Men har doim o'zimni ahmoq deb o'ylardim. To'g'riroq qilib aytganda — juda uzoq o'ylayman.

Bu oddiy edi — majlislar va muhokamalarda men tezda muammoni hal qila olmasdim. Hamma nimadirni muhokama qilardi, ba'zan aqlli fikr bildirilardi, men bo'lsa jim o'tirardim. Hatto noqulay edi.

Qolganlarning hammasi ham meni ahmoq deb o'ylardi. Shuning uchun meni majlislarga chaqirmay qo'yishdi. Faqatgina to'xtamasdan nimadirlarni gapiradiganlarni chaqirishardi.

Lekin men, majlisdan chiqib ham, vazifa haqida o'ylashni davom ettirardim. Idiomatik so'zlar bilan aytganda, yaxshi fikr to'satdan keladi. Oddiy, ba'zan qiziqarli qarorlar topardim va umuman boshqacha — universal qarorlar topgan paytlarim ham bo'lgan. Lekin bu allaqachon hech kim kerak emas edi. Umuman olganda, qolgan ishga qor yog'ar.

Men ishlay boshlagan kompaniyalarda madaniyat zamonaviy edi. U yerda vaziyat quyidagicha edi — "Uchrashuv qaror bilan yakunlanishi kerak". Yig'ilishda o'ylab topilgan qaror o'sha paytni o'zidayoq qabul qilinadi. Hatto qaror umuman tushunarsiz va yaroqsiz bo'lsa ham.

Keyinchalik zavodga ishga kirdim. Ular yangi tendentsiyalar haqida o'ylab ham o'tirmasdilar. Hech qanday savol bir majlisda hal etilmasdi. Oldin variantlar ishlab chiqish majlisi, so'ng variantlarni muhokama qilish majlisi, keyin yana bir bor — variantlarni muhokama qilish majlisi, undan so'ng qaror qabul qilish majlisi, qabul qilingan qarorni muhokama qilish va hokazo.

Va buyog'iga ketdi. Birinchi majlisda, kutilganidek, jim turaman. Keyingisiga o'ylab topgan qarorimni olib kelaman. Va mening qarorlarimni qabul qila boshlashdi! Shu jumladan, mendan boshqa hech kim yig'ilishdan keyin muammo haqida o'ylashni davom ettirmasdi.

Zavod egasi mening xatti-harakatlarimdagi bu g'aroyiblikni sezdi va rasmiy ravishda uchrashuvlarda jim o'tirishga ruxsat berdi. Aytgancha, men telefonda Beleweled Classic ni o'ynaganimda nima sodir bo'layotganini yaxshiroq tinglayotganimni payqadim. Shunday qilib, bunga ham ruxsat berildi.

Hamma o'tirib muhokama qilardi, gapirardi, bahslashardi, men bo'lsa telefon o'ynab o'tirardim. Uchrashuvdan keyin — bir soat, bir kun yoki bir hafta ichida men yechimlarni yuborardim. Yoki ishxonaga kelib aytardim. Shunga qaramay, agar men birinchi uchrashuvda jim turmasam, demoqchiman — muhokamada ishtirok etsam, natija yomonroq bo'lardi. Shuning uchun, o'zimni o'zim jim bo'lishga majbur qilardim.

Men ahmoqman deb o'ylashni davom ettirib, yondashuv ish bergandan so'ng, men undan foydalanardim. Qolganlar esa — aqlli, faqatgina ular yig'ilishdan keyin muammolarni hal qilish haqida o'ylashni xohlamaydilar. Ya'ni, butun farq shundaki, ular — dangasa va proaktiv emas.

Aynan shu sababli mijozlar bilan, ayniqsa, telefon orqali gaplashishni yoqtirmayman. Chunki, men bunday suhbatda yordam bera olmayman — men o'ylashim kerak. Shaxsiy uchrashuvda, kamida bir necha daqiqa sukut saqlay olasiz, "hozir, o'ylab ko'ray" - deb. Telefon yoki Skype suhbatida bunday pauza g'alati ko'rinadi.

So'nggi bir necha yilni shunday yashadim. Keyin men miya ishlashi bo'yicha kitoblarni o'qiy boshladim. Hammani narsani to'gri bajarayotgan ekanman.

