Hozirgi kunda sun'iy ong dasturiy ta'minoti bilan ishlaydigan tibbiyot qurulmalari va dori-darmon ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladigan qurulmalarni, loyihalashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar talaygina. Ulardan eng yiriklari "Microsoft, Apple, Google, IBM" va shu kabilardir.

Umuman olganda sun'iy ong shunchaki nimadur ishlab chiqaradigan  mashina miyyasi emas. Uning imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Bugun bu mavzuga shunchaki etibor qaratmadim, bugun siz bilan sun'iy ongning ani damda tibbiyot sohasiga qanchalik katta yordami tegishi mumkinligini. Hozirda mavjud va amalda ishlatilayotgan misollar bilan ko'rib chiqamiz.

Bemorlarni O'rganish.

Sizu bizga sir emaski har qanday bemornga aniq tashhis qo'yish va to'g'ri davolash uchun, avvalam bor bemor haqida har qanday shaxsiy ma'lumotlar, suratlar, barcha tahlillar, ko'riklar va boshqa mavjud ma'lumotlarni o'rganib chiqish zarur. 

Bazi hollarda har qanday kuchli va tajribali shifokorlar ham mavjud kasallikning umumiy ko'rinishini ko'ra olmasligi mumkin, Buning sababi davolanish tarihining qandaydur qog'ozlarda yo'qolib ketgaligi yoki aynan ushbu shifokorning tajribasida, shunga oxshash mummo bilan bemor uchramaganligi yoki shunchaki shifokorning bilimi darajsi pastroq bo'lishi mumkin.

Google kompaniyasining tahlillari natijalari shuni ko'rsatadiki, Har o'ninchi bemor noto'g'ri berilgan tashhisdan aziyat chekishar ekan. Bunday ko'rsatkichlarni kamaytirish maqsadida dunyoning bir nechta ilmiy labaratriyalari va shifohonalarida Google Deepmind Health dasturi va ushbu dastur bo'yicha Google kompaniyasining mutahhassislari ish olib bormoqda. Hozircha dasturning qobilyatlari bemorlarni o'rganib chiqib, shifokorlarga tadqiqot natijalarini va davolash rejasini taqdim etishdan iborat.

Bu borada IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IBM Watson Health tehnologiyasi ham bemorlarda "Kardiyomiyopatiya, Tromboz va Yurak hurujini iloji boricha ertaroq aniqlash va davolash rejasini ishlab chiqishni amalga oshirib kelmoqda.

⚫Tashhis Qo'yish

Hozirgi kunda shaharlarda shifokorlar qabuliga internet orqali ham yozilish mumkin, Ammo dunyoning rivojlangan shaharlarida ham bemorlar soni ko'pligi sabab navbatlar vujudga kelishi sir emas. Mavjud muommoning yechimi topishda sun'iy ong bizga mHealth mobil shifohanasi orqali   yordamga kelishi mumkin. 

Mobil shifohonalar Ada. mobil ilovasi kabi ishlaydi. Bunda bemorlar mahsus ilovani o'z smartfonlariga o'rnatib oladilar, Ilova orqali sun'iy ong bemorga mahsus algoritm yordamida tartiblangan savollar beradi, Bemorlar o'zlaridagi kasallik a'lomatlarini tariflaydilar. Sun'iy ong barcha ma'lumotlarni, mamlakat iqlimi, kasalliklar statistikasi, bemor yoshi va boshqa omillarni barchasini bog'lagan holda bemorga tashhis va davolanish rejasini taqdim etadi.

Shuningdek sun'iy ong tehnologiyasi ko'rish qonilyatining pasayishi, sil kasalligi, Qand kasali,  miya shkastlanishi va yetishmasligi a'lomatlarini aniqlay oladi.

⚫Bemorlarni kuzatish

Sun'iy ong yaqinda uyga javob berilgan bemorlarning sog'ligi  hamda sog'ayish jarayoni haqidaga barcha ma'lumotlarni Sense.ly, dasturi yordamida, ushbu bemorning davolovchi shifokoriga yetkazib turishi va zarur holatlarda tezkor qarorlar qabul qilishi, Kuaztuv ostidagi bemorlar sog'ligi yomonlashgani haqida ularning o'zlarini va eng yaqin tez yordam bo'limini ogohlantirib turishi mumkin.

Shuningdek bemorlar uchun MedClueRx  nomli shunday dastur borki, U bemorlarga hech qanday shifokorsiz tashhis qoyishi va aynan maqul keladigan dori nomini tavsiya qilishi mumkin.

⚫Katta miqdordagi ma'lumotlar

Butun dunyo bo'ylab har 20 daqiqada tibbiyot sohasiga oid yangi maqola chop etilar ekan. Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki Rossiyaning MED-LINE nomli unchalik katta bo'lmagan tibbiot portalida 2017 yil davomida kelib tushgan havolalar soni 870 mingdan ortiq ekan. Endi tasavvur qilib ko'ringga: biron bir kam uchraydigan asallik haqida ma'lumot topish uchun, o'sha bemorning shifokori qanchadan - qancha maqolalarni ko'zdan kechirishi talab etiladi.

