Maqola yozishdagi qoidalar quyidagilar:
1. Maqola o'zbek tilida bo'lishi lozim.
2. Maqolada aniq bir IT sohasiga oid mavzu yoritilgan bo'lishi, o'quvchilar uni o'qiganda o'zlariga yangi bilim yoki tajriba olishlari zarur.
Bu punktga ko’pchilik maqolalar to’g’ri kelmayapti. 4 ta qator yozuv yuzlab skrinshot rasmlari bilan maqola tayyorlab yuborilmoqda. Maqolada avval qisqacha kirish qismini anglatuvchi satr bo’lishi kerak. Keyin maqolaning ichki asosiy qismi. Maqolani chap tomonga tekislab yozing. Rasmlarning izohlari rasmdan so’ng pastda o’rtada yozing. Asosiysi maqolada yangicha ma’no-mazmun bo’lsin, yoki o’qigan o’quvchi birorta tajriba o’rgansin. Deylik, siz qiyinroq funksiyani qanday kodlar orqali bajarilishini maqola sifatida yozdingiz. Unda shunchaki kodlarni yozib qo’ymang, har bir kodni izohlang, misollar keltiring. Maqolaning mazmuni juda muhim hisoblanadi. Maqolaning so’nggida xulosaviy fikrlar satri bo’lishi shart. Oxiri mavhum yakunlanib qolgan, fikr tugallanmagan maqolalar qabul qilinmaydi.
3. Maqolada foydasiz linklar bo'lishi mumkinmas.
Maqolangizda foydali manbalarni ko’rsatishingiz mumkin, albatta. Masalan Githubdagi kodlarga link va boshqa shunga o’xshash foydali manbalar. Lekin umuman axborot texnologiyalariga aloqasi yo’q, yoki maqoladagi mavzudan butunlay chetlashgan, yoki reklama sifatida yozilgan linklar mavjud maqolalar qabul qilinmaydi. Har bir linkni maqsadli tarzda joylashtiring.
4. Imlo xatolari ko'p bo'lgan maqolalar chop etilmaydi.
Ma’no-mazmun yaxshi yozilgan maqolada orfografik xatolar bo’lishi esa maqolaning saviyasini tushiradi. To’g’ri, xatosiz matn yozishga o’rganing. Maqola matnida grammatik ham, orfografik ham xatolar bo’lmasin, umuman. Ba’zi maqolalarda ma’no juda yaxshi yoritilgan, lekin orfografik xatolar ko’pligi uchun ma’qullanmasdan qaytarib yuborildi. Imlo xatolarini to’g’rilashda internet saytlarida orfografik xatolarni aniqlash saytlaridan foydalanishingiz mumkin. Erinmang, hamma so’zlarni to’g’ri yozganingizga ishonch hosil qilgandagina maqolani yuboring.
5. Maqola boshqa manbadan to'g'ridan to'g'ri ko'chirilgan bo'lmasligi kerak.
Maqolani qaysidir chet el manbasidan olsangiz uni tarjima sifatida e’lon qilib chop etishingiz mumkin. Agar uni o’zingiz yozmagan bo’lsangiz-u, lekin o’zingiz yozganingizni ta’kidlasangiz bu plagiat hisoblanadi. Shunchaki o'zbek tilidagi maqolalarni nusxalab olib chop etishingiz plagiat hisoblanadi. Plagiat maqolalar chop etilmaydi (shu kungacha chop etilganlari ham o'chirib tashlanadi). Maqolada yangi fikrlarni ko’proq yoritishingizni maslahat beraman. Yana shuni unutmang, maqolada yozilgan faktlarning to’g’riliga muallif javobgar bo’ladi.
6. Maqolalarga qo'yilgan teglar mavzuga mos kelishi zarur.
Maqolalar mavzularini e’tiborsizlarcha tanlamang. Masalan maqolangizda Androidga oid hech qanday so’z ishlatmasdan unga Android tegini qo’shib qo’yishingiz tufayli ham maqolangiz chop etilmaydi.
Shu qoidalarni yaxshilab o’qing va qoidaga amal qilgan holda maqolani yuboring. Qoidalarning birorta bandiga to'g'ri kelmaydigan maqolalar chop etilmaydi!
25 of 123 replies
Raxmat !
👍👍👍👍
Til – dil kaliti, deyishadi. Yugurdik zamon soʻqmoqlarida insoniyat uchun tobora qadr topayotgan, oʻzlikni va yashab qolish shartini ortmoqlab chopayotgan manzara – bu, ona tili hodisasidir. Oʻzbek tili ham ana shu qutlugʻ kahkashon ichida yanada sayqallanib, goʻzallashib bormoqda. Bugun oʻzbek tili sharqu gʻarb davlatlarida
Асалому алекум узимни таништирай Исмим Озодбек 2002йил ман номерим 993997216 агар маколам йокиб соврун ютсам тел килилар регистрациядан утолмадим почта менда ёк
Ha yaxshi
E-mail pochta oching
Iltimos yangilarni posting Kabul qiling
To'g'ri
Iloji bo'lsa qanday hatolarni nazarda tutayotganingizni yozib qoldirssngiz.
