"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi 12 yoshdan oshgan O'zbekiston aholisini bepul masofadan turib o'qitish uchun mo'ljallangan. Loyihaning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalar sohasidagi dasturlash ko'nikmalariga ega bo'lgan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdan iboratdir.

“Bir million o'zbek kodlovchisi” onlayn o’quvlar bo'lib, u yerda har bir o'quvchi yoshlar  uzbekcoders.uz platformasida mustaqil ravishda materiallarni o'rganadilar, topshiriqlar, laboratoriya ishlarini bajaradilar.

Loyihaning maqsadi: "Bir million o'zbek koderi" loyihasi doirasida maktablarda Udacity platformasini masofadan o'qitish metodikasini joriy etish .

Men har doim o’quvchilarimga sertifikat olish imkoniyatini beradigan onlayn kurslarda o’qishlarini maslahat beraman, Chunki hozirgi paytda ish topish uchun va biror ishga qabul qilishda ish beruvchi tomonidan nomzodning mahorati bilan birga muayyan intizom bo'yicha o'qiganligi yoki xizmat ko'rsatganligi to'g'risidagi guvohnomani ko'rganlarida, bu ishga va shu sohaga qiziqishi, bilimi, tajribasi borligiga ishonch bo’ladi. Kurs davomida yaxshi natijalarni saqlasangiz, o'qituvchilar tomonidan imzolangan qonuniy sertifikatni olasiz, bu ko'plab qiziqarli ish va amaliyotlar uchun eshiklarni ochadi. Shunday qilib, nafaqat sizning ta'limingiz qanday rivojlanayotgani ham tasdiqlanadi.       

    “Bir million o‘zbek dasturchilari” dasturida o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilarimni har doim kuzataman sinfxonani ochishga qiynalishadi. Men maktabda o’quvchilarimga bu platformada o’qishni tavsiya qilaman. Hozirgi yoshlarimizni IT-sohasiga qiziqishlari juda yuqori. O’quvchilar ro’yxatdan o’tishadi ammo sinfxona ocholmay qiynalishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tashkil qilingan yo’nalishlar bo’yicha telegram kanallarini qaysi biriga kirsangiz ham shu sinfxona ochishga qiynalayotgan  o’quvchilarni ko’raman. Parolimni qabul qilmayapti, profil ochilib sinfxona ochilishi qiyin deb o’qiy olmagan o’quvchilarimiz ham bor. Shu sababli men sinfxona ochishni maqola sifatida yozishga qaror qildim. Uylaymanki bu maqola orqali o’quvchilarimizga yordam bo’ladi. 

     Buning uchun birinchi navbatda uzbekcoders.uz saytiga kirib ro’yxatdan o’tishni bosamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun o’zimiz haqimizda ma’lumotlarni kiritib olamiz.

      Ro’yxatdan o’tishni bosamiz

Endi kirishni bosib ro’yxatdan o’tgan elektron pochtamiz nomini va parolini kiritib taqdim etishni  bosamiz.

Bizga quyidagicha oyna ochilib profilimiz chiqadi. Unda o’zimiz haqimizda ma’lumotlar aks etib turadi.

Bu yerda hisobingizni bog’lang chiqib turibdi va hisobimizni bo’g’lab olamiz. UDACITY ga kiramiz.

Udacity - bu ta'limni demokratlashtirish maqsadida Sebastian Thrun, Devid Stavens va Maykl Sokolski tomonidan tashkil etilgan xususiy ta'lim tashkiloti. Kompaniya Stenford Universitetining kompyuter fanlari dasturini kengaytirishdan boshlangan.

Bizga quyidagi oyna ochiladi.

So’ralgan ma’lumotlar kiritilib SING UP ni bosamiz.

SING IN ga kirib pochta va parol kiritamiz va SING IN tugmasini bosamiz.

      

Hisobingiz muvofaqiyatli bog’ladingiz deb chiqadi va bizning hisobimiz bo’g’landi. Orqaga qaytishni bosib quyidagi 4 ta yo’nalishda o’quv kurslariga boramiz.

Bunda uzbekcoders.uz onlayn portalidan foydalangan holda 4 ta trekda o'rganishingiz mumkin .

•          Full-Stack web dasturchi 

•          Front-end web dasrturchi 

•          Android ilovalar dahosi

•          Ma'lumotlar tahlilchisi

Bu kurslarni o’qimoqchi bo’lgan va qiziqqan kurslarimizni birortasiga borib masalan: FULL-STACK VEB-DASTURCHI BO‘LING - RO’YXATGA OLISHni bosamiz va bizga quyidagicha siz ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tgansiz chiqadi. Ushbu onlayn kurs sizni to'rt oy ichida mutaxassis dasturchi bo'lishga tayyorlaydi. HTML, CSS, JS, Node kurslari o’tiladi.

Endi siz sinfxonangizga kirishingiz mumkin. 

Birinchi navbatda Settings –Sozlanmalarga borib account haqida ma’lumotlarimizni tekshiramiz.

Language Preference – tilga ustunlikni tanlaymiz va til sozlamalarida o’zbekcha tilini tanlaymiz va saqlashni bosamiz.

Bosh sahifaga borib 

Dastur bosh sahifasiga kiramiz.

Natijada bizga o’quv kursi haqida ma’lumotlar chiqadi. O’quvlar, darslar va labaratoriya ishlari muddatlari bilan bizda aks etadi.

Endi darslarni boshlashingiz mumkin. Har bir yangi dars kartalari sizning hozirgi kungacha erishgan yutuqlaringizni aks ettiradi va "O'qishni davom ettirish" tugmasi sizni avval to'xtagan joyingizga olib boradi. Siz har doim o'zingizning sinfingiz ekranining chap tomonida joylashgan asosiy navigatsiya bo'yicha umumiy rivojlanishingizni kuzatib borishingiz mumkin.

     Umumiy kurs 120 soatlik mashg'ulotga mo'ljallangan . Har bir Milestone ishtirokchilari oxirida laboratoriya ishlarini bajarib sertifikatlarni olishlari mumkin. Kurslarning eng yaxshi bitiruvchilari grantlar uchun raqobatlasha oladilar va Udacity platformasidagi 100 dan ortiq Nanodegree dasturlaridan birida o'qishni davom ettiradilar . Buning uchun siz yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirishingiz va eng yuqori ball to'plagan Top 150 ishtirokchilar ro'yxatiga kirishingiz kerak bo'ladi. Nanodegree sertifikatlari Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqa ko'plab IT sohalarining gigantlari tomonidan tan olingan .

     Barcha raqobatni hisobga olgan holda, ushbu sohada o'z nomingizni topish oson emas. Ammo ushbu kursni katta ball bilan yakunlash va sertifikat olish sizga yaxshi ish topishingizga yordam beradi. Kurs nafaqat amaliy tajriba va'da qiladi, Google, Facebook, Amazon, Adobe va boshqalar kabi etakchi kompaniyalarga ishga kirishingiz mumkin.

 

“Bir million o‘zbek dasturchilari” dasturiga qo‘shiling - bizning ochiq onlayn-platformamizdagi ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylaning!