Kirish.

Internetga joylashtirilgan O'zbek tilidagi ma'lumotlarni olsangiz kiril yoki lotin harflari bilan yozilgan bo'ladi. Ko'pincha bu ma'lumotlarni kirildan lotinga va aksincha o'tkazishga to'g'ri keladi. Bundan tashqari kompyuterda lotincha yozib o'rgangan foydalanuvchilar kirilcha yozishga qiynaladi. Ham kirilcha, ham lotinchada tez yozishni o'rganishga ko'p vaqt ketadi. Bunday muammoni hal etish uchun tarjimon dasturlaridan foydalanishimiz mumkin.

1-rasm.
1-rasm.

Kiril-lotin tarjimon dasturlari.

Kiril-lotin tarjimon dasturlari ko'p bo'lib, ular harflarni almashtirib beradi. Xattoki online ishlovchi kiril-lotin tarjimon saytlari va Micrasoft Word dasturi bilan birga ishlovchi tarjimonlar ham bor. Bunday dasturlarni turli tashkilotlarda ishlovchi kompyuter mutaxassislari deyarli har kuni ishlatishadi. Bu dasturlarni "tarjimon" emas, "o'tkazuvchi" deb atasak ham bo'ladi. Chunki harflarni bir alifbodan boshqasiga o'tkazib beradi.

Kirildan lotinga va lotindan kirilga o'tkazishdagi muammolar.

Kiril-lotin tarjimon dasturlarining ko'pida matnni xatolik bilan o'tkazganini ko'rishimiz mumkin. Harflarni almashtirishda ularni ketma-ketligiga etibor berilmasa xatoliklar chiqadi. Masalan, lotinchadagi "sh", "ch" harflaridan oldin "h" yoki "s" harfini almashtirsak "sh", "ch"  o'zgarib ketadi. Kirilchaga o'tkazishda "yu", "ya", "yo" jumlalarini ham birinchi o'tkazib olish kerak. Kirilchadagi "Е" va "Э" harflari o'rniga lotincha "E" qo'yilishi ham matnda xatoliklar keltirib chiqaradi.

Kiril-lotin(lotin-kiril) tarjimon web sahifani yaratish.

Bunday dasturni xohlagan dasturlash tilida, turli platformalar uchun yaratish mumkin. Biz esa web dasturlash yordamida HTML, CSS va JavaScriptdan foydalanib yaratamiz. Web sahifa ko'rinishida yaratilgan bo'lsa, undan mobil qurilma yoki kompyuterda, turli operatsion tizimlarda birdek foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

Html kodlari:

<!-- Kiril lotin tarjimoni muallif:Badalov Azamat -->
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
   <title>Kiril-lotin tarjimon</title>
<meta charset="utf-8">
<link rel="stylesheet" href="stil.css">
<script src="skript.js"></script>
</head>
  <body>
  <!-- Ikkita kirildan lotinga va lotindan kirilga o'tkazish tugmasini joylashtiramiz -->
<button class="tugma" onclick="kirillot()">Kiril -> Lotin</button>
<button class="tugma" onclick="lotkiril()">Lotin -> Kiril</button>
<hr>
<!-- Matn tahrirlagich qo'shamiz -->
<textarea id="matn" name="txt" rows="25" cols="100">
Matnni kirildan-lotinga va lotindan-kirilga o'tkazuvchi web sahifa.
</textarea><br>
<!-- Matnni tozalash tugmasi -->
<button class="tugma" onclick="tozalash()">Matnni o'chirish</button>
  </body>
</html>

CSS kodlari(stil.css):

body {
background-color:#ccff99;  
}
.tugma {
 text-align: center;
 text-decoration: none;
 border: none;
 color: white;
 padding: 15px 32px;
 cursor: pointer;
 background-color:#3399ff;
 display: inline-block;
 font-size: 16px;
 margin: 4px 2px;
}
textarea{
   margin:10px;
   padding:1%;
width:95%;
}

JavaScript kodlari(skript.js):

//kiril harflari massivi
var kiril=["ю","Ю","я","Я","ё","Ё","ш","Ш","ч","Ч","ў","Ў",
          "қ","Қ","ғ","Ғ","ц","Ц","й","Й","у","У","к","К",
    "е","Е","н","Н","г","Г","щ","Щ","з","З","х","Х",
    "э","Э","ж","Ж","д","Д","л","Л","о","О","р","Р",
    "п","П","а","А","в","В","ф","Ф","с","С","м","М",
    "и","И","т","Т","б","Б","қ","Қ","ҳ","Ҳ","ғ","Ғ","ь"];
     
//lotin harflari massivi    
var lot=["yu","Yu","ya","Ya","yo","Yo","sh","Sh","ch","Ch","o'","O'",
          "q","Q","g'","G'","ts","Ts","y","Y","u","U","k","K","e","E",
    "n","N","g","G","sh","Sh","z","Z","x","X","e","E","j","J",
    "d","D","l","L","o","O","r","R","p","P","a","A","v","V","f",
    "F","s","S","m","M","i","I","t","T","b","B","q","Q","h","H",
    "g'","G'","`"];
     
//kirildan lotinga o'tkazish funksiyasi      
function kirillot(){
var i;
var satr = document.getElementById("matn").value;
   for (i = 0; i < kiril.length; i++) {
 //xar bir harfni alohida almashtiramiz
   satr=satr.replaceAll(kiril[i],lot[i]);
}
   document.getElementById("matn").value = satr;  
}
//lotindan kirilga o'tkazish funksiyasi
function lotkiril(){
var satr = document.getElementById("matn").value;
   for (i = 0; i < kiril.length; i++) {
 //xar bir harfni alohida almashtiramiz
   satr=satr.replaceAll(lot[i],kiril[i]);
}
   document.getElementById("matn").value = satr;  
}
//Matn maydonini tozalash funksiyasi
function tozalash(){
document.getElementById("matn").value = "";  
}

Sahifani brauzerda ochib tekshirib ko'ramiz. Tarjimon ishlayapdi.

2-rasm. Sahifani tekshirish.
2-rasm. Sahifani tekshirish.

Xulosa.

Bu sahifa kodlaridan foydalanib o'zingizning tarjimon dasturingizni yaratishingiz mumkin. Boshqa kiril lotin dasturlar ham shu algaritm bo'yicha ishlaydi. Bu web sahifani android(.apk) yoki windows(.exe) dasturlari ko'rinishiga o'tkazib undan telefonda yoki kompyuterda foydalanishingiz, internetga joylashtirishingiz mumkin. uzbekcoders.uz loyihasining Front End yo'nalishida o'qiyotgan bo'lsangiz ham dasturlar yarata olasiz.