Dasturchi bilan intervyu loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Asadbek Ro'ziyev.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyihada yosh dasturchilar haqida motivatsion shukuhdagi qisqa savol-javob (intervyu) berib boramiz. Bu intervyuda sizga o'xshagan O'zbekistondagi boshqa dasturchilar qanday o'z maqsadlariga erishgani va qanday loyihalar bilan mashg'ulligini baham ko'ramiz.  

Asadbek Ro'ziyev OMUC ning FrontEnd yo'nalishida dasturlashgan kirib kelgan, keyinchalik esa bu sohaga chuqur kirishib, mexanika muhandisligiga o'tgan va bir qancha yutuqlarga erishgan dasturchilardan biri. Asadbekni men OMUC ning endi paydo bo'lganidan boshlab juda faol ekanligini bilaman, buni isboti yuzasidan ushbu hamjamiyatdagi Asadbek tomonidan yozilgan maqolalarni ham o'qishingiz mumkin. Shu yoshiga nisbatan ko'p ishlarni bajarishga ulgurgan, doim olg'a intiluvchan ushbu yosh dasturchi ko'pchilik yoshlarga namuna bo'ladi, deya olaman. Quyida intervyuda bu haqida batafsil o'qishingiz mumkin.  

- Ism-sharifingiz, yoshingiz

- Asadbek Ro'ziyev, 16 yoshdaman, 2005 yil tavallud topganman.

- Ish/o'qish joyingiz

- Toshkent shahrida 225-maktabda 11 sinfda tahsil olaman. Texnologiya olamida bilimlarimni kuchaytirish uchun va tajriba olish uchun o'zim BESTARORG IT jamoa tashkil qilganman. Kelajakda buni yirik komoaniyaga aylantirishni maqsad qilganman.

- Dasturchilikni qachondan o'rganishni boshladingiz? Qaysi yo'nalishda dasturchilik qilasiz?

- Kompyuter bilan ishlashni maktab davridanoq bilar edim, ammo qiziqish yo'q edi. Dasturlashga OMUC orqali qiziqganman. Undan oldin C++, Arduino IDE dan foydalanar  edim. Men Fronend ni yaxshi darajada bilaman, ammo qiziqishimni mexanika muhandislikida topdim, sababi yoshligimdan bir-nimalardur yasar edim, buni menga Ollohdan berilgan talant deb bilaman. Men hayotim uchun shu sohani tanladim va muhandislik, elektronika bilan hayotim davomida shug'ullanaman.

- OMUC ning dasturchilikni o'rganishda sizga ahamiyati qanday?

- Karantin paytida matematika va fizikadan bilimlarimni kuchaytirayotganimda televideniya reklamasini ko'rib qiziqib o'rganishni boshladim. Har bitta trackni ko'rib chiqdim. Ammo, o'zim uchun oson va qiziqarlisi Frontend bo'ldi, web olami tuzilishi bo'yicha ancha bilim oldim va hozirda sayt tuzilmasi haqida yaxshi bilimga egaman. Faollar tanlovi orqali do'st ortirdim va ko'p narsalarni o'rgandim.

- Birinchi muhim loyihangizni qachon bajargansiz? Guruh bilanmi yoki bir o'zingizmi? Sir bo'lmasa loyiha haqida qisqacha yozib bersangiz.

- Men kichik, kichik loyihalar qilganman. So'ngra jamoa kerakligini tushundim. 2020 yil iyun oyida jamoa tashkil qildim. Undan oldin xalqaro robotototexnika tanlovi uchun ringdan shaybalarni kovshga soladigan moslama yasagan edim. Meni tanlovlarda ishtirok etishim ishimni davom ettirish uchun ilhomlantirgan.

- Dasturlashni o'rganishni boshlaganingizdan qancha vaqt o'tib birinchi marta jiddiyroq loyihada ishtirok etdingiz?

- Men jamoa tashkil qilishni OMUC dan so'ng maqsad qildim. Jamoamiz bilan hakatonlarda ishtirok etdik va tajriba oldik. Meni 2020 yil yakunida Yoshlar Forumiga taklif qilishdi. Shunda, davlatimiz raxbari Alisher Navoiy ni adabiyoti mavjud elektron dastur yaratishni taklif qildilar. So'ngra g'oya bilan ilhomlanib jamoamiz bilan ishga kirishdik. 

-  Qaysi dasturlash tillarini o'rganmoqchisiz? yoki sizga o'z yo'nalishingiz mutlaq yoqadimi?

- Men hozirda yo'nishimdagi texnologiyalarni bilaman, izlanishdan to'xtamayman. Mechanical engineering, electrical engineering bu meni sohamdir.

- Kelajakda mustaqil dasturchi bo'lmoqchimisiz (o'z firmangizga ega yoki freelancer sifatida chet elga chiqmagan holda) yoki Top 10 talikdagi dunyoning eng katta kompaniyalariga ishga kirishga (chet elga borib) qiziqasizmi? Javobingizga o'zingizning shaxsiy fikringizni qo'shib qo'ysangiz.

- Men fan, texnologiya, innovatsiya kerak bo'lgan joyda ishlayman. Hayotim davomida odam uchun foydam tegib sohamni ustasi bo'lishni maqsad qilganman. Men hech kimga ishlashni istamayman va birovdan ish izlashni xohlamayman, aksincha men o'zim ish-o'rinlarni kashf qilishni maqsad qilganman. Soham va maqsadim hamma IT muhandislarnikiday emas. Qayerda ishlashimdan qat'iy nazar ona-vatanimni yodimdan chiqarmayman. Men uchun hozirda bir natijaga erishish uchun avvalo bilim muhimdir. Hozirda, ishlashni emas tajriba olish, bilim olish 1-o'rinli narsadur. Kelajakda robototexnika bo'yicha global IT kompaniya tashkil qilib, unda bosh muhandis, asoschi va raxbar bo'lib, 21 asrda fan va texnologiyani mujassam etib, dunyo uchun yangi robotlarni kashf qilishni maqsad qilganman. Bu maqsdga erishish uchun menga bilimim fundament bo'la oladi deb o'ylayman.

- Endi dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan o'rganuvchilarga maslahatingiz qanday? Ayniqsa yo'nalish tanlolmay xunob bo'layotganlarga :)

- Ko'chada aylanib yursa odam muammolarni izlashni boshlaydi, men ham har xil muammolarni topib ularni yechish uchun texnologiyaga qiziqib qoldim va biznes bilan mexanik muhandislikni afzal ko'rdim. Har bitta dasturlash sohani ko'rib chiqing: qatsi biri sizga qiziqarliroq? Maqsadingiz nima? Nimalarni kashf qilmoqchisiz? Texnologiya markazlarga ochiq eshiklar kuniga boring har bitta sohani ko'ring, shunsa qiziqishni topasiz. Yangi dasturchilarga avvalo dasturlashni yaxshi oylik sabab o'rganishlarini tavsiya etmayman. Oylik lar yaxshiligini sababi bu ish juda qiyint, siz bu faqat uyda frilanserlik qiladigan kasb deb o'ylasangiz adashasiz. Soatlab kompyuter qarshisida o'tirish odati ko'p dasturchilarda bor, asabiylashish, kod ishlamasligi sababi bu ishda maosh ko'proq. Shaxsiy fikr.

•Yana bitta asosiy narsa: dasturlashni o'rganib Google ga ishga kiraman, diplom talab etilmas ekan, o'qishni nima keragi bor demang! Bu gap mening fikrimcha faqat o'qishga kira olmaganlar va hafa bo'lmasliklari uchun aytiladi, shu sabab xam siz o'zingizni finringiz bo'yicha maqsadlar qo'ying. Hech qachon ta'lim olish kerak emas demang. Albatta, bu meni fikrim, ammo vaqt kelib universitetda o'qishim kerak ekan degan fikrga kelib qolasiz. Sizning bilimingiz faqat dadturlash bilab cheklanmasin, matematika, fizikani o'rganing, u kerak emas deyish xam noto'g'ri, xattoki amallarni kompyuter bajarsa ham.

- OMUC da sertiifkat olishga qiziqib, darslarga esa qiziqmaydiganlarga maslahatingiz qanday?

