Dasturchi bilan intervyu loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Jahongir Mannonov.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyihada yosh dasturchilar haqida motivatsion shukuhdagi qisqa savol-javob (intervyu) berib boramiz. Bu intervyuda sizga o'xshagan O'zbekistondagi boshqa dasturchilar qanday o'z maqsadlariga erishgani va qanday loyihalar bilan mashg'ulligini baham ko'ramiz.  

- Ism-sharifingiz, yoshingiz

- Mannonov Jahongir

- Ish/o'qish joyingiz

- Behad LLC

- Dasturchilikni qachondan o'rganishni boshladingiz? Qaysi yo'nalishda dasturchilik qilasiz?

- 17 yoshimdan beri dasturlashni o'rganim kelaman, boshida Python o'rganganman hozir esa Android dasturchiman

- OMUC ning dasturchilikni o'rganishda sizga ahamiyati qanday?

- Dasturchi bo'lishimga OMUC sababchi, dasturlash bo'yicha bilimlarni birinchi bo'lib OMUC'dan olganman va keyinchalik Toshkentga kelib o'qishimning yarmini OMUC qoplagan

- Birinchi muhim loyihangizni qachon bajargansiz? Guruh bilanmi yoki bir o'zingizmi? Sir bo'lmasa loyiha haqida qisqacha yozib bersangiz.

- Birinchi jiddiy dasturni dasturlashni endi o'rganib yurgan vaqtlarim bajarganman, Kitob topib beradigan dastur bo'lgan, lekin ba'zi sabablarga ko'rsa loyiha fail bo'lgan, gurux bo'lib ishlaganmiz, guruxda Backend, Android, UX/UI designer bo'lgan

- Dasturlashni o'rganishni boshlaganingizdan qancha vaqt o'tib birinchi marta jiddiyroq loyihada ishtirok etdingiz?

- 4 oy o'tib loyihaga qo'shishgan, yaxshi practice bo'lgan.

- Shu kungacha ishtirok etgan loyihalaringiz, tuzgan dasturlaringiz haqida ma'lumot bersangiz.

- Shu kungacha juda ko'p loyihalarda qatnashganman, yarimi komerschikiy bo'lgan do'kondan torib service xizmatlarigacha, Google Play'da ham o'zimni dasturlarimga egaman

- Qaysi dasturlash tillarini o'rganmoqchisiz? yoki sizga o'z yo'nalishingiz mutlaq yoqadimi?

- Android yo'nalishi o'zimga yoqadi, lekin ba'zida Spring Boot'da backend ko'tarib turaman va qo'shimcha tarzda Java Backend o'rganishni xohlayman

- Kelajakda mustaqil dasturchi bo'lmoqchimisiz (o'z firmangizga ega yoki freelancer sifatida chet elga chiqmagan holda) yoki Top 10 talikdagi dunyoning eng katta kompaniyalariga ishga kirishga (chet elga borib) qiziqasizmi? Javobingizga o'zingizning shaxsiy fikringizni qo'shib qo'ysangiz.

- TOP 10 talik kompaniyalarga qiziqishim katta emas, kompaniyaga ishga kirishdan oldin ular to'laydigan mablag' va komandasiga e'tibor beraman agar ular menga mos kelsa ulardan top kompaniya men uchun boshqa yo'q.

- Endi dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan o'rganuvchilarga maslahatingiz qanday? Ayniqsa yo'nalish tanlolmay xunob bo'layotganlarga :)

- Hamma yo'nalishga kirib ko'rsin va kichikroq loyiha qilsin, yoki ko'zni yumib bitta yo'nalishni tanlab keyin shu yo'nalish bo'yicha ketaversin, menimcha dasturlashni yaxshi ko'rmagan odam uchun yo'nalish tanlab ovora bo'lish shart emas chunki hamma yo'nalishlar aslida o'xshash

- OMUC da sertifikat olishga qiziqib, darslarga esa qiziqmaydiganlarga maslahatingiz qanday?

- Sertirfikat hech narsani hal qilmaydi, asosiysi bilim, o'rgangan bilimlaringiz orqali ishga kirasiz, bunda sertifikat sizga yordam bermaydi, dasturlashni asosiy yutug'i ham shunda sizga hech qanaqa diplom shart emas, shunchaki aytigan vazifani bajara olsangiz bas

- Java bo'yicha kurslar qilgansiz, shu haqida ma'lumot bera olasizmi?

Android, Java, Kotlin haqida video darslar olganman, link: https://www.youtube.com/channel/UCyubONXiV3o8ccpYzE31bCw

Jahongir Mannonovning yetuk Android dasturchilaridan bo’lib yetishishida uning mehnati, intiluvchanligi bilan birgalikda OMUC ham sababchi bo’lishi quvonarli hol albatta. Android yo’nalishida yaxshigina rivojlangan ushbu dasturchi OMUC tanlovining g’olibiga ham aylangan hamda hozirda muvaffaqiyatli tarzda Android dasturchi sifatida loyihalar amalga oshirmoqda. Jahongirning ishlariga omad tilaymiz.

Keyingi intervyularni ham chop etib boramiz. Bizni yanada qiziqarli intervyular kutmoqda.

Community.uzbekcoders.uz ni kuzatib boring.

Dasturlashni o'rganishda davom eting. Bir million o’zbek dasturchilari safida bo’ling!