Assalomu alaykum qadrli do'stlar. Hozirgi o'qiyotgan maqolangizda 2020-yilda ishlatilgan eng yomon va eng ahmoqona parollar haqida bayon etiladi.  

Parolni buzishga urinish
Parolni buzishga urinish

Parollar menejerligi bilan shug'ullanadigan NordPass kompaniyasi, yaqinda, o'zining 2020-yildagi eng yomon parollari ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxat o'zida paroldan necha marotaba foydalanganlik haqida, ma'lumotlar o'g'irlanganligi va avtomatik tarzda tizimga kirish uchun qo'llaniladigan hujum dasturining qancha vaqt sarflaganligi haqida batafsil ma'lumotlarni saqlaydi.  

Sizning parolingiz ushbu ro'yxatga tushganmi yoki yo'qmi, buni aniqlash uchun ushbu ro'yxatga bir nazar tashlashingizni maslahat beraman.

 

2020-yilning 20 ta eng yomon parollari:

  1. 123456
  2. 123456789
  3. picture1
  4. password
  5. 12345678
  6. 111111
  7. 123123
  8. 12345
  9. 1234567890
  10. senha (Partugalcha "parol")
  11. 1234567
  12. qwerty
  13. abc123
  14. Million2
  15. 000000
  16. 1234
  17. iloveyou
  18. aaron431
  19. password1
  20. qqww1122

 

Ko'ngilochar tusdagi eng yomon parollar

Yana ro'yxatda turli xil kategoriyadagi oson topib olish mumkin bo'lgan parollar haqida ham batafsil yozilgan.

Ba'zi bir insonlarga o'zlarining ko'ngilochar hobbi yoki kinolarini eslatadigan parollardan foydalanish yoqayotganligi tasdiqlangan. Mana ulardan bir nechtasi:

 

  • pokemon
  • superman
  • naruto
  • blink182
  • batman
  • starwars

 

Sport bilan bog'liq eng yomon parollar

Insonlarga ko'ngilochar narsalarni eslatib turuvchi parollar kabi sportni eslatib turuvchi parollar ham keng tarqalgan. Mana o'sha parollardan bir nechtasi:

 

  • soccer
  • football
  • baseball
  • basketball
  • football1

 

Taomlar bilan bog'liq eng yomon parollar

Insonlar taomlardan rohat olishga moyil. Nega endi o'zlarinig sevimli taomlari nomini parol sifatida ishlatishlari mumkin emas?))) Tadqiqiotga ko'ra, ushbu parollar taom bilan bog'liq bo'lgan eng yomon parollardir:

 

  • chocolate
  • cookie
  • pepper
  • cheese
  • peanut

 

Sizga ulashmoqchi bo'lganim hozircha shu edi. Qanday qilib kuchli parol yaratish to'grisidagi maqolamni ham o'qishni tavsiya etaman. E'tiboringiz uchun rahmat!