Assalom alaykum katta oilamning aziz azolari. Mening ismim SaidAbbos馃槉 va bugun siz bilan dasturlash haqida emas, Kechagina OMUC ning telegramdagi rasmiy guruhuga tortinibgina "Salom" deb yozgan, Hozirda Vatani O'zbekistonga nisbatan 鉂わ笍ko'nglida fahr va tuganmas minnatdorchilik his etib yashayotgan yosh O'zbek dasturchilari haqida gaplashamiz.

"Hosh buning "OMUC Faollari Konkursi"ga nima a'loqasi bor 鈦夛笍" deyishingiz mumkin.聽

Albatta bu konkurs elon qilinganda ko'pchilkning ko'ziga faqat 馃捀moddiy tomoni ko'ringandi. Ammo ushbu konkursni tashkil etish va maktab o'quvchilarigacha sovrinlar ulashishdan maqsad, Aslida 聽shunchaki yana bir ovoza emas chindan ham O'zbekistonda Axborod Tehnologiyalari sohasi rivojlanishga muhtoj ekanligi va bu borada hech bir mulohazasiz harakatni boshlashimiz shart ekanligini anglagan holda, ushbu yutuqlar va 聽konkurs shunchaki turtki bo'lishi kerak edi. 馃槉

Ho'sh ushbu konkurs ko'zlagan maqsadiga erishdimi ?

Men "One Million Uzbek Coders" grand dasturida biringchilardan bo'lib qoshila olmagan bolsamda, Ammo ushbu dasturning O'zbekiston Respublikasida eng biringchi bitiruvchisi va dastur natijasining yaqqol namunasi bo'la oldim deya olaman. 馃槑

馃檵馃徎鈥嶁檪锔廇mmo bu hammasi emas. Ushbu grand dasturi doirasida imtihonlardan o'tib halqaro "Nanodegree" kurslarini tugatganlar sanoqli bolishi mumkin. Ammo hozirgi kunda "OMUC" dasturi ko'nglida dasturchilik va IT sohalariga mehr uyg'ota olgan nafaqat yoshlar balki har hil yoshdagi, har hil kasb vakillarini sanab sanog'iga yetish qiyin. 馃憤

鉁匟ozir zamon shunaqa odamlar aql bilan o'ylashni o'rganishgan. Sizlarni mavhum gaplar bilan avrash niyatim yo'q. Keling aynan raqamlar bilan sizni hayron qoldiray. "Bir Million O'zbek Dasturchilari" grand dasturi va dastur doirasidagi bepul o'quv kurslari tashkil etilganiga hatto bir yil muddat bo'lmagan bolsada, Ushbu dastur chin manoda o'z maqsadi tomon anchayin odim qadamlar bilan olg'a borayotganini korsatib qo'ya oldi.聽

馃攳Agarda "OMUC" ning rasmiy ma'nbalari keltirib o'tgan ma'lumotlarga etibor qaratadigan bolsak, Ushbu dasturga start berilgandan buyon qariyb 馃槉30 000 ga yaqin insonlar ushbu dasturga katta qiziqish birdirgan va ularning aksariyati dastur doirasida bepul taqdim etilayotgan darslarda qatnashish maqsadida onlayn talim platformamizda ro'yxatdan o'tgan.

馃憣Mingdan ziyod vatandoshlarimiz bepul dasturlash kurslarini yakunlab, bitiruvchi sertifikatini qo'lga kiritishdi. Roppa rosa 100 ta bahtli 馃qatnashchilar halqaro "Nanodegree" kurslarida bepul o'zish grandi sovrindori bo'lishdi.

馃搳Aynan "Faollar Konkursi" natijalariga keladigan bo'lsak "O'zbek Dasturchilari Hamjamiyati"ning rasmiy saytida may oyi holatiga ko'ra 50 mingga yaqing ko'rishlar soni, qariyb 1500 nafar ro'yxatdan o'tgan qatnashchilar tomonidan 1000 dang ziyod IT sohasiga oid foydali va sifatli maqolalar hamda video darsliklar tayyorlandi.馃憤馃徎

鈿狅笍Albatta har kim harlil fikrda ammo men shu kunga qadar ham O'zbekiston degan muqaddas diyorning loy kechib yurgan haqiqiy farzandi ekanligimdan va buni anglab yetishga qodir albim borligidan fahrlanib yashaganman. Balki sizga bohqacha yoki g'alati eshitilishi mumkindur, ammo anashu oddiygina VATAN so'zini eshitganimizda doimo ko'zlarimizda 馃槀yosh qalqiydigan darajada sevishimiz va Ollohimga shukrlar aytib, Shunday sehrli vatanimizning nomini qay soha doirasida bo'lmasin yuksaklarga ko'tarishimiz lozim. O'zbekiston doimo qadrli va sharfli bo'lsin, Zero u bunga loyik ekanligini har jabhada isbotlab kelgan !

鈿★笍Shu o'zinda takror aytaman:

鈿狅笍Biz buyuk insonlarning farzandlarimiz, Buyuk insonlar bo'lishga majburmiz !

馃槉Hosh ushbu ezgu niyatli konkurs shaxsan menga nima bera oldi ?

