Bekhzod AkbarovMay 03, 2020

Frontend yo‘nalishi chegarasi bilmas ummonga o‘xshaydi. Ummonda kemangiz bor lekin qo‘lingizda xaritangiz bo‘lmaydi. Ushbu sayohatda birinchi bo‘lib chuqur bo‘lmagan joylarni o’rganing, so’ngra chuqurroq sho‘ng‘ing. 

Frontend dasturchisi veb dasturchilari orasida eng ommabop va mashhur kasblardan biri hisoblanib, ushbu dasturchi asosan veb brauzerda ishlaydigan kod yozadi. 2 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Frontend dasturchisi uchun o‘rtacha yillik maosh miqdori $75000-$100 000 AQSH dollari miqdorida bo‘ladi(ushbu oylik miqdori mintaqa va davlatlararo farq qiladi).

Muvaffaqiyatli Front-end dasturchisi shaxs sifatida o‘zida bir nechta xislatlarni jam qilgan bo‘ladi:

· Puxta, ya’ni boshlagan ishini oldindan asosli reja asosida olib boradi va yakunlaydi

· Xayrixohlik

· Yaxshi muomila madaniyati va mahorati

· Xar hil insonlar bilan ishlash qobilyati

· Dizayn va estetikaga qiziqishi

. Biron bir tushuncha yoki g‘oyani tasavvur qila bilishi

Qachonki Front-End texnologiyalari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bunda foydalanuvchilarning brauzerlarida ishlaydigan dasturlash(Javascript) hamda belgilash(HTML, CSS) tillarini nazarda tutamiz va aksincha Back-End texnologiyalari haqida bo‘lsa u holda, serverda (foydalanuvchi ulanmoqchi bo‘lgan veb sahifa) ishlaydigan tillarni(Python, PHP, Ruby) nazarda tutamiz.

Demak, brauzer tushunadigan Front-End yo‘nalishiga kiruvchi tillarga HTML(Hyper Text Markup Language), CSS(Cascading Style Sheets) va Javascript kiradi. Ularning har biri o‘ziga hos maqsadga ega.

Shunday qilib, bu yo‘nalishni tanlaganlarga 1-maslahatimiz: 

1. HTML va CSS’ni o‘rganishdan boshlang

Menimcha, bundan boshqa ilojingiz ham yoq, ya’ni HTML va CSS’ni o‘rganmagan holda, suvdan quruq chiqib ketishingiz amri mahol. Lekin, nega? Sababi oddiy, uyni fundamentini baqquvat qilishingiiz kerak. Tasavvur qiling, fundamentni yogochdan qildingiz, ustidan esa g‘isht yoki beton qo‘yib uy ko‘tardingiz.

Veb dasturlashda ushbu 2-ta texnologiya HTML va CSS asosni asosi hisoblanadi. HTML’ni veb dasturlashni alifbosi deb ham bilsangiz bo‘ladi. Ushbu 2 ta texnologiyalarsiz veb sahifangizni tuzilishini va ko‘rinishini yarata olmaysiz. Ularni o‘rganish uchun birinchi qadamingizni www.uzbekcoders.uz dasturlashni masofaviy o‘qitish platformasidan boshlashingiz mumkin. Qo֥‘shimchasiga esa quyidagi manbalardan foydalanishingiz mumkin:

Veb sahifalar: CodecademyFreeCodeCamp.com

SoloLearn (HTML), SoloLearn (CSS), Treehouse (HTML), Treehouse (CSS), TutsplusA to Z CSSDashWeb AccessibilityThe Hello WorldKhan AcademyHTML5 from ScratchSitepointUsersnap

Kitoblar: MozillaDive into HTML5HTML DogHTML & CSSHTML Canvas

(c) The Best Websites to Learn Coding

 

HTML va CSS’ni o‘z moz o‘rganib olganingizdan so‘ngra, maslahatim kichik turdagi UI (foydalanuvchi interfeysi) elementlarini yaratishni boshlang. Masalan, “button”(tugmacha), “form”(forma elementi), “navbar”(navigatsiya paneli) kabi elementlarni yaratishni boshlasangiz, HTML & CSS’ni birgalikda ishlatish tajribangizni anchagina oshirib olasiz. Codepen.io platformasini aynan shu yangi o‘rgangan bilimlaringizni tajriba qilish uchun ajoyib o‘yin maydoni deb bilsangiz bo‘ladi. Ushbu platformada boshqa dasturchi va dizaynerlarni yaratgan ishlari bilan tanishib chiqing, ularni o‘rganib chiqing va platformadagi ijtimoiy hayotga ham qiziqib ko‘ring. 

 

2. Har hil loyihalar yarating

Kichik turdagi UI (foydalanuvchi interfeysi) elementlarini yaratish bu bir masala. Bir yoki undan ko‘p sahifadan iborat veb sahifa yaratish esa boshqa masala. Front-end yo‘nalishini o‘rganishingiz davomida Javascript dasturlash tiliga duch kelasiz. Ushbu til kuchli va keng ko‘lamli til hisoblanadi. Javascript tilini o‘rganishga HTML va CSS’ni o‘rganishga sarflagan vaqtingizdan anchagina ko‘p vaqt sarflaysiz.

Javascript asoslarini o‘rganib olganingizdan keying, murakkabroq mavzularni o‘rganishga o’tsangiz bo’ladi, ya‘ni Javascript tiliga yangi kiritilgan xususiyatlar (ES6+) va turli Javascript kutubxonalari(React.js, Lodash.js, Underscore.js, Graph.js va boshqalar). 

 

3. O‘qing, o‘qing va yana o‘qing

Kitoblarni o‘qib mutoala qilmasdan yuqori marallarni zabt etish qiyinligini juda yaxshi bilasiz. Kitoblarda va internetda mavjud ma’lumotlarni o‘qib, ularni tez va samarali tahlil qilish har qanday sohani o‘rganayotganizda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, endi boshlayotgan bo‘lsangiz, ko‘p har hil turdagi maqolalarni, ko‘rsatma va qo‘llanmalarni o‘qishingizga to‘g‘ri keladi. So‘ngra boshqa dasturchilar yozgan kodlarni ham o‘qib tushunishgach yetib borasiz. Va nihoyat yozilgan dastur kodini qanchalik samaraligiga ham baho berish darajasiga ham ko‘tarilasiz. Albatta ushbu safaringizda sizdan mehnat, sabr, kuchli iroda va qat’iyat talab qilinadi.

 

4. Front end dasturchisi faqatgina veb sahifalar yaratmaydi

Yuqorida aytib o‘tilgan 1-3 gacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsangiz, yetarlicha kitob va qo‘llanmalarni o‘qib chiqqan bo‘lasiz va oddiygina veb sahifa ham yaratish qo‘lizdan kelishi kerak.

Lekin frontend yo‘nalishi faqatgina veb sahifa va veb ilovalarni yaratishgina o‘z ichiga olmaydi. Bulardan tashqari yaratgan dasturingizni samarali ishlashi(performance), sinovdan o‘tganligi(testing), sifat nazaroti (QA) kabi muhim mavzularga ham qo‘l urishingizga to‘g‘ri keladi.

 

5. Ish qurollaringizni yaxshi biling

Front-end yo’nalishida ishlatiladigan texnologiyalar juda ko’p. HTML, CSS va Javascript texnologiyalari umuman veb dasturlashni asosi bo’lsa, bulardan tashqari o’zingizni ish jarayoningizni yengilashtirish uchun boshqa texnologiya va xizmatlardan foydalanishingizga to’g’ri keladi. O’zingiz uchun kerakli qo’shimcha texnologiya va xizmatlarni tanlab o’lishingiz muhim hisoblanadi. Samarasi yuqori texnologiya va xizmatlarni ish jarayoningizga qo’shishingiz, ishingizni avtomatlashtiradi va sifatini oshiradi.

Ushbu havolada keltirilgan har hil turdagi xizmatlar va texnologiyalar bilan tanishib chiqing: The Ultimate List of Best Free Tools & Resources for Front-End Web Developers

 

6. Vositachi vazifasini bajaring

Front-end dasturchisi sifatida siz o’rtada turgan odam, vositachi ham bo’lib faoliyat yuritasiz, ya’ni ishingiz jarayonida sifat nazoratini tekshiruvchi kasb egalari, mijozlar, foydalanuvchi interfeysi bo’yicha mutaxassislar hamda boshqa dasturchilar bilan aloqada bo’lasiz. Shu sababli, ishingzi jarayonida faqat o’ziz bilgan yo’ldan tashqari turli xil dunyoqarash, fikr va mulohazalarni inobatga olishingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun, HTML, CSS va Javascript asoslarini bilishingizdan tashqari, o’z fikr va mulohazalaringizni aniq va tiniq yetkazib berishni ham o’rganib borishingiz kerak.

 

7. Shoshilmang va savollar berishdan to’xtamang

Ushbu ummondagi sayohatingiz davomida, shunday vaziyatlar bo’ladiki, o’zingizga nimaga shuncha qiyinchilik va tushunmovchiliklarga qaramasdan o’rganishda va harakat qilishda davom etmoqdaman deb savol berishingzi mumkin va undan ko’ra tinchgina to’xtatib turganim maqul degan xulosaga ham kelishingiz mumkin. Qo’yilgan maqsadingiz yo’lida ko’pgina to’siq va muammolarga duch kelishingiz tayin va tabiiy hol. Lekin bu vaziyatda hech qachon O’ZINGIZGA O’ZINGIZ YENGILMANG!

Oldingizga KATTA MAQSAD qoygansiz, ya’ni Front-end yo’nalishini zabt etish maqsadini. Ushbu katta maqsadga erishingiz uchun, uni kichkina maqsadlarga bo’lib tashlang. Har kun ushbu kichkina maqsadlar ustida ishlashga kamida 1-2 soatdan vaqt ajrating. Front-end asoslarini toshga naqsh chizgandek, hotirangizga mixlashingiz kerak. O’rganishda hech qachon shoshma shosharlik qilmang. Mustaxkam asoslaringiz sizni keyingi darajaga ko’tarilishingizga poydevor bo’ladi.

 

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak…

Front-end dasturchisi bo’lib yetishishingiz uchun sizdan ma’lum miqdorda vaqtingiz talab qilinadi. Ushbu kichkinagina maqolada ta’kidlab o’tilgandek front-end dasturchisi bo’lish sizdan faqatgina har hil dasturlash tillarini, dastur yaratish muhitlarini va texnologiyalarni o’rganishni talab qilmaydi.  Bulardan tashqari mas’uliyatli, muloqatga kirishuvchan va har hil kasb egalari o’rtasida yaxshi vositachi bo’lishingiz ham muhim hisoblanadi.

Veb texnologiyalar yo’nalishi tezlik bilan kengayib borayotgan koinotga o’xshaydi va front-end dasturchilari hech qachon yangi bilim va tajribalarni o’rganishdan to’xtamasligi kerak.

Har qanday maqsadga erishishingiz uchun sabrli bo’lishingiz kerak. Shoshib qandaydur natijaga erishganingiz, sizni ohir oqibat baxtli va xursand qilmaydi. O’rganish va har hil texnologiyalarni ishlatishni tajriba qilayotga jarayoningizda albatta dam olish va tabiiy hordiq chiqarishni unutmang.

Kuningiz hayrli o’tsin!