Dasturchi bilan intervyu loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Ulug’bek Istamov.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyihada yosh dasturchilar haqida motivatsion shukuhdagi qisqa savol-javob (intervyu) berib boramiz. Bu intervyuda sizga o'xshagan O'zbekistondagi boshqa dasturchilar qanday o'z maqsadlariga erishgani va qanday loyihalar bilan mashg'ulligini baham ko'ramiz.  

- Ism-sharifingiz, yoshingiz

- Ulug’bek Istamov 15 yosh

- Ish/o'qish joyingiz

- Toshkent viloyati Chirchiq shaxridagi 5-maktab

- Dasturchilikni qachondan o'rganishni boshladingiz? Qaysi yo'nalishda dasturchilik qilasiz?

- 2020-yil 6-sinfligimda boshlaganman(u payt karantin davri edi) "Xalq ta'limi vazirligi"ning telegram kanalida coursera platformasi haqida ma'lumot olganman va qiziqib ro'yxatdan o'tganman. Shunday qilib dasturlash yo'nalishiga kirib kelganman 1 oydan so'ng coursera platformasida o'qiganlar orasida tanlov bo'ldi men unda g'olib bo'lib sovrinli yutuq qo'lga kiritdim, bu yutuq meni dasturlashga bo'lgan qiziqishimni yanada oshirdi. Keyin bir million o'zbek dasturchilari haqida eshitdim, qiziqib ro'yxatdan o'tib hamma yo'nalishida o'qib chiqdim :). Frontend yo'nalishi menga ma'qul bo'ldi boshida frontend dasturchi bo'lmoqchi edim javasciprtni yaxshiroq o'rganib keyin frameworklarini o'rganishni maqsad qilgan edim. Jamoam bilan tanlovga qatnashganda backend dasturchi kerak bo'ldi meni u payt backend dasturchi kim? nima qiladi? bilmas edim, shundan so'ng backend haqida ma'lumotlar izladim va backend yo'nalishini o'rganib hozir, backend dasturchi bo'lib ish yuritaman.

- OMUC ning dasturchilikni o'rganishda sizga ahamiyati qanday?

- Courserada html, css va java dasturlash tilini o'rganib yurgan paytimda, bular nima uchun kerak? qanday ishlatiladi bilmas edim. Video darslarda codepen.io orqali html, css kodlarni ishga tushirardi o'shanda web-saytlar shu yerda yaratiladi deb o'ylagan edim. OMUCda o'qiganimdan keyin ancha ma'lumotlarga ega bo'ldim, courserada o'rgangan narsalarimni nimada? va qanday foydalanish haqida bilib oldim. Keyin omuc hamjamiyati haqida bildim, shu yerda juda ham ko'p ma'lumot olganman. Ko'proq Abduaziz Ziyodov va SaidAbbos Khudoykulovlarni maqolalarini o'qir edim, shu maqolalar orqali backend yo'nalishiga qiziqishim ortgan. OMUC orqali ko'p yutuqlarga erishdim, loyihaga va uni tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Birinchi muhim loyihangizni qachon bajargansiz? Guruh bilanmi yoki bir o'zingizmi? Sir bo'lmasa loyiha haqida qisqacha yozib bersangiz.

- Birinchi qilgan loyiham o'zim qilganman, shaxrimizda bo'lgan tanlovga maktabimiz web-siteni qilganman. Unda maktabimiz haqida ma'lumot, tadbirlardan foto-suratlar joylangan edi.

- Dasturlashni o'rganishni boshlaganingizdan qancha vaqt o'tib birinchi marta jiddiyroq loyihada ishtirok etdingiz?

