Kirish.

Ko'pchilikning Android telefonida O'zbek tilidagi elektron kitoblarni uchratish mumkin. U kitoblarda hikoya, roman, she'r, testlar, har xil sohaga oid yoki darsliklar bo'yicha ma'lumotlar yozilgan bo'ladi. Internetdan izlasangiz bunaqa kitoblar ko'p bo'lib, o'zinga keraklisini yuklab olib telefoningizda foydalanishingiz mumkin. Ushbu maqolada kitob yaratishni ko'rib chiqamiz.

Kitob ilovalarini yaratish unchalik murakkab ish emas, dasturlash tillarini bilish ham talab etilmaydi. Android uchun  dasturlash tillaridan foydalanib qulay, interaktiv kitoblar yaratish mumkin, ammo ko'pchilik android dasturlash tillarini bilmaydi, o'rganishga esa ko'p vaqt ketishi mumkin.

Android kitoblar yaratish uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, kompyuterda, internetdagi maxsus online saytlarda yoki android telefonlarning o'zida ham yaratish mumkin.

Kompyuterda Android Book App Maker dasturida kitob yaratishni o'rganamiz.

Bu dastur pullik bo'lib, rasmiy sayti http://www.appmk.com/ dan yuklab olishingiz mumkin. Dastur hajmi 20 megabaytdan kichik bo'lib, kuchsiz kompyuterlarda ham ishlaydi. Dasturni o'rnatganimizdan so'ng ishchi stolda yorlig'i paydo bo'ladi. Android Book App Maker dasturini ishga tushiramiz va uning interfeysi quyidagicha.

Android Book App Maker dasturi interfeysi.
Android Book App Maker dasturi interfeysi.

Yangi kitob yaratish uchun "Новая" tugmasini bosamiz. Hosil bo'lgan oynaga kitob nomi, muallifi, turi ni ko'rsatib "Ok" tugmasini bosamiz. Ishchi maydoni ikki qismdan iborat: chap oyna boblar mundarijasi va o'ng qism sahifani tahrirlash oynasi.

Kitobimiz bir nechta boblardan iborat bo'lishi mumkin. Yangi bob qo'shish uchun Ctrl+H klavishini yoki "Добавить пустую главу" tugmasini bosamiz. Boblar mundarijasida esa ular tagma-tag ko'rinib turadi. Boblarni shajaraviy ichma-ich joylashtirsak ham bo'ladi. Boblarni Word dasturi fayllaridan yoki oddiy matn fayllaridan import qilsa ham bo'ladi. Boblarni ustiga bosib aktivlashtiramiz. Tahrirlash oynasiga shu bobga oid malumotlarni kiritamiz. Matn orasiga rasm joylashtirish uchun "Добавить изображение в книгу" tugmasini bosib rasm tanlaymiz. Joylashtirgan rasmimiz tahrirlash oynasida ko'rinmaydi. Har bir bobni tanlab ma'lumot qo'shib chiqamiz. 

Ma'lumot kiritish.
Ma'lumot kiritish.

Barcha ma'lumotlarni kiritib bo'lgandan so'ng "Опции" tugmasini yoki Ctrl+G klavishini bosamiz. Kitob sozlamalari oynasi hosil bo'ladi va kerakli parametrlarni to'g'irlab chiqamiz. 

Kitob sozlamalari.
Kitob sozlamalari.

Ushbu sozlamalar oynasida quyidagilar bajariladi:

1.Оснавные данные-kitob haqida ma'lumotlar, muallif, kitob nomi, sayt adresi yoziladi.

2.Шаблон-kitob uchun kerakli ma'lumotlarni qo'shish.

3.Иконка-ilova ikonkasini o'zgartirish.

4.Обложка книги-kitob muqovasiga rasm joylashtirish.

5.Опции отображения-matn shrift ko'rinishi sozlanadi.

6.Содержание-shifrlash va kitobni o'ngdan yoki chapdan o'qiladigan qilish.

7.Язык-kitobdagi buyruq so'zlarni tarjima qilish.

Sozlamalarni to'g'irlab bo'lgandan so'ng "Собрать" tugmasini bosamiz. Ilova yaratish oynasi hosil bo'ladi. Bu oynadan ilova prefiksi, versiyasi, Admob reklama Id, kitob varaqlanish turlarini va saqlanadigan papkani ko'rsatib "Далее" oxirida "Готово" tugmalarini bosamiz.

Apk yaratish.
Apk yaratish.

 Ko'rsatilgan papka ichida .apk ilovamiz tayyor, uni telefonga o'rnatamiz.

https://youtu.be/6W79RFQkbvA

Xulosa.

Android qurilmalar uchun elektron kitob yaratishni ko'rib chiqdik. Bu kitoblarni internet orqali foydalanuvchilarga tarqatishingiz yoki Play Marketga joylashtirishingiz mumkin. Bu kitobga biriktrilgan Google Admob reklamalari orqali pul ishlasangiz bo'ladi. Hozirda ko'pchilik o'quvchilar, talabalar Android telefonlardan foydalanadi, oddiy kitoblarni ko'tarib yurishga, kutubxonaga borishga erinishadi. Ularga darslik yoki foydali ma'lumotlardan elektron kitoblar tayyorlab berilsa, bilim va ko'nikmalari oshishiga hizmat qilar edi.