- Kerak emas. Sertifikat olish uchun o'qimang. Qiziqmaysizmi majburlamang. Sertifikat borligi yo'qligi "bir-tiyin" men uchun, bilimi va o'sha sertifikatni olish uchun qanday ta'lim olgani muhimdir.

- O'z loyihalaringiz bilan bo'lishsangiz.

- Dasturchilar kitob o'qishni unutmang: https://bit.ly/3LU0d3Z

Dasturchilar ko'zingizni va sog'ligingiznu asrang: https://bit.ly/3JMyn82

Dasturchilar IT olamu haqida qiziqarli konentni kuzating: https://bit.ly/3HcCHvq

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab Yangi Oʼzbekiston uchun yangi elektron dasturlar, tizimlar, robotlar ishlab chiqdik!

Quyida ular bilan tanishish mumkin:

• ADIBLAR — ilovasi orqali o'zbek adabiyotlarni, she'rlarni, asarlarni, doston va hikmatlarni, audiokitoblarni, tarixiy kinofilmlarni tomosha qiing.

Adiblar — vaqt, pul va masofa tanlamaydigan ilova!

Tanishish: http://play.google.com/store/apps/details?id=uz.najottalim.adiblaruz

• Eyemed — ekran qarshisida vaqtni kamroq sarf qilish va oilaga yoki asosiy ihga vaqtni ko'proq ajatishda qiynalayotganlar uchun mo'ljallangandir.  

Tanishish: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jaxadev.appdatausagetracker

• Smart Automation System — "Aqlli uy" - simsiz aloqa orqali bir-biriga bog'langan va yangi uyda kundalik hayotni yanada qulayroq qilish uchun kvartirada o'rnatilgan elektron qurilmalar va sensorlar tizimi.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida kvartirani yong'in yoki suv toshqini kabi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish mumkin. Ular, shuningdek, resurslarni tejash va ovozli yordamchilar yordamida kundalik hayotni yanada samarali qilish va xona ichidagi yorug'lik, harorat va namlik darajasini avtomatik ravishda sozlashda yordam beradi.

• Languala — Siz Languala deyishga qiynalyabsizmi, demak chet tillarini organish vaqt-soati keldi! O'rganishuchun pulingiz yetarli emasmi? O'quv markaz uzoqlik qilyabtimi? Telefoningizga har hil pullik dasturlar yuklayverib charchadingizmi? Unda Languala sizga xohlagan darajani bepul o'rganish imkoniyatini bermoqda, muximi dunyoning istalgan markazidan turib o'rgansa bo'ladi!  

Tanishish: https://demo.languala.uz

• BESTARORG Academy — raqamli texnologiyalar olamida bepul taʼlim beruvchi loyiha. 100 DAN ortiq video darslar va qoʼllanmalar. Yurtimiz raxbari tashabbuslari va takliflariga binoan yaratilgan.

Tanishish: YouTube.com/bestarorg

Doimo yurtimiz uchun munosib loyihalar ishlab chiqishga va turli muammolarga chek qoʼyishga vaʼda beramiz.

Ha, Asadbekning tirishqoqligi va serqirraligini ko'rib, boshqalarning ham dasturlashga ishtiyoqi ortib borishi ajabmas. Asadbek dasturlashga qiziqib, uni o'rganishni boshlab, juda ma'noli maqoalalarni hamjamiyatda chop etib, ikki marta OMUC ning yirik tanlovida g'olib bo'lgan va o'z yo'nalishini tanlab, kelajagi uchun muhim qadamlar tashlab bormoqda. Qolaversa uning OMUC orqali dasturlashga kirib kelganini bilish quvonarli hol, albatta. Bu bo'lsa OMUC ning jamiyatimizda bir qancha yaxshi dasturchilar shakllanishiga xizmat qilayotganiga yorqin misol. Fikrlaringiz bo'lsa izohlarda qoldiring.   

 

Keyingi intervyularni ham chop etib boramiz. Bizni yanda qiziqarli intervyular kutmoqda.

Community.uzbekcoders.uz ni kuzatib boring.

Dasturlashni o'rganishda davom eting. Uni o'rganish o'z qo'lingizda!