Mana deyarli 2 yildan buyon uzbekcoders hamjamiyati bo’lgan ushbu community.uzbekcoders.uz sayti faoliyat yuritib kelmoqda. Sayt faoliyati davomida ikki marta maqolalar tanlovlari katta yoshdagilar va maktab yoshdagilari uchun, shuningdek, faol o’qituvchilar uchun maqolalar yozish tanlovlari bo’ldi. Tanlovlar davridan keyin ham hamjamiyatda foydalanuvchilar soni keskin oshib, turli xildagi maqolalar yozib, savollar bo’lsa yo’llab turishibdi. Bugun sizlar bilan ushbu ikki yil ichidagi statistik ma’lumotlarni baham ko’rmoqchiman. Saytda administrator sifatida bir qancha statistikalarni ko’rish imkoniyati mavjud, ushbu statistikalarni quyida qiziqarli ma’lumotlar bilan birga taqdim etaman. Ushbu statistik ma’lumotlar 16.04.2022 sanadagi ma’lumotlarga asosan yozildi.

Foydalanuvchilar

Hozirgi kunda saytdagi umumiy foydalanuvchilar soni 71 261 tani tashkil qiladi.

Bir kunda hamjamiyatga a’zo bo’layotgan foydalanuvchilar soni juda o’zgaruvchan bo’lib, oxirgi 15-aprelda ularning soni 1 211 tani tashkil qildi va bu sayt ochilganidan buyon rekord natija hisoblanadi. Taqqoslash uchun aytaman, 1-aprel kuni shu ko’rsatkich 126 tani tashkil qilgan.

Hamjamiyatga eng birinchi qo’shilgan foydalanuvchi – One Million Uzbek Coders administrator akkaunti hisoblanadi.  Administratorlarni hisobga olmaganda hamjamiyatga birinchi akkaunt ochib kirgan foydalanuvchi ushbu akkaunt egasi hisoblanadi. Lekin bu foydalanuvchi bir yildan buyon saytdan foydalanmay qo’ygan.

Eng yangi foydalanuvchi tinimsiz o’zgarib turgani uchun aniq bir akkauntni ko’rsatish qiyin.

Lekin saytda faol bo’lgan va eng birinchi ochilgan akkauntlardan ba'zilari bor. Ushbu akkaunt egasi 2 yil oldin birinchilar qatorida hamjamiyatga qo’shilgan hamda ushbu maqolani yozishim davomida saytda faol bo’lgan.

Umumiy faollik statistikasi quyidagilar:

Oxrigi 30 kundagi faol foydalanuvchilar soni oxirgi oydagiga ko’ra - 10 311 ta

Oxirgi 7 kun ichidagi faol foydalanuvchilar soni - 6 517 ta

Oxirgi 24 soat ichida faol bo’lgan foydalanuvchilar soni - 1 544 ta

Faol foydalanuvchi deganda saytga kirib, undan foydalanib turgan foydalanuvchiga aytiladi.

Reputation

Saytda butun vaqt davomida eng ko’p reputation yig’gan akkaunt shu akkaunt hisoblanadi. Uning reputationi 3 862 ni tashkil qiladi.

Maqolalar

Shu kungacha saytda jami 2 632 ta maqola chop etilgan. Chop etilmay yoki o’chirib yuborilgan maqolalar bilan hisoblaganda esa 15 600 ta maqola mavjud. Talabga javob bermaydigan yoki mantiqsiz maqolalar juda ko'p marta yuborilgan, keyin esa o'chirib tashlangan yoki ma'qullanmagan. U maqolalar arxiv sifatida ommaga ko’rinmay sayt bazasida saqlanib qoladi. Maqolalarga yozilgan izohlar, javoblar soni esa jami 11 240 ta. 

Maqolalarga oid qiziqarli statistikalar

Eng birinchi chop etilgan maqola – Front end dasturchisi sifatida qayerdan va nimadan boshlagan maqul nomli OMUC administratorining maqolasi hisoblanadi. Administrator va moderatorlarning maqolalarini hisobga olmaganda esa OMUC hamjamiyatida birinchi chop etilgan maqola – Full stack veb dasturchi aslida kim nomli maqoladir, muallif Azamat Jumabaev. 

 

Eng ko’p ko’rilgan maqola –  “Bir million dasturchi” platformasi va sinfxona ochish haqidami nomli maqola, muallif Ravshanova Dilafruz Bahodirovna. Maqolaning ko’rishlari soni – 19 103 ta.

Umumiy top 10 talik quyidagicha.

Eng ko’p javoblar yozilgan maqolalar esa 58 ta javob bilan Blokcheyn haqida maqola hamda 54 ta javob bilan sertifikatlar haqida maqolalardir. Albatta administratorning maqola yozish qoidalari haqidagi maqolasiga javoblar soni 170 ta, lekin bu IT kontentli maqola emasligi uchun hisobga kirmaydi. Shuningdek, sohta izohlar bilan to’lgan maqolalar mavjud, ammo ularni ko’rsatishni mantiqsiz deb bildim. 

Eng ko’p maqolalar, postlar yozgan foydalanuvchi Badalov Azamat, 248 ta. Keyingi o’rinlarda quyidagicha:

Eng ko’p layk yig’gan maqolani statistika orqali bilishning iloji bo’lmadi, balkim bilsangiz izohlarda yozib qoldiring.

Savollar

Oxirgi paytlarda hamjamiyatda savol berish funksiyasi faollashtirilgan. IT ga oid savollar berish mumkin. Hozirgi kunda 24 soat davomida 100 dan ortiq savol yuborilmoqda, ulardan ko’pi bilan 1 tasi savol berish qoidalariga to’g’ri kelishi mumkin. Saviyasiz savollar esa o’chirib yuboriladi. Shuning uchun bo’lsa kerak shu kungacha jami berilgan savollar soni 110 tani tashkil qiladi. Ulardan 48% qismiga javob berilgan.

Xulosa

Ko’rib turganingizdek 2 yil mobaynida hamjamiyatda ko’plab maqolalar chop etilib, o’zbek auditoriyasidagi dasturchilarga katta yordam berdi. Maqolalar ichida juda saviyasi yuqori, ma’nosi yaxshi yozilgan, shaxsiy tajriba ulashilgan, motivatsion, IT ga oid qiziarli maqolalar juda ko’p. Shaxsan o’zim ham bunday maqolalarni ko’p uchratganman, o’zim uchun yangiliklar olganman. Menga ko’proq Abduaziz Ziyodovning API haqida yozgan maqolasi yoqqan. Maqolaga keng qamrovli yondashilib, yaxshi tushuntirilgan. 

Sizga eng yoqqan maqolalar qaysi? Izohlarda qoldiring.

Community.uzbekcoders.uz ni kuzatib boring.

Dasturlashni o'rganishda davom eting. Bir million o’zbek dasturchilari safida bo’ling!