
C++
C++ - bu kompilyatsiyalanadigan, obyektga yo’naltirilgan dastrulash tili.
Eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi.
O’tgan asrning 80- yillarida Byorn Straustrup tomonidan ishlab chiqilgan.
C++ eskirdimi?
Bu fikrga qo’shila olmayman. C++ ishlab chiqilgan vaqtlardan boshlab rivojlanib keladi. Bu rivojlanish hali to’xtaganicha yo’q, bunga misol shu yili ham C++20 taqdim etildi.
Kim C++ eskirdi degan fikrda bo’lsa ularga yangilimiz bor – bu til eskirishi uchun biror Texnologik revolyutsiya bo’lishiga to’g’ri keladi ;)
Nima uchun bunday?:
U tez
Dasturlash tillarini samaradorlikga tekshiruvchi xar qanday testni ochsangiz C++ yuqori o’rinlarda turganiga guvoh bo’lasiz. Aynan shu jihati ham IT da C++ ga talabni ko’payishiga sabablaridan biri.
To’g’ri, aytishingiz mumkin bu borada C yoki Rust kabi tillar ham mos keladi deb. Lekin agar siz bitta til o’rganib, unda har qanday qiyinlikdagi dasturlarni tuzmoqchi bo’lsangiz unda sizning tanlovingiz C++.
U universal
C++ kompilyatorlari har qanday operatsion tizimlarda mavjud. Ko’p dasturlar osongina bir platformadan boshqa platformaga ko’chirilishi mumkin, ishchi muhitlar va kutubxonalar bilan sizda muammolar bo’lmaydi.
U qayerda ishlatilishini yodga olishimizning o’zi yuqoridagi gapga isbot bo’la oladi:
mikrokotrollerlar, robotlar, desktop va mobile dasturlar, o’yinlar, statistikalarni qayta ishlash va neyron tarmoqlari. Har joyda.
Ha, hozirgi kunda boshidan oxirigacha C++ da yozilgan dasturlar kam bo’lishi mumkin. Lekin har qanday yirik loyihalar uchun C++ qisman bo’lsa ham ishlatiladi, shuning uchun ham dasturchining tarjimai holida C++ ni bilishi foydadan holi emas.
U faolravishda qo’llab-quvvatlanadi
Qo’llab quvvatlash deganda faqatgina standartlar yangilanishi degani emas. C++ doimiy kutubxonalar, shablonlar va kodlar ulashib turuvchi ajoyib hamjamiyatga ega. C++ yetarlicha qiyin til, shuning uchun yangi boshlaganlarga bunday kutubxonalar, shablonlarning katta yordami tegishi mumkin.
U dasturlashni o’rganish uchun yaxshi fundament bo’la oladi
C++ ni o’rganganingizdan keyin boshqa dasturlash tillarini o’rganish unchaligam qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu xuddi mexanik qutilik avtomobildan avtomatik qutilisiga o’tganday, yoki borgan yo’ldan qaytish kabi. Shu sabab ko’p OTM larda C++ kursi mavjud. Misol uchun o’zimizning TATU ;)
Xulosa
Demak C++ hali eskirganicha yo’q va faol ishlatilib kelmoqda.
Eslatib o’taman eng yaxshi, kuchli yoki ideal til mavjud emas. C++ xam ideal emas, kamchiliklarini boshqa safar ko’rib chiqarmiz.