Kerak bo'ladigan ilovalar:

  1. Termux
  2. VNC Viewer
  3. AndroNix

Dastavval AndroNix ilovasiga kirib o'zimizga kerakli Linux versiyasini tanlab olamiz,(Men Ubuntuning XFCE desktop versiyasini tanladim)*

 

Termuxda ko'chirib olgan linkimizni joylashtiramiz.

Yuklab olishi va o'rnatishini kutamiz...

Barchasi amalga oshgan bo'lsa Termuxga quyidagi yozuvni kiritamiz:

./start-ubuntu.sh

Siz Linuxga kirdingiz, uni ekranga chiqarish uchun esa quyidagi yozuvni kiriting 

vncserver -localhost

Vncserver sizdan parol qo'yishingizni so'raydi, termuxda parol ko'zga ko'rinmaydi. Shuning uchun qoyadigan parolingizga e'tiborli bo'ling

Termux sizga host raqamini beradi, agar birinchi marta qilayotgan bo'lsangiz 1 raqamini beradi

Uni VNC Viewer ga kiritamiz*

Host raqamini to'g'ri kiritgan bo'lsangiz sizdan qo'ygan parolingizni so'raydi. Uni terib Linuxga kirasiz. 

 

Linux xuddi kompyuterdagi kabi ishlaydi, dastur o'rnatmoqchi bo'lsangiz terminaldan foydalanasiz. Misol uchun chromium browserini o'rnatmoqchi bo'lsangiz terminalga quyidagi so'zlarni yozasiz.

Avval snapni linuxga o'rnatib olasiz:

Terminalga 

sudo apt update

sudo apt install snapd

so'zlarini yozing

Keyin esa snap dan chromium browserini kodlarini ko'chiring

sudo snap install chromium

Snap ilovalar kodlarini quyidagi saytdan olasiz

Snapcraft.io

Termuxning boshqa xususiyatlatlari(rus tilida):

https://t.me/termuxguide