Assalomu alaykum. Bugun men sizlarga Blockchain haqida sodda tushunchalar beraman.

Kirish

  • Blockchain nima?
  • Mining(mayning)
  • Bitcoin
  • Ethereum
  • Smart contract

Blockchain

Blockchain so'zini tarjima qilsak blocklar ketmaketligi degan manoni beradi. Blockchainning asosiy ustinligi ham mana shunda. Malumotlarni ketma ket ravishda saqlash. 

Har bir block o'zida 3 hil malumot saqlaydi:

  1. Blockning hash kodini
  2. Undan oldingi blockning xesh kodini
  3. Tranzaksiyalarni
Blocks
Blocks

Xesh kod malum bir algoritmga asosan hisoblanadi, Blockning qolgan ikki muloti xeshlanadi va block xeshi kelib chiqadi va kegingi blockga beriladi va shu ketma ketlikda blockchain ishlaydi.

Mining

Mining
Mining

Mining(mayning) bu blockning bir algoritmga asosan xesh kodini hisoblash. Misol uchun Bitcoin SHA256 algoritmini ishlatadi. Blockchainni birnchi blockini xeshlash oson chunki uning qiyingili 1 bo'ladi. Kegingi blockda esa 2 va shu tarzda oshib boravedi. Bu nonce deyiladi. Masalan nonce 5 ga teng bo'lsa xesh 5 marta xisoblanadi.

Mayningni ikki hil uslubda qilsa bo'ladi: 

  1. CPU
  2. GPU
  3. ASIC

CPU - bu kompyuterning prosessori yordami qilinadi, asosan X11,Bcrypt,CryptoNight,Dcrypt va boshqa algoritmlar ishlatiladi.

CPU mining
CPU mining

GPU - bu kompyiuterning video kartasi yordamida qilinadi, asosan Ethash, Equihash,Daggerhashimoto va bosha algoritmlar ishlatiladi.

GPU mining
GPU mining

ASIC - bu mayning uchun ishlab chiqarilgan no odatiy qurilma. Asosan Bitcoinni mayning qilish uchun aloxida ishlab chiqariladi. Xozirda boshqa algoritmlar uchun ham ishlab chiqarilyabdi.

ASIC mayner
ASIC mayner

Agar mayning bo'lmasa malumotlar blocklarga yozilmedi va blockchain ishlamedi. Shuning uchun kim blockni birinchi bo'lib xeshlasa, shu odamga malum miqdorda kriptovalyuta mukofot sifatida beriladi. Ko'plab insonlar mayning ortidan mo'maygina daromad qiladi.

Bitcoin

Bitcoin
Bitcoin

Bitcoin(BTC) - bu dunyodagi birinchi krivto valyuta bo'lib, blockchain tizimini boshlo'vchisi. Uning asoschisi Satoshi Nacomoto ismi nomalum inson. Bitcoin 2009 yil birinchi bo'lib ommaga taqdim etilgan. U payda $1 = 1,309.03 BTC. Har bir inson o'ziga bitcoin address ochishi mumkin edi. Bitcoin addressning 2 hil kaliti bor

  1. Public key
  2. Private key

Public key - bu uning addresi, barcha insonlarga ko'rinadi. Boshqa foidalanuvchilar shu publik key orqali sizga valyuta jonatishlari mumkin.

Private key - bu mahviy kalit bo'lib. Boshqa foydalanuvchiga mablag jo'natishda ishlatiladi.

Bitcoin tizimidagi tranzaksiyalarni o'chirib bo'lmaydi va o'zgatrib ham. Uni yaratgan odam ham kimnidur mablagini private key siz boshqa olmaydi. Shuning uchun Bitcoin birinchi desentrallashgan valyuta, uni hech qaysi bank yoki odam boshqarmaydi, hamma o'z mablagiga xo'jayin. Lekin agar siz o'z private keyingizni yo'qotib qo'ysez, sizga hech kim tiklab berolmaydi.