- Backend yo'nalishini o'rganganimdan keyin IT ACADEMYda yakuniy imtihon bo'lgan endi unda men kitob do'koni qilgan edim. Frontend, backend, grafik dizayn va qolgan hammasini bir o'zim qilgan edim. Juda ko'p marta errorlar bo'lgan yarim yo'lda tashab ketmoqchi edim ammo ketgan vaqtimni o'ylab oxirigacha qilishga ahd qildim. U loyihamni yakuniy imtihonga ko'rsatdim menga C sertifikatini berishdi (IT ACADEMYda A, B, C, D sertifikatlari bor edi) C men uchun yomon natija edi keyin men loyihamni yana bir ko'rishlarini so'ragan edim chunki ular uni oxirigacha ko'rishmagan edi. Oradan 2 kun o'tib meni chaqirishdi loyihani ko'rishdi. Ko'rganlardan biri A berish kerak yana biri esa B dedi, keyin ular menga yana bir topshiriq berishdi. Apini swaggerga ulasang A olasan deyishdi. Swagger nimaligi haqida bilmas edim, keyin google va youtubedan ko'rib o'sha zahotiyoq qilib ko'rsatdim va A sertifikatini oldim. Oradan 1 yoki 2 oy o'tib Bank va moliya akademiyasining "Fintech & Vr" hakatonida qatnashdim. Hakatonga boshqa loyiha qilmoqchi edim ammo o'xshamadi keyin education yo'nalishiga kitob do'konni olib chiqdim va 3-o'rinnni oldim. Eng jiddiy loyihamni shu deb bilaman chunki bunda juda ko'p qiyinchiliklar bo'lgan edi.

- Shu kungacha ishtirok etgan loyihalaringiz, tuzgan dasturlaringiz haqida ma'lumot bersangiz.

- Asosan qatnashgan loyihalarim tanlovlarga o'zim va jamoam bilan qilganmiz. Tepada aytib o'tganimdek kitob do'kon, o'quv markazi uchun admin panel, landing pagelar qilganman, webview funksiyasidan foydalanib android ilova ham qilganman :)

- Qaysi dasturlash tillarini o'rganmoqchisiz? yoki sizga o'z yo'nalishingiz mutlaq yoqadimi?

- Hozir backend uchun pythondan foydalanaman. Chunki hozirda python rivojlanmoqda. O'rganish masalasiga kelsak golang dasturlash tilini o'rganmoqchiman va dasturlashdan tashqari video montajni ham chunki hozirda grafik dizaynerlik bilan ham shug'ullanman, dizaynlarni harakatga keltirishni ozroq bilaman ammo mukammal o'rganib ajoyib motion dizayn qilish niyatim ham bor. Shu sababli video montajlikni ham o'rganmoqchiman.

- Kelajakda mustaqil dasturchi bo'lmoqchimisiz (o'z firmangizga ega yoki freelancer sifatida chet elga chiqmagan holda) yoki Top 10 talikdagi dunyoning eng katta kompaniyalariga ishga kirishga (chet elga borib) qiziqasizmi? Javobingizga o'zingizning shaxsiy fikringizni qo'shib qo'ysangiz.

- Ochig'i ikkisiga ham qiziqaman. Menga Google, Amazon, Apple kabi gigant kompaniyalarda ishlash yoqadi ammo o'zimni ham kompaniyamni ochib uni boshqarish niyatim ham bor, hozirda aniq bittasini tanlamaganman. Meni o'ylashimcha ikkisida ishlash uchun ham avval biror bir kompaniyada tajriba ortirish kerak.

- Endi dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan o'rganuvchilarga maslahatingiz qanday? Ayniqsa yo'nalish tanlolmay xunob bo'layotganlarga :)

- Endi dasturlashga kirayotganlar boshida hamma yo'nalishda o'qib ko'rishi kerak shundan so'ng o'ziga mos yo'nalishni bilib olishi mumkin (men ham shunday qilganman).

- OMUC da sertifikat olishga qiziqib, darslarga esa qiziqmaydiganlarga maslahatingiz qanday?

- ...

- Shaxsiy blogingiz haqida aytsangiz

- Telegramda kanalim bor u yerda dasturlash haqida ma'lumotlar, tanlovlar haqida joylab boraman. Post dizayn qilib shu orqali portfolioni ham boyitib boraman :). Qiziqganlar uchun https://t.me/istamov_blog

Ulug’bek Istamovning dasturchilikka chuqurroq kirishishida OMUC ning ahamiyati borligi OMUC loyihasi doirasida o'qiyotgan boshqa dasturchilarga ham motivatsiya beradi. Ulug'bekning ishlariga omad tilaymiz.

Community.uzbekcoders.uz ni kuzatib boring.

Dasturlashni o'rganishda davom eting. Bir million o’zbek dasturchilari safida bo’ling!