizaynni tanlaymiz.

Har bir sahifaga ma'lumot kiritamiz. "Изображение" tugmasi orqali rasm, "Надпись" tugmasi orqali matn joylashtirishimiz mumkin.

Ma'lumotlarni kiritish.
Ma'lumotlarni kiritish.

Kerakli ma'lumotlarni kiritib bo'lgandan so'ng "Публикация" tugmasini bosamiz. Ekranda publikatsiya oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kitobimiz sarlavhasi nomini, fayl nomi va saqlanadigan joyni ko'rsatamiz, oyna o'lchamlarini kiritamiz. "Сжатие" qismida esa kitobimiz qilish darajasini o'zgartiramiz.

Publikatsiya qilish oynasi.
Publikatsiya qilish oynasi.

Barcha ishlarni tugatgandan so'ng "Опубликовать" tugmasini bosamiz. Kitobimiz tayyor ko'rsatilgan papka ichidan olib foydalanishimiz mumkin.

https://youtu.be/63Vrb7RaplU

Xulosa.

Maqolani qisqa va tushunarliroq bo'lishiga harakat qildim. Savollaringiz bo'lsa komentariyada qoldirishingiz mumkin. Kompyuterda 3D kitob yaratishni o'rganib chiqdik. Kompyuterda elektron kitoblar pdf yoki djvu fayl ko'rinishida bo'ladi. Ularni iSpring dasturi yordamida yuqoridagi ko'rinishga keltirsangiz yanada qiziqarliroq bo'ladi. Web saytingiz bo'lsa html fayl ko'rinishida saqlab, saytingizda chiqadigan qilib joylashtirsangiz bo'ladi. Darslik yoki qiziqarli ma'lumotlar asosida bunday kitoblar yaratib, internet orqali tarqatishingiz yoki darslarda foydalanish mumkin.