Bitcoinning xozirgi kundagi narxi 1 BTC = 8 842,99 USD

Ozgina raqamlarga yuzlansak

Xozirgi block

  • Tartibi: 631,008
  • Hajmi: 1,339,875 Bayt
  • Blockdegi tranzaksyalar soni: 2,791 ta
  • Qiyinligi: 15,138,043,247,082
  • Xeshlash ga ketgan vaqt: 10 minut 39 sekund
  • O'rtacha xeshlash tezligi: 108.19 EH/s
  • Block mukofoti: 6.25 BTC ( 55268$ )

Xozirgi kunga kelib hech kim o'zi mayning qilmaydi, albatta Poollarga ulanadi. 

Mining Pool - bu dunyo bo'ylab ko'plab odamlar tezliklarini birlashtirib birga mayning qiladi. Va daromad har bir odamlarni qurilmalari tezligiga qarab tahsimlanadi.

Bitcoin faqat valyuta va blockchainni tranzaksiyalar uchun ishlatadi 

Ethereum

Ethereum
Ethereum

Ethereum(ETH) - bu ham Bitcoin singari kriptovalyuta. Uning ustun tomonlari juda ko'p bo'lib, ulardan biri Smart Contract (Aqilli kontraktlar). Asoschisi bo'lmish Vitarik Buterin blockchain tizimiga yangi yo'llar ochdi. O'z kriptovalyutasini yaratmoqchi bo'lgan odamlarga juda oson tizim sifatida ish boshladi. Aqilli kontraktlar bilan siz, bor yo'gi 30 daqiqada o'z kriptovalyutengizni yaratasiz, bunga blockchain shart emas, hamma tranzaksiyalar ETH blockcheyinida yuz beradi va sizning kriptovalyutengiz Token sifatida ishga tushadi. Xozirgi kunda kriptovalyuta bozoridagi 95% Tokenlar ETH tizimida ishga tushgan. 

ETH tizimidagi tokenlar asosan biznes boshlash uchun qo'l keladi, bu haqda aloxida maqola qoyaman, juda keng mavzu

Ozgina raqamlarga yuzlansak

Xozirgi block:

  • Tartib raqami: 10141869
  • Hajmi: 46,874 Bayt
  • Blockdegi tranzaksiyalar soni: 175(ETH) va 28(Boshqa tokenlar aro)
  • Qiyinligi: 2,247,342,487,311,409
  • Xeshlashga ketgan vaqt: 21 sekund

Smart contract

 

Smart contract
Smart contract

Aqilli kontraktlar - ETH tizimida tokenlar uchun public keyga boglanib yaratiladi. Aqilli kontraktlar Solity dashturlash tilida yoziladi va Web3 tizimi orqali server side dashturlash tillari bilan boshqariladi. Aqilli kontraktlar quyidagilarga ega bo'lishi kerak:

  • Token nomi
  • Emissiya
  • Narxi
  • Tranfer funksiyalari

To'liqroq tushuncha uchun yangi maqolada Aqilli kontraktlar haqida yozami

ETH blockchaini tranzaksiyalar va Aqilli kontraktlar malumotnini saqlayabdi. Sizning ETH hamyonizda ETH valyutasidan tashqari boshqa Tokenlar ham saqlanishi mumkin.

Xulosa

Blockchain haqida qisqacha malmotlar shu yerda yakunlanadi. Bu tizim internet tarixidagi juda katta yangiliklardan biri. Kundalik hayotimizga endi kirib kelmoqda. Yangi loyihangizni boshlash uchun eng yaxshi online qurilma sifatida yordam beradi.Ko'plab tadbirkorlar IPO o'rniga ICO orqli aksiyonerlarni jalb qilishga tushishgan. 

Kegingi maqolalarimi kuzatib boring, ularda sizlar Aqilli kontraktlar ,ICO va DAPP lar haqida to'liqroq tushunchaga ega bo'lasiz, savollar bo'lsa kommentariyalarda kutib qolaman. Xato va kamchiliklar bo'lsa manzur tutasizlar. 

Etiboringiz uchun raxmat!!!