Birinchi qoida: miya bir vaqtning o'zida ikkita murakkab ishni qila olmaydi. Misol uchun, o'ylash va gapirish. To'g'rirog'i, gapira olasiz, lekin sifatni keskin yo'qotish orqali. Agar yaxshi gapira olsangiz, unda o'ylay olmaysiz. Agar o'ylayotgan bo'lsangiz, odatda gapira olmaysiz.

Ikkinchi qoida: miya yaxshi o'ylashni boshlash uchun, unga kelib tushgan axborotni o'ziga "yuklashi" 23 daqiqani tashkil etadi. Bu vaqt terminalar bilan aytilganda, murakkab intellektual obyektlar qurilishi uchun ketadi. Qo'pol qilib aytganda, miyada muammoning muayyan ko'p o'lchovli modeli, barcha aloqalar, xususiyatlar va boshqalar paydo bo'ladi.

Faqatgina 23 daqiqadan so'ng, aslida, "fikrlash", sifatli ishlash boshlanadi. Qizig'i shundaki – u asenxron tarzda o'tishi mumkin. Masalan, o'tirib boshqa muammolarni hal qilish mumkin, miya bo'lsa "ilgari yuklangan" muammoni hal qilishda davom etadi.

Bilasizmi, bu qanday sodir bo'ladi — masalan, siz televizor tomosha qilayotgan bo'lasiz yoki ovqatlanayotgan bo'lasiz va bats! — qaror qabul qilindi. Garchi, siz u payt pesto sousi nimadan qilingan ekan, deb o'ylab o'tirgan bo'lsangiz-da. Bu asenxron "o'ylovchi"ning ishi. Dasturchilar tilida aytganda — bir necha kun oldin boshlangan fon vazifasi bajarilgan yoki juda kech promise qaytib keldi.

Uchinchi qoida: miya muammoni hal qilib, operativ xotiraga saqlaydi va tez yetqazib berishi mumkin. Shunga ko'ra, qanchalik ko'p muammolarni hal qilsangiz, shuncha ko'p "tez" javoblarni bilasiz.

Qolgani judda oddiy. Har qanday savol yoki muammo uchun miya avval ma'lum bo'lgan "javoblar hovuzidan" tezkor yechim chiqaradi. Lekin bu qaror "cho'loq" bo'lishi mumkin. U qandaydir ma'noda to'g'ri keladi, lekin vazifaga mos kelmasligi mumkin.

Afsuski, miya o'ylashni yoqtirmaydi. Shuning uchun fikrlashdan qochish uchun avtomatizm bilan javob berishga intiladi.

Har qanday tezkor javob — avtomatizm, to'plangan tajribaga asoslangan tayyor shablon. Bunday javobga ishonish yoki ishonmaslik — sizga bog'liq. Qisqacha aytganda, bilingki, agar kishi tezda javob bergan bo'lsa, u sizning savolingiz haqida o'ylamagan.

Shunga qaramay, agar siz tezkor choralarni talab qilsangiz, oddiygina yechimga erishishingiz aniq. Go'yo: "Hey, do'stim, menga bir nechta yaroqsiz va hech kimga kerak bo'lmagan fikrlaringidan ulash, menga bo'laveradi va men ketaman".

Agar siz sifatli javobni xohlasangiz, uni darhol talab qilmang. Barcha kerakli ma'lumotlarni bering va u odamni tinch qo'ying.

Avtomizm yomon emas. Ular qancha ko'p bo'lsa, muammolarni hal qilish shuncha tezlashadi. Avtomatizm va tayyor javoblar qanchalik ko'p bo'lsa, siz shuncha ko'p vazifalarni tezroq yechasiz. Faqat ikkala oqimni tushunish va ulardan to'g'ri foydalanish kerak — ham tez, ham sekin. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun to'g'ri tanlovni chalkashtirmang — tez javob bering yoki o'ylab ko'ring.

Maksim Dorofeev o'z kitobida yozganidek, har qanday tushunarsiz vaziyatda - o'ylab ko'ring. Tushunarsiz holat - miya javoban biron bir tez qaror bermagan payt.

Tarjima: Yerzakov Jamshid