Assalomu alaykum aziz OMUC jamoasi, do'stlarim! Ushbu maqolda biz siz bilan veb-sahifadagi havola ostiga chiroyli chizilish shakllantirib, kontentni yanada chiroyli qilamiz. Buning uchun biz CSSning ajoyib uslublaridan va  HTMLdan foydalanamiz.

Standart holda veb-sahifadagi havolalar ostida chiziq doimiy mavjud bo'ladi:

Stabdart havola
Stabdart havola

Biz esa standart havola ostidagi chiziqni shunday harakatlantiramizki, ajoyib bir tuyg'uni foydalanuvchiga baxsh etadi:

Nostandart ost chizilish
Nostandart ost chizilish

Maqsadumizni aniqlashtirib oldik, endi kod yozishga o'tamiz.

Yuqoridagi animatsion tasvirda havolaga 5 xil ko'rinishda uslub berilgan. Siz o'zingizga ma'qulini qilishingiz mumkin. Quyidagi kodda hamma usulni ko'rib chiqamiz.

Demak, HTML faylda havolani hosil qilish uchun  elementidan foydalanamiz. Eslab qoling, agar bizga harakatlanuchi chiziq havolaning yuqorida bo'lishi kerak bo'lsa, ushbu elementga biror selektor berish kerak.

HTML:

Havolalarning ostiga o'zgacha chizilishi

Chapdan:
Mana bunday, Hattoki tepadan ham mumkin

Markaz bo'yicha:
Go'zallik

O'ngdan:
Mana bunday, Yoki mana bunday

Agar animatsion tasvirga diqqat qilgan bo'lsangiz, chiziqning umumiy 3 xildagi harakat turini sezasiz. Bu - chapdan o'ngga, markazdan chekkalarga, o'ngdan chapga.

Avvalo, sahifa uchun umumiy bo'lgan xossalarni yozamiz. Ahamiyatlisi, havoladan standart tag chiziqni olib tashlash uchun  text-decoration: none;  dan foydalanamiz.

CSS:

body  {
font-family: sans-serif;
font-weight: 300;
font-size: 24px;

.links  {
margin: auto;
width: 80%;

a {
text-decoration: none;
position: relative;

Birinchi, chapdan o'ngga harakatlanuvchi chiziqni hosil qilamiz. Buning uchun :before psevdoelementidan foydalanamiz. .left a::before uchun   width: 0%;  height: 2px;  transition: 0.2s; xossalarini yozamiz. Ya'ni, left klasidagi havolaning qalinligi 2px bo'lishi, hozircha uzunligi havolaning 0% uzunligiga teng bo'lishini kiritamiz.

Qachonki unga bizga yaxshi tanish bo'lgan :hover psevdoklasi biriktirilganda, width: 100%;  left: 0;  bo'lsin. Ya'ni chiziq paydo bo'lishni boshlaydi va kursor olinganda o'ng tarafga o'tib yo'qoladi.

Agar bizga yuqorida paydo bo'lishi kerak bo'lsa,  .left a.top::before {top: 0;} ni kiritamiz.

.left a::before {
content: '';
bottom: 0;
right: 0;
position: absolute;
width: 0%;
height: 2px;
background-color: #000;
transition: 0.2s;

.left a:hover:before {
width: 100%;
left: 0;

.left a.top::before {
top: 0;

O'ng tarafdan paydo bo'lish ham huddi shunday algoritmda bo'ladi, ammo kodda left ning o'rniga right ishlatiladi.

.right a::before {
content: '';
bottom: 0;
right: 0;
position: absolute;
width: 0%;
height: 2px;
background-color: #000;
transition: 0.2s;

.right a:hover:before {
width: 100%;

Markazdan paydo bo'lish esa bir o'zgarish bilan farq qiladi. Transform xossasi qo'shiladi. Ya'ni .center a::before uchun transform: scaleX(0);  yoziladi. Bu xossa X o'qi bo'yicha chiziq uzinligini berkitib turadi. Qachonki kursor huduga olib kirilsa, transform: scaleX(1);  xossasi ishlaydi va chiziq sekin paydo bo'ladi.

.center a::before {
content: '';
bottom: 0;
left: 0;
position: absolute;
width: 100%;
height: 2px;
background-color: #000;
transition: 0.2s;
transform: scaleX(0);

.center a:hover:before {
transform: scaleX(1);

Endi esa natijani ko'ramiz:

Natija!
Natija!

Agar sizga maqolam foyda bergan bo'lsa, xursandman!

E'tiboringiz uchun rahmat!