JSON NIMA?

JSON (JavaScript Object Notation) bugungi kunda ma'lumotlarni saqlash va internet orqali uzatish uchun qo'llaniladigan eng mashxur format hisoblanadi. Dastavval JavaScript tili uchun yaratilgan bu format, bugungi kunda deyarli barcha dasturlash tillari tomonidan ishlatiladi. Qolaversa, JSON formatidagi fayllarining tarkibini oddiy matn muharriri yordamida koʻrish va tahrirlash mumkin.

Aksar holatlarda dastur va server orasidagi maʻlumotlar aynan JSON koʻrinishida uzatiladi. Quyidagi rasmda Wikipedia sahifasidan olingan maʻlumot ham JSON formatida berilgan:

Yuqoridagi misolda maʻlumotlar Pythondagi lug'atlar kabi kalit soʻz va qiymat koʻrinishida saqlangan. Lekin, JSON yordamida biz nafaqat lug'at, balki boshqa turdagi ma'lumotlarni ham saqlashimiz mumkin. Bunda Pythondagi ma'lumot turlari, quyidagi jadval asosida, JavaScript ma'lumot turlariga konvertasiya qilinadi:

pythonJavaScript
dictObject
listArray
tupleArray
strString
intNumber
floatNumber
Truetrue
Falsefalse
Nonenull

Demak, dasturimiz davomida maʻlumotlarni JSON ko'rinishida saqlashimiz, internet orqali boshqa foydalanuvchilarga, dasturlarga yoki serverga yuborishimiz, JSON fayllarni Pythonda ochib, unga ishlov berishimiz va turli amallar bajarishimiz mumkin.

JSON o'zgaruvchilar, tarkibidan qat'iy nazar matn ko'rinishida saqlanadi