"Faol qatnashchilar Konkursi" haqida 8-may kuni halqaro "Nanodegree" kurslarini tugatgan kunim, 聽Ilk marta 聽"OMUC"ning Telegramdagi rasmiy kanalida o'qigan edim. Avvaliga "Bu konkursda qatnashmayman, Men shundoq ham o'zimga keragini oldim" deb o'yladim.Ammo "OMUC"ning eng birinchi bitiruvchisi 馃槑 sifatida barchaga habar berishim va grand dasturidan olgan ta'surotlarimni ulashishim kerak edi. Shu maqsad bilan Hamjamiyatimiz saytidagi ilk maqolam yozildi va foydalanuvchilar meni juda boshqacha bir hurmat va havas bilan qabul qilishdi. Men o'zimda bor bilimlar va tajribamni boshqalarga ulashishim kerakligini anglab qoldim. Menimcha aynan shu onda konkursning asl maqsadini va ushbu amallardan kutilyotgan natijani aslida qanday ekanligini anglab yetganman.聽

鉂わ笍Ushbu hislar bilan O'zbekistonda, hech bo'lmaganda qadamim yetishi mumkin bolgan har qanday shahar, qishloq va maktablarda offlayn darslar馃摙 tashkil etib, nafaqat bolalar, balki ko'nglida zamonaviy texnologiyalarga iliq tuyg'ulari bor, 馃挷yaxshi daromad keltiradigan va zamonaviy kasb egasi bo'lishga qiziqadigan har qanday vatandoshimga, mutlaqo bepul yoki faqat arzimagan harajatlarni qoplay oladigan narh bilan bilimlar ulashishni va moddiy tarafdan imkoniyati chegaralangan har bir O'zbek uchun sihatli o'zuv dasturlarini qo'l yetadigan darajagacha olib tushushni o'z oldimga maqsad qilib oldim.馃挭

鈽濓笍Ammo ushbu rejani amalga oshirishim uchun, avval konkursda g'olib bo'lishim va ushbu konkurs menga bera oladigan shon shuhrat, moddiy ko'mak va ruhiy quvvatni birlashtirib ilk bepul o'quv markazimni ochishim lozim ekanligiga aqlim yetardi. Ha albatta hamma gap pulda bo'lishi kerak emas, lekin o'ylab qarasam kimlardur shunchaki maqsadsiz pul uchun harakat qilayotgan davrda, Nega endi men yaxshi bir maqsadim uchun shu konkursda qatnashib g'olib bo'la olmayman deb o'yladim.馃槉

Konkursning go'liblar ro'yxatida tura olishga loyiqmanmi aslida ?

Konkurs doirasida Hamjamiyatning mahsus platformasida ko'plab sifatli, foydali va takrorlanmas maqolalar hamda darsliklar tayyorladim, charchagan yoki davom etishga o'zimda kuch topolmagan vaqtimda, Ezgu maqsadim, maqolalarimni tinmasdan kuzatib boradigan, har bir maqolam ostiga samimiy fikrlar qoldiradigan 馃do'stlarim va maqolalarimdagi 馃憤鉂わ笍Yoqtirishlar(Like) lar menga 馃挭kuch berib turardi.

鉃昋o'shimcha sifatida shaxsiy saytim, Telegram 聽va You Tube platformasidagi kanalllarim orqali barcha yosh dasturchilarga va shu soha oshiqlariga bepul ba sifatli dasrliklar taqdim etib kelyapman:

infomir.uz

馃憣Ma'lumot o'rnida baralla aytishim mumkin YouTube kanalimda joylangan "ONE MILLION UZBEK CODERS" da qatnashish uchun to'g'ri ro'yxatdan o'tish nomli vedio darsligim ushbu muddat davomida 4200 dan ortiq ko'rishlar soniga, kanalim esa aynan dasturlash darslari uchun qariyb 15 000 ko'rishlar sonini qayt etdi.

鉁匲shbu maqolani yozishimdan maqsad o'zimni ko'rsatish yoki maqtanish emas, Aslida Ushbu grand dasturi mening va men kabi insonlarning hayotida qanchalik muhim o'rin egallagani, Bini qanchalik bilimli qila olganini gaprib berish va o'zim uchun faollar konkursidan qanchalik katta yutuq olib bo'lganimni gapirib berish edi.聽

馃憣Aynan shu birgina konkurs menga bu hayotda hamma amallarimiz faqat kelajak uchun ekanligini tushuntira oldi. Konkurs doirasida men kabi mehnat qilayotganlar esa chetdan qaraganda huddi mening raqiblarimdek ko'rinishini ham bilaman. Ammo bugun sizlarga bu aslida ko'ringanidek emasligini, hamma gap faqat pulda emasligini va ular mening chin ma'noda 鉂わ笍oilam ekanligini bildirib qo'yish edi. 鈽濓笍Bugun Faollar konkursining so'ngi kuni ammo natija qanday bo'lishidan qatiy nazar mening oilam to'liq qolishini ollohdan so'rab qolardim. Mayli pul yoki g'oliblik o'z yo'liga, agar biz 聽shu yutuqlarga shunga loyiq bo'la olsak Ollohim alabatta yetkazishiga ishonchim komil.馃げ

Shu fursatdan foydalanib O'zbegimning ilmga chanqoq yoshlariga berilgan shunday imkoniyat va bildirilgan yuksak ishonch uchun Vatanimiz O'zbekiston va buyuk O'zbek halqi oldida minnatdorchilik bildirib, ta'zim qilaman. Raxmat !

"ONE MILLION UZBEK CODERS" dasturi nomi ortida mashaqqat chekayotgan qadrli insonlarimga KATTAKON RAXMAT !