Bunday holatlarda inson faktori fizik jihatdan ojizlik qiladi va shu o'rinda sun'iy  ong bizni har qanday ojizlikdan qutqarib qolaoladi. Zero sun'iy ong tehnologiyasi to'g'ri qo'llanilgan oddiy dastur ham soniyasiga minglab varoq ma'lumotlarni qayta ishlashga qodir.

Shifokorlarga yordam berish maqsadida 2018-yilda CDSS nomli yangi tarmoq ishlab chiqildi. Tarmoqning faoliyati sun'iy ongga asoslangan bo'lib, butun dunyoda shifokorlar tomonidan kiritilgan ma'lumotlar, dastur o'zi olishga qodir bo'lgan ma'lumotlar hamda mahsus shifohonalarda davolanyotgan bemorlar ko'rsatkichlari va tahlillari natijalarini yagona markazlashdgan tizimda birlashtirish, kelgusida talab etilgan kasallik a'lomati yoki tashhis bo'yicha kerakli ma'lumotni taqdim etishga asoslangan !

⚫Avtomatlashtirish

Odatda barcha bemorlar shifokor qabuliga yozilishadi, Ammo ayrim holatlarda belgilangan qabulni bekor ham qilishlari mumkin yoki shunchaki borishmaydi tamom. Siz o'ylashingiz mumkin "Ho'sh buning nimasi g'alati va etiborni tortadi ? " deb.Gap shundaki Amerika sog'liqni saqlash vazirligi olib borgan hisob kitoblar shuni ko'rsatdiki: har yili bekor qilingan qabullar uchunshifokorlarga va boshqa harajatlarga ketadigan harajat $150 milliardan oshib ketar ekan. Bunday ko'rsatkichlarni kamaytirish maqsadida yirik shifohonalarda mijozlar oqimi va qabul tartibini boshqarish sun'iy ong zimmasiga yuklatildi.

Bunday topshiriqni faqat sun'iy ong yordamida bajarish mumkin. Vaholanki har kuni minglab bemorlarni yoshiga, holatiga, kasalliga, buni ustiga bemorlarning bosh vaqtlariga ham etibor beribg tatibni saqlash va qaysidur bemor favqulotda bekor qilingan vaqtda uning o'rniga boshqa bemorni tayyorlash, Benor shifokor qabuliga kirguniga qadar u haqdagi barcha ma'lumotlarni va hlil natijalarini tayyorlab, bemor shifokor qabulida iloji boricha kamroq muddat ushlanib qolishini ta'minlash har qanday tehnologiya uchun ham juda jun yoki oson ish emasligi aniq.

⚫Vizuallashtirish

Sun'iy ongning yana bir katta yutuqlaridan biri bu kasallangan tana a'zosining shifokor ko'z oldida VR tehnologiyasi va 3d yordamida shakllantira olishidir.

Aynan shunday imkoniyatni va shlab turgan tizimni bizga IBM kompaniyasi Arterys  nomli hizmat ko'rsatish dasturi asnosida ishlab chiqdi va yuqorida tariflangan shaklda ishlash imkoniyatini berdi.

Tasvirda  yuragida nomalum hastaligi bor bemorning vizuallashgan yuragi !
Tasvirda  yuragida nomalum hastaligi bor bemorning vizuallashgan yuragi !

⚫Sun'iy ongning dori-darmon sanoatidagi o'rni

Barchamizga ma'lumki har qanday oddiy dori ham o'ta aniq formulalarga asoslanib ishlab chiqilgan mahsulotlardir. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqishda sun'iy ong insonlar tomonidan yillab bajarilishi talab etiladigan tahlil va sinovlarni o'tkazishi, yakuniy hulosalarni esa faqat o'ta aniq natijalarga tayanib qabul qilishi mumkin.

Butun dunyo olimlari o'rtasida o'tkazilgan izlanishlar natijasida shunday hulosaga kelindiki, Dori  darmon mahsulaotlari qanchalik ko'p muddat test qilinmasin, baribir uning kasallikga qarshi samardorligi %50 dan oshmas ekan.

Kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar rejasiga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki yaqin kelajakda kundalik haytimizda uchraydigan har qanday kasallik bilan faqat sun'iy ong tehnologiyalari kurashish boshlaydi va har qanday og'ir kasallarga g'amhurlik qilish shunday aqilli dasturlarga topshiriladi.

⚫Yakuniy hulosa

Mana sun'iy ongning bizning hayotimizdagi muhim jabhalardan biri bo'lmish tibbiyot sohasidagi o'rni haqida ancha ma'lumotga ega bo'ldik.

Umuman olganda bu mavzuga yuzlanhim ortida bir istak bor edi. Sun'iy ong shunchalik qoyilmaqom narsa ekan nega endi biz uni O'zbeklarning hayotiga olib kirmayapmiz, Bizga nima yetishmayapti degan savol ko'nglimdan o'tyapti !?

Demak kiyingi yillarda shu savollarga javob topish bilan shug'ullanishga yaxshigina sababimiz bor. Kelinglar dostlarim shu sun'iy ong degan tehnologiyani osh pishirishga o'rgatamiz  ! 😎

Etiboringiz uchun rahmat, doimo sog' va salomat bo'ling !