Assalomu aleykum aziz do'stlarim .Offlayn xolatda ham sizni zeriktirmaydigan o'yin ya'ni Dinozavr T-Rex haqida barchangiz bilsangiz kerak. Ushbu o'yin juda sodda bo'lishiga qaramasdan sizni zeriktirmaydi. Google browserida onlayn xolda o'tirganingizda to'satdan hisobizda pul qolmasa yoki  Wi-Fi dan foydalanyotganingizda "lip" etib chiroq o'chib qolsa (o'zimda ham shu xolat kuzatilgan ), siz juda jaxl otiga minib olasiz va "tulung-tulung" etib :) ushbu dinozavrcha qarshingizdan chiqadi va siz u bilan ovunib qolib netda nima qilayotganingiz ham yodizdan ko'tariladi. Xullas bugungi suxbatimizda T-Rex o'yini haqida suxbatlashamiz azizlar, bugungi suxbatimiz ham juda qiziqarli va kulgili bo'ladi degan umiddaman. Ha aytgancha, Maqola so'ngida chellenj.Qani ketdik do'stlar!!!

Bu o'yin hammangizga tanish
Bu o'yin hammangizga tanish

1.T-Rex Dinosaour game . 

    Google Chromeda veb brauzer oflayn bo'lganda o'ynash mumkin bo'lgan o'yin borligini hamma ham bilmaydi. Ushbu Dinozavr o'yini cheksiz o'yin hisoblanadi. Siz bunda ,qandaydir tarzda cho'lda qolib ketasiz(Albatta , internetingiz ishlamay qolganda,hazil ), T-Rex ishlaydi va kaktus va pterodaktil ( Dinozavr turi) kabi to'siqlardan qochishga to'g'ri keladi,foydalanuvchilar yanada tajriba yig'ib  borishi bilan o'yin tezlashadi. Boshqaruv elementi -  "Probel "yordamida dinozavr birinchi paydo bo'lganda o'yinni boshlash va o'yin o'ynayotganda sakrashi mumkin.  Mobil qurilmadagi foydalanuvchilar uchun o'yinni dinozavrni (Android yoki iOS-da) bosish orqali boshlash mumkin. O'yinning maqsadi - imkon qadar iloji boricha kunlar va tunlar davomida (foydalanuvchilar ma'lum bir marralarga etganidan keyin teskari ranglar) yoki hech bo'lmaganda Internet qayta ishlay boshlaguncha omon qolish. :)

2. O'yinning kelib chiqishi.

    Chrome birinchi marta o'yinni 2014 yil sentyabr oyida chiqardi. Ammo Google uni ba'zi platformalarda, xususan eski Android qurilmalarida ishlashiga harakat qilgani uchun, ishlab chiquvchilar biroz o'zgartirishlar kiritdilar va qayta yozdilar va o'sha yilning dekabrida yakunladilar. Agar  Chrome foydalanuvchilari internet yoqilganda o'yinni o'ynashni xohlasa, ular samolyot rejimiga (Palyot rejimi) o'tishlari kerak yoki ,shunchaki,internetga ulanishlari shart emas. Ular xohlagan vaqtda o'yinni boshlash uchun  chrome://dino  deb yozishlari mumkin. Ishlab chiquvchilar o'yin deyarli abadiy qolishi mumkinligi bilan maqtanishadi. Yoki aniqrog'i 17 million yil. "Biz uni T-Rex Yerda qancha vaqt yashagan bo'lsa, shuncha vaqtni taxminan 17 million yilga yetkazish uchun qurdik", dedi Chrome UX muhandisi Edvard Jung. "Ammo biz sizning  joyingiz keyinchalik bir xil bo'lmasligi mumkin deb o'ylaymiz :)"

O'yindan havola
O'yindan havola

3. O'yin moxiyati.

Google uni ishlab chiquvchisiga bergan intervyusida o'yinning kelib chiqishini tushuntirdi.     

