Avvalgi darsda biz "Hello, world!" ko'rsatadigan Android dasturini yaratdik. Endi dasturni haqiqiy qurilmada yoki emulyatorda ishlatishimiz mumkin.

Ilovani haqiqiy qurilmada ishga tushirish.

Quyidagilarni ketma-ket bajaring:

1) USB kabel orqali qurilmangizni(telefoningizni) kompyuteringizga ulang. Agar siz Windows-da ishlayotgan bo'lsangiz, qurilmangiz uchun tegishli USB drayverini o'rnatish kerak bo'lishi mumkin. Bu haqida "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasidagi sinfxonangizda to'liq ma'lumot berilgan. Shuning uchun ikkinchisiga o'tamiz.

2) Telefoningizning Developer options(Параметры разработчика) oynasida USB debugging(Отладка USB)-ni yoqish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  • Telefoningizning Settings(Настройки) -sini oching.
  • Agar qurilmangiz Android v8.0 yoki undan yuqori versiyasi bo'lsa, System(Система)-ni tanlang. Aks holda, keyingi bosqichga o'ting.
  • Pastga o'ting va About device yoki About phone(Об устройстве)-ni tanlang.
  • Pastga o'ting va Build number(Номер сборки) - ni 7 marta bosing.
  • Orqaga (oldingi oynaga) qayting, pastki qismga o'ting va Developer options(Параметры разработчика, o'zbekchasiga - "Ishlab chiqaruvchi opsiyalari") ga kiring.
  • Developer options oynasida USB debugging(Отладка USB)-ni toping va yoqib qo'ying.

3) Android Studio-da, asboblar panelidagi Run/debug configurations menyusidan o'z ilovangizni tanlang.

4) Asboblar panelida target device menyusi-dan ilovangizni ishga tushirishni xohlagan qurilmani tanlang.

 

5) Run - ni bosing.

 

Biroz vaqt kutib turing.

Telefonga o'rnatilayotgan vaqtda Android Studio-dagi
Telefonga o'rnatilayotgan vaqtda Android Studio-dagi Build panelini kuzatib turing.
Telefonda ishga tushganligini bildiradi
Telefonda ishga tushganligini bildiradi

 

Android Studio ilovangizni ulangan qurilmangizga o'rnatadi va ishga tushiradi. Endi "Hello, world!" qurilmangizdagi dasturda ko'rinadi.

 

Ilovani emulyatorda ishga tushirish.

Ilovani emulyatorda ishlatish uchun quyidagilarni bajaring:

1) Android Studio-da, emulyator sizning ilovangizni o'rnatish va ishlatish uchun ishlatishi mumkin bo'lgan Android Virtual Device (AVD) yarating.

2) Android Studio-da, asboblar panelidagi Run/debug configurations menyusidan o'z ilovangizni tanlang.

3) Target device menyusi-dan o'zingizning ilovangizni ishlatmoqchi bo'lgan AVD-ni tanlang.

4) Run - ni bosing.

Biroz vaqt kutib turing.

Android Studio dasturni AVD-ga o'rnatadi va emulyatorni ishga tushiradi. Siz endi "Hello, world!"-ni emulyatorda ko'rasiz.

Keyingi maqolamda(darsda) oddiy foydalanuvchi interfeysini yaratishni o'rgataman va yangi ma'lumotlarni berib boraman.

 

"ONE MILLION UZBEK CODERS" BILAN YANGI MARRALARNI ZABT ETING!