Oldindan rahmat.
talabga to'g'ri kelmagan joyi o'z-o'zidan xato bo'ladi. maqolalarga izoh ham qoldirganman ko'pchiligiga
Assalomu alaykum. Men yangi qõshilmoqchi edim.Unin uchun nimalar qilshim keeerak?
Bu yerda qanaqa maqola haqida gap ketyapti
Assalomu alaykum hozir biz bu yerda oldingiday sertifikat olamizmi yoki maqola boyicha boladimi bellashuv
bu saytda hozir bellashuv bo'lmaydi. Maqolalar yozishingiz mumkin. Sertifikat esa bu saytda avval ham berilmagan, hozir ham berilmaydi.
alata ilm izlash kerak
Assalomu alaykum Muxammad aka. Bugun davomida ikkita maqola tayyorladim. Ikkisini ham rad etdiz. Xatolar nimada ekanligini aytib oʻtsangiz, iltimos. Ozmuncha mehnat qilmaganim yoʻq edi, axir. Hafsalani soʻndirmangiz
maqolalarizga izoh qilib yozdim
Assalom Alekum aka
Ассалому алейкум Махаммаджон ака! Менинг исмим Отабек. Мен ўзим Қозоғистонданман...
Менда битта савол бор эди...
Танловга бошқа мамлакатлардан хам қатнаша оладими? Ёки фақат Ўзбекистонданми?
Мен хам биринчи мақоламни қўйган эдим... Агар иложи бўлса текшириб, ўз фикрингизни айтсангиз. Илтимос!
Олдиндан рахмат!!!
https://it-park.uz/uz/one-million-uzbek-coders-loyihasining-faol-ishtirokchilari-uchun-tanlov/
Assalomu aleykum Maxammadjon aka. Meni ismim Muxlisa. Men kecha azo boldim. Lekin nimadan boshlashni bilmayapman.
Uzbekcoders ga azo bõlmoqchidim buning uchun nima qilishim kerak?
yaxshi
Katta rahmat, mana shunday aniq qoidalar bo'lishi kerak edi
Assalomu aleykum. Qaysi sohada bo'lmasin maqola yozish uchun shu sohaga oid yetarl bilim malaka kerak bo'ladi manimcha. Shuning uchun bu sohaga endi qiziqayotgan talaba, boshqa qo'llanmalardan foydalanib maqola yozsa bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
to'g'ridan to'g'ri ko'chirish mumkinmas. o'zini fikri bo'lishi kerak maqolada
Rahmat.
Maxammadjon aka Grafik Diaynerlik IT ga kiradimi?
javob uchun oldindan raxmat
Ha kiradi!
Bundan tashqari bu AT sohaning eng muhim bo'ginlaridan biri hisoblanadi! (UI/UX)
+
Maqolaning hajmiga ham qaraladimi
Yo'q menimcha
qaraladi, aslida biror mavzuni to'liq yozib chiqsangiz hajm o'z-o'zidan oshadi
Assalamu aleykum. Mening PHP va Python haqidagi maqolamni xatosi nimada ekanligini aytib bera olasizmu?
uni maqola deb bo'lmaydi, qoidalar bilan tanishib chiqing
Go'liblar qay tarzda taqdirlanadi ?
Rahmat
Iltimos shu elonlarni chap yoki ong tarafga olib qoyinglar maqola korinishida yozmi yangi maqolalarni oqishda sal noqulayliklar tugdirvotti
Raxmat kerakli maqola yozamiz va u hammaga qiziqarli boladi
Aka maqolam togrimi
men endi bildim tanlov haqida yutish ehtimoli bormi
Internetdan ko'chirilganku, qoidalarni yaxshilab o'qing
qanaqa internet qip qizil tuhmat bilganlarimni yozdim
ha yaxshi unda qoidalarni yaxshilab o'qing
Sertifikat qanaqa olinadi aka
Bilmoqchiydim mayning haqida maqola yozsa boladimi misol uchun mayning bilan shugulanish uchun nimalardsn boshlash zarurligi haqida qanaqa qurilmalar kerak bolishi va ularning ekspulatatsiyasi va narxlari haqida va h.k
yozavering
Hop
Assalomu alaykum Maxammadjon aka men ham million dasturchiga a'zo bo'ldim Parmonov Fazliddin