Android ilovasini Google Playga nashr qilish uchun sizga dasturchi akkaunti kerak bo'ladi. Bu sizning ilovalaringizni Google Playga yuklash imkonini beruvchi maxsus akkaunt hisoblanadi. Dasturchi sifatida ro'yxatdan o'tish narxi - 25 AQSh dollari.

Siz ushbu havola orqali dasturchi akkauntini ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin.

Endi sizda dasturchi hisob akkaunti bor, siz birinchi ilovangizni nashr qilishingiz mumkin:

1. Play Console-ni oching

2. “Barcha ilovalar” -> “Yangi ilova”ni tanlang.

3. Standart tilni tanlang va ilova Google Playda ko'rinadigan nomni belgilang.

4. Google Play uchun maʼlumotlarni qoʻshing, yosh reytingi soʻrovini toʻldiring, soʻngra narx va ommalashishni sozlang.

Ilovaning birinchi nashrlari va APK fayllarini boshqarish haqida ko'proq ma'lumotni rasmiy Google hujjatlarida topishingiz mumkin. 

 

Foydalanilgan manba