Chrome dizayneri Sebastien Gabrielning so'zlariga ko'ra , 

     "Butun dunyoda Internet mavjud bo'lishidan oldin bo'lgan "tarixdan oldingi asrlarga" qaytish. Internet rivojlanmagan davrlar ba'zi yoshlar buni tasavvur qila olmasalarda, o'sha davrning odamlar faqat ma'lum joylarda Internetga kira olganlar. Albatta bunday joylar shahar markazlari hisoblangan, hozir esa deyarli har bir xonadonda yuqori tezlikdagi internet mavjud. Bu tarixga qaytish, sizda Wi-Fi yo'q edi, internet yo'q edi odamlar qanday davrlarni boshdan kechirishganligini eslashsin hammasi osmondan tushgani yo'q axir", - dedi Gabriel. 

     Bundan kelib chiqadiki do'stlar. O'yin yaratuvchilari o'yindan foydalanayotgan yoshlar tarixni yodga olishlarini va izlanishdan , harakatdan to'xtamasliklarini kutishgan.

    E'tibor bergan bo'lsangiz Cho'llar va kaktuslar deyarli barcha saxna pikselArt ko'rinishidadir (kichkina katakchalar ko'rinishida), bu esa Google kompaniyasining dastlabki versiyalarini yodga soladi.  Chromening dinozavrlar o'yiniga "Project Bolan"  nomi berilgan, bu 1970-yilgi T-Rex rok guruhining marhum qo'shiqchisi Mark Bolanga tegishli. 

4. O'yinning yangi versiyasi.

O'yinning yangi versiyasi
O'yinning yangi versiyasi

     Albatta, bu o'yin yangilanishi kerak edi. yangilanishga muhtoj edi. Internet collective MSCHF va 100 Thieves kompaniyalari o'yinning yangi versiyasini ishlab chiqdi va T-Rex ga juda chiroyli, dekarativ qurollarni taqdim etadi. Google-ning "Dino o'yini - bu Addicting Games va Miniclip o'yinlari kabi narsalarning oltin davridagi yakuniy qadamdir", dedi MSCHF strategiyasi rahbari Deniel Grinberg, (The Verge ga bergan intervyusida), o'yinni modifikatsiya qilish "shunchaki shakllanishni yanada aniqroq qilish" ekanligini ta'kidladi. Bu haqiqatdir.  yangilanish bilan Dino o'yini kompyuterlar laboratoriyasida do'stlarim bilan o'tkazgan vaqtimda mini Flash o'yinlari hukmronlik qilgan davrdagi klassik veb-brauzer o'yini kabidir.

Dinozavrlar ko'rinishi
Dinozavrlar ko'rinishi

Agar o'yinni yangi versiyasida o'ynamoqchi bo'lsangiz ushbu URL manziliga bosing: https://dinoswords.gg  Omad do'stlar

5. Chellenj.

Demak, chellenjimiz haqida gapirib o'tsam , yuqorida aytib o'tganimdek bu o'yin cheksiz ammo siz yig'gan achkolaringizni bilishingiz mumkin. Xullas "T-Rex bilan kim ko'p yugurish" chellenjini o'tqazamiz. Chellenj ishtirokchilari olgan natijalarini skrenshot qilib ushbu maqola kamentiga yuborish orqali chellenjda qatnashadilar. Xafta oxirida chellenjimiz g'oliblari reytingi https://t.me/uzbekcoderslive da e'lon qilinadi. T-Rex bilan yugurishda to'xtamang aziz do'stlarim.Ushbu chellenjni o'zim boshlab berishga qaror qildim quyida mening natijam , past natija bo'lsa ham :)

Rasm xiraroq uzr so'rayman , Ko'rsatilgan raqam 1639.
Rasm xiraroq uzr so'rayman , Ko'rsatilgan raqam 1639.

6. Xulosa.

    Maqola shunchaki, do'stlarimiz orasida raqobatni kuchaytirish va ularni yuzlariga tabassum uyg'atish uchun yozildi. Agarda maqola orqali o'zingizga nimadir ola olgan bo'lsangiz men bundan bag'oyatda shodman. Kamchiliklar uchun uzr so'rayman.Ha aytgancha o'zim reytingni guruxga chiqaraman rasmlarni kamentga tashlab olgan achkongizni ham yozib qo'ying.

                    Kod yozishdan charchamang aziz do